D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

Sayyoramizdagi 
ekologik 
muammolar 
Sun‘iy tog‘lar hosil 
bo‘lishi 
Ichimlik suv va 
suvning ifloslanishi 
Tuproq erroziyasi va 
uning ifloslanishi 
Atmosferada ozon 
qatlami (O
3
) ning 
yemirilishi 
Demografik o‘sish 
va h.k. 
Suv sathining 
ko‘tarilishi 
Havo haroratining 
ko‘tarilishi
Atmosfera 
ifloslanishi va unda 
O
2
ning kamayishi 


18 
Insoniyatning kelajakdagi taqdiri hozirgi davrda mavjud ekologik 
muammolarni qanday hal qilishga, ekologik muammolardan aholini, tabiatni 
qanday muhofaza qilishga bog‘liq bo‘lib qoldi. Bunday deyilishida juda katta 
ma‘no, tarixiy zaruriyat, obyektiv ehtiyoj bor. Chunki ekologik muammo zamirida 
alohida xalqlar millatlar va mintaqlarnigina emas, balki butun insoniyatning 
kelajak taqdiri yotibdi. Boshqacha aytganda tabiatni muhofaza qilish inson va 
tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish asrimizning eng dolzarb 
muammolaridan hisoblanadi.
―Ekologik xavfsizlik‖ kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun 
dolzarbligi juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Ekologiya 
hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir.
Uzoq yillar davomida eski ma‘muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida 
Markaziy Osiyo mintaqasidagi ekologik muammolarga e‘tibor berilmadi. Tabiatni 
muhofaza qilish tadbirlariga arzimas darajada kam mablag‘ ajratilardi. Bu mablag‘ 
tabiatga yetkazilgan zararni also qoplamasdi. Sobiq ittifoq zamonida atrof-muhit 
va atmosfera havosining ifloslanishi, toza ichimlik suvi yetishmasligi tashvishli hol 
ekani haqida bilib, bilmaslikka olindi.
Qonunlar rasmiyat uchun qabul qilindi-yu, ammo ular hayotga joriy 
etilmadi. Uzoq yillar davomida inson tabiatni o‘z irodasiga bo‘ysundirishi lozim, 
yani tabiatdan ehson kutib turmasdan, undan undirib olish lozim degan, soxta 
aqida ustuvorlik qildi. Natijada barcha hududlarda ekologik muvozanat qo‘pol 
ravishda buzildi. Mintaqamizda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ham 
tashvishlanarli ekologik vaziyatlar yuzaga keldi.
Tabiatga va uning ne‘matlariga is‘temolchilik, ochofatchilik, bugun 
kechagidan ko‘proq boylik undirib olish, yerning sillasini quritish nuqtai nazarida 
munosabatda bo‘lindi. Yer va yer osti boyliklaridan, jami tabiiy manbaalardan 
g‘alamislarcha foydalanish, yer, suv havoning zaharlanishi va ifloslanishiga befarq 
qarash, kelajakni o‘ylamay ish yuritish bilan bog‘liq bir qator ekologik 
muammolarni keng ma‘noda totalitar tuzum davridagi biryoqlamalikning oqibati, u 
keltirib chiqargan fojea deb qarash mumkin. 


19 
O‘zbekiston Respublikasiga sobiq ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan, aytib 
o‘tganimizdek paxta yakka hokimligi va boy mineral xom ashyo resurslaridan 
nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan iqtisodiyot og‘ir meros bo‘lib 
qoldi. Respublikamizga xom ashyo yetishtirib beradigan chekka o‘lka sifatida 
qaraldi. Mamlakatimizdan katta miqdorda yetishtirilgan paxta hosilining aksariyat 
hajmi tekinga tashib ketilar edi. Oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik 
ahamiyatga ega materiallar jahon bozorining o‘ta xaridorgir bo‘lgan boshqa 
qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foyda 
O‘zbekiston xazinasiga tushmas edi.
Hududimizda yuz bera boshlagan ekologik inqiroz nihoyatda keskinlashib 
ketib, ijtimoiy tus ola boshladi. Ekologik tanazzuldan esa keng jamoatchilik 
tashvishga tushishi tabiiy hol, albatta. Odamlar qanday xavf qarshisida 
turganliklarini, atrof-muhitga yetkazilayotgan zarar qanday ko‘rgiliklarga olib 
kelganligini yaqqol his etdilar. Tabiatga qo‘pol va takabburlarcha munosabatda 
bo‘lish odamlarning qirilib, genofondning yo‘q bo‘lib ketishiga muqarrar ravishda 
olib kelishini tushunib yetgan kishilar, olimlar, shoir va yozuvchilar, mutaxassislar, 
deputatlar bong ura boshladilar.
Dunyoning hamma mamlakatlarida, boshqa mintaqalarda sodir bo‘lganidek 
Markaziy Osiyoda, O‘zbekistonda ham ekologik muammolar dolzarb bo‘lib qoldi. 
O‘zbekistonda eng xavfli ekologik muammolar toza havo, ichimlik suv, tuproq 
tarkibining buzilishi va Orol dengizi muammolari hisoblanadi. Tavsiya etilayotgan 
―Ekologik kimyo‖ fani bu muammolarning har birini ilmiy asoslangan holda 
qarab, tahlil qilib, oldini olish chora-tadbirlarini o‘rganadi. Hammamiz havoning 
ifloslanishi, suvning ifloslanishi, shaharlarning qayta cho‘llanishini, bog‘larning 
qurib qolishi va shunga o‘xshash muammolarni birgalikda oldini olishimiz, 
bartaraf etishimiz kerak, aks holda, shoir bashorat qilganidek tog‘u-bog‘lar biz va 
bizning kelajak avlodlarimiz uchun bir butun shirin xayol bo‘lib qolishi, armonga 
aylanishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin