29
transformatsiyaga uchrab, ekotizim hajmi chegaralaridan uning normal faoliyatini
buzmagan holda chiqarib yuborilishidir.
Ifloslantiruvchi kimyoviy mahsulotlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
Ifloslantiruvchi moddalarning tabiatiga ko‘ra (fizikaviy,
kimyoviy,
biologik);
Agregat holatiga ko‘ra (gazlar, suyuqlikar, qattiq chiqindilar);
Tabiiy muhitda ifloslanish barqarorligiga ko‘ra (parchalanib ketuvchi,
barqaror);
Ifloslantiruvchi moddalarning tarqalish muhitiga ko‘ra (atmosfera,
gidrosfera, litosferada tarqalgan ifloslantiruvchi moddalar);
Organizmni zararlovchi usuliga ko‘ra (oziq-ovqat orqali, teri orqali, muloqot
orqali, nafas olish orqali va h.k.)
Manbalari, qo‘llanilish sohalari va xarakteriga ko‘ra. Bunda ifloslantiruvchi
moddalarni uch guruhga ajratish mumkin.
Biosidlar
(misol qilib, insektidsidlar, gerbidsidlar,
fungidsidlarni kiritish
mumkin) amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan kimyoviy birikmalar bo‘lib,
qo‘llanilishiga ko‘ra tirik organizmlarga qarshi moddalardir.
Oziq-ovqat mahsulotlari va kosmetik vositalarga qo‘shimcha moddalar
(konservantlar, aromatizatorlar, antioksidantlar va boshqalar) bevosita inson
tomonidan foydalaniladi.
O‘g‘itlar, yuvuvchi vositalar
va xlorlangan erituvchilar
yirik miqdorda keng
qo‘llanilishga ega.
Kimyoviy moddalarning boshqa turdagi klassifikatsiyasi – tabiiy moddalar va
atrof-muhitga xos bo‘lmagan moddalar (ksenobiotiklar) ga bo‘linishi mavjud.
Ksenobiotiklar
(grekcha
xenos
– begona,
bios
– hayot) biosferada biologik
xossalari jihatidan yot bo‘lgan va faqat kimyoviy sintez natijasidagina hosil
bo‘luvchi moddalardir. Bunday kimyoviy moddalarning ―xos bo‘lmaganlik‖
darajasi
turlichadir, chunki o‘z tuzilishiga ko‘ra bu moddalar tabiiy moddalarga
juda yaqin yoki butunlay farq qilishi mumkin. Masalan, sanoatda ishlab
30
chiqariluvchi, tabiiy aromatik birikmalarga o‘xshash aromatik moddalar; taabiiy
insektidsidlarga yaqin bo‘lgan sintetik piretroidlar va hokazolar.
Kimyoviy mahsulotlarning alohida guruhini radioaktiv moddalar tashkil etadi.
Bu kimyoviy element yoki ularning birikmalarining
yemirilishi natijasida
ionlashgan nurlanish hosil bo‘lib, u kuchli biologik ta‘sir etadi. Nurlanish miqdori
birligi nurlanishning biologik ta‘siriga mos ravishda
ber
(biologicheskiy ekvivalent
rentgena – rentgen biologik ekvivalenti, 1ber = 0,01J/kg) da o‘lchanadi. Kimyoviy
ta‘sir uchun bunday o‘lchov birligi mavjud emas.
Tadqiqoqtlar natijasiga ko‘ra kimyoviy moddalarning ko‘pchiligi inson
sog‘ligi uchun zararli bo‘lib, ularning konsentratsiyasi oshganda tirik
organizmlarga ziyon yetkazishi mumkin. Bunday kimyoviy mahsulotlarga og‘ir
metallar birikmalari,
dioksinlar, dibenzofuranlar, benzatratsenlar, mikotoksinlar ,
naftilaminlar va nitrozoaminlar misol bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: