Savol va topshiriqlar
1.
Ekologik kimyo fanining asosiy tushunchalarini bilasizmi?
20
2.
Ekologik kimyo fanining rivojlanish tarixi haqida nimalarni o‘rgandingiz?
3.
O‘zbekistonda Ekologiya fani rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar ishlari
haqida bilasizmi?
4.
Qanday ekologik muammolar bor?
5.
Ekologik kimyo o‘rganadigan ob‘yektlarga nimalar kiradi?
II-BOB. EKOKIMYOVIY JARAYONLAR
II.1. Atrof-muhit ifloslanishi va uning asosiy parametrlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi
142-sonli qaroriga asosan ―2013-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-
muhitni muhofazasi bo‘yicha harakatlar Dasturi‖ qabul qilingan.
Ushbu Dastruni bajarish quyodagi beshta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha
amalga oshiriladi:
Aholi va davlat uchun yashash muhiti va ekologik xavfsizlik darajasining
kafolatlangan va qulay shart-sharoitlarni yaratish;
Iqtisodiyot tarmoqlarini ekologizatsiyalashtirish, texnologik jarayonlarni va
tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish;
Atrof-muhitning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati chiqindilari bilan
ifloslanishining oldini olish;
Atrof tabiiy muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanish, ekologik ta‘lim va
barqaror rivojlanish maqsadlaridagi ta‘lim sohasida tabiatni muhofaza qilish
qonunchiligini va me‘yoriy-uslubiy bazani rivojlantirish;
Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish va tabiiy muhitni
transchegaraviy ifloslanishining oldini olish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro
hamkorlikni rivojlantirish.
Mustaqillik yillarida tabiiy resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza
qilish munosabatlarini muhofaza qilish munosabatlarini tartibga soluvchi
qonunlarini takomillashtirish va rivojlantirishga oid keng qamrovli ishlar amalga
oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi
o‘nlab qonun hujjatlari qabul qilindi.
21
Bu qonunlarning qabul qilinishi u yoki bu darajada tabiatni muhofaza etish
munosabatlarini takomillashtirishga, tabiiy resurslarni muhofaza etishning huquqiy
vositalari samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Xususan, bozor iqtisodiyoti
munosabatlari talablariga javob beruvchi, xalqimizning milliy boyligi hisoblangan
har bir tabiat obyektining yangicha huquqiy holatini belgilovchi Yer kodeksi,
O‘zbekiston Respublikasining ―Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida‖, ―Yer osti
boyliklari to‘g‘risida‖, ―O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish to‘g‘risida‖, ―Atmosfera havozini muhofaza qilish to‘g‘risida‖,
―O‘rmon to‘g‘risida ‖, ―Ekologik ekspertiza to‘g‘risida‖, ―Chiqindilar to‘g‘risida‖,
―Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyati favqulodda vaziyatlardan
muhofaza qilish to‘g‘risida‖ qabul qilingan qonunlar hamda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-sonli qaroriga
asosan ―2013-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofazasi
bo‘yicha harakatlar dasturi tog‘risida‖ gi qarorning qabul qilinganligi moddiy
boyliklarimiz asosi bo‘lgan tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona
foydalanishga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishda yangicha mazmun
kasb etadi.
Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol
o‗ynaydi. Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo`l
bilan - chaqmoq chaqish, o‗t-o‗lanlar va o‗rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi,
shamol harakati, biosferada uzliksiz boradigan cherish (o`simlik va hayvonot
qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna
chang-to`zonlarni havoga chiqarib yuboradi.
Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun`iy omillar (antropogen
jarayon) eng ko`p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan ifloslanishning 2/3
qismi uning hissasiga tog`ri keladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida Yer yuzasining o`simlik va hayvonot
dunyosi, ko`p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko`rmoqda.
Xalqimiz orasida "Suv yetti yumalab toza bo`ladi‖ degan tushuncha bor.
Darhaqiqat, tabiat me`yorida bo`lsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish,
22
tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelayotgan is
(CO) gazi fotosintez jarayoni tufayli o`simliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib,
kislorodga aylantirilib, tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga
chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so`nggi davrlarda shu darajada me`yoridan
oshib ketayaptiki, oqibatda tabiat o`zini-o`zi tiklash, tozalash xususiyatidan tobora
mahrum bo`lib bormoqda.
Atrof-muhitning barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik
(litosfera)ning ifloslanishi yer osti boyliklarini o`zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq
usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, ularni ochiq
usulda qazib chiqarish yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq
xo`jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar – turli
metallar va ularning birikmalari, mineral og`itlar, kimyoviy zaharli vositalar,
radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo
bo`lgan chiqindi uyumlari sanitariya-gigiyena holatining yomonlashuviga olib
kelmoqda.
Gidrosfera (daryolar, ko`llar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xo`jaligi va
uy-ro`zg`or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo`shilishi natijasida
ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda.
Bunday holatlar dunyoda aholi eng zich yashaydigan hududlar bo`ylab oquvchi
Reyn, Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi
daryolarning havzalarida kuzatilmoqda.
Dunyo okeani ham tobora ifloslanib borayapti. Uning ifloslanishi daryolardan
qo`shilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar
harakati va halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bo`lmoqda.
Hozirgi vaqtda O`rta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava
dengizlari, Biskayya, Fors, Meksika qo`ltiqlari eng ko`p isloflangan.
Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari chiqindilari
tufayli ifloslanmoqda. Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining
1/3 qismi neft pardasi bilan qoplanganligini ko`rsatmoqda. Bu jahondagi eng katta
ekologik muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeaning quyosh
23
nurlarini qabul qilib olishiga to`sqinlik qiladi, suvning bug`lanishini va kislorod
bilan to`yinish imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini
susaytiradi. Neft bilan, ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy
qismlari eng ko`p iflos ifloslangan.
Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat
tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil
yong`inlar tufayli ifloslanmoqda. Buning natijasida har yili milliardlab tonna
qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda.
Atmosferada, ayniqsa, is gazi (CO), oltingugurt gazlari (SO
2
) salmog`ining oshib
borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy
tadqiqotchi, mashhur olim Y.B.Xaritonovdan: "Dahshatli termoyadro qurollarining
ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni yo`q qilib yuborish xavfini
tug`dirmaydimi?‖ – deb so`raganlarida, U: "Sayyoramizga oxir-oqibat termoyadro
qurollari emas, balki "issiqxona samarasi‖ katta xavf tug`diradi, ya`ni iqlimning
global darajada isib borishi Yerdagi hayot uchun haqiqiy talofot xavfini keltiradi‖,
- deb javob bergandi.
Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli,
qo`rg`oshin, simob, alyuminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan
ifloslanib borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. O`z
navbatida, bu iqlimning o`zgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland
tog`lardagi abadiy muzliklarning sekin-asta tugab borishiga olib kelishi mumkin.
Atmosferaning ifloslanib borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab
muammoni qo`ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora
ko`p chiqarib yuborilishi natijasida Yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon
qatlamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. "Ozon tuynugi‖ deb
nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antarktidaga tutash
hududlari, so`nggi yillarda esa Yevrosiyoning shimoliy kengliklari ustida ham
kuzatila boshlandi.
Bunday muammolarning kelib chiqishi, asosan, jamiyat bilan tabiat
o`rtasidagi munosabatlarning buzilib borishi va atrof-muhitning ifloslanishi bilan
24
bog`liq. Demak, insoniyat oldida tabiatga "Siz‖ deb munosabatda bo`lish vazifasi
turadi.
Atrof-muhitning ifloslanib borishi tabiatni muhofaza qilish yo`llarini izlash va
bu murakkab muammolarni hal qilishga undaydi. Atrof-muhitni himoya qilishning
qator samarali yo`llari ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi – atrof-muhitni
ifloslaydigan korxonalarda bunga yo`l bermaslik choralarini ko`rishdir. Buning
uchun turli chiqindilarni tozalovchi tizimlarni barpo etish, iflos yoqilg`ilarni
ishlatishdan voz kechish, axlatlarni qayta ishlash korxonalarini barpo etish, ishdan
chiqqan yerlarni rekultivatsiya qilish kabi yo`llardan foydalanish lozim.
Ikkinchi yo`l – ishlab chiqarishda tabiat muhofazasini har taraflama uddalay
oladigan yangi texnologik imkoniyatlardan keng foydalanish, chiqindisiz
ishlaydigan ishlab chiqarish tizimlarini joriy qilishdir.
Uchinchi yo`l – aholi zich yashaydigan hududlarni "iflos‖ ishlab chiqarish
tarmoqlaridan xoli qilish. Atrof-muhitni eng ko`p ifloslaydigan sanoat tarmoqlari
qatoriga issiqlik elektr energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft-kimyo, selluloza-
qog`oz, sement kabi sanoat tarmoqlari kiradi. So`nggi davrlarda dunyoning
ko`pchilik yetakchi sanoatlashgan mamlakatlarida bunday "iflos‖ ishlab chiqarish
tarmoqlarini iqtisodiy jihatdan kam o`zlashtirilgan kimsasiz hududlarda
joylashtirishga ahamiyat berilmoqda. Ana shunday tamoyillarga mustaqillik
yillarida O`zbekistonda ham alohida ahamiyat berila boshlandi. So`nggi yillarda
bunyod etilgan Buxoro neftni qayta ishlash, Qo`ng`irot soda va Sho`rtan gaz-
kimyo sanoat markazlari keng yaydoq cho`l hududlarida joylashtirildi. Bu holat
ekologik sharoitni yaxshilashga samarali xizmat qiladi.
Ekologik siyosat. Tabiiy resurslardan xo`jasizlarcha foydalanish, atrof-
muhitning ifloslanib borishi biz yashayotgan, nafas olayotgan muhitni tobora
betoblik girdobiga boshlamoqda. Bu, o`z navbatida, jamiyat oldiga qarshi
choralarni ko`rishdek murakkab vazifalarni qo`ymoqda.
Ekologik siyosat – ekologiya fani talab va tavsiyalarini hosibga olgan holda,
bizni o`rab turgan tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni sog`lomlashtirishga, tabiiy
resurslardan samarali foydalanish va ularni boyitishga qaratilgan siyosatlar
25
majmuasidir. Odatda, bunday siyosat davlat, mintaqaviy va global doirada olib
borilishi mumkin va o`zida tabiatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari
(qonunlar)ni yaratish va ularga amal qilishni ko`zda tutadi.
Keyingi yillarda AQSH, Yaponiya, qator Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlari,
ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar murakkab ekologik holatni sog`lomlashtirishga
qaratilgan zaruriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdilar, qonunlar qabul qildilar va
amaliyotda qo`llay boshladilar.
Ularda ekologiyani sog`lomlashtirishga bel bog`lagan xalq harakati va
Dostları ilə paylaş: |