D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

produtsentlar 
bo‗lib, bularga avtotrof organizmlar ya‘ni yashil 
o‗simliklar kiradi. Ular ozuqani yaratuvchilar hisoblanadi. 
2–bo‘g‘in – 
konsumentlar 
ya‘ni iste‘mol qiluvchilar. Bularga barcha 
hayvonlar va insonlar kiradi. 
3-bo‘g‘in – 
redutsentlar
ya‘ni o‗zgartiruvchilar. Bularga mikroorganizmlar va 
zamburug‗lar kiradi. Ular tuproqqa qaytgan organik moddalarni parchalab, oddiy 
anorganik elementlarga aylantiradi. 
Shunday qilib, ekotizimda moddalar va energiya bir organizmdan boshqasiga 
o‗tib oqib yuradi. Moddalar yopiq zanjir bo‗yicha oqsa, energiya ochiq zanjirda 
oqadi, ya‘ni u ertami-kechmi tashqi muhitga chiqib ketadi. 
Nega tirik organizmning massasi u o‗zlashtirgan moddalar massasiga teng 
emas? – degan savol tug‗iladi. Axir odam o‗zining 70 yillik hayotida o‗rtacha 45 
tonna ovqat iste‘mol qilsa, uning vazni shunchalik o‗smaydi-ku! Gap shundaki 
organizmga kirgan ozuqaning faqatgina kichik bir qismi uning o‗sishiga ya‘ni vazn 
to‗plashiga sarf bo‗ladi. Uning ko‗pchiligi nafas olish, harakatlanish, ko‗payish va 
boshqa jarayonlar uchun sarflanadi, yana bir qismi esa hazm bo‗lmay, chiqindi 
sifatida muhitga chiqarib tashlanadi. Organizm to‗playdigan massaning u shu 
massani to‗plash uchun oladigan ozuqa massasidan kam bo‗lishini ekologik 
piramida qoidalari bilan tushuntirish mumkin. 
Ekotizimlarning 
mahsuldorligi 
va 
ekologik 
piramida 
qoidalari. 
Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi deganda ma‘lum maydondagi tirik 


38 
organizmlarning muayyan vaqt birligida vazn to‗plash tezligiga tushuniladi. Bu 
tezlik tabiatda vaqt va joyga ko‗ra turlicha kechadi. 
Produtsentlarning muayyan vaqt birligida to‗plangan vazni 
birlamchi 
mahsulot
 
hisoblanadi. U shu mahsulotni to‗plash uchun tuproqdan undan ko‗ra 
ancha ko‗p modda oladi. Bu moddalarning 40-70 % ni o‗z hayotiy jarayonlariga 
(nafas olish, oziqlanish, suv bug‗latish) sarflaydi, qolganini vazn sifatida to‗playdi. 
Birlamchi mahsulot konsument va redutsentlar uchun ozuqa bo‗lib 
hisoblanadi. Ular ham ozuqa sifatida olingan birlamchi mahsulotning ko‗p qismini 
o‗z hayotiy ehtiyojlariga sarflab, faqat ozginasini vazn sifatida to‗playdilar. 
Ularning to‗plagan bu vazni
 
ikkilamchi mahsulot 
deyiladi. 
Shunday qilib, geterotrof organizmlar birlamchi mahsulot hisobida yashaydi 
va uning faqatgina bir qismini ikkilamchi mahsulot sifatida to‗playdi. Masalan, 
qoramol o‗z vaznini 1 kilogrammga oshirish uchun u o‗rtacha 70-80 kilogramm o‗t 
yetadi. Ko‗rinib turibdiki, u birlamchi mahsulot bilan olgan energiyasining ko‗p 
qismini o‗zining hayot jarayonlariga sarflaydi va oz qismini ikkilamchi mahsulot 
sifatida to‗playdi. Ozuqa zanjirining keyingi bo‘g‘inlarida ham shunday holat 
davom etadi va har bir bo‘g‘inga o‗tishda energiya hamda to‗planadigan massa 
kamaya boradi. Bu holat 
ekologik piramida 
deb nom olgan bo‗lib, piramidaning 
ostida produtsentlar (o‗simliklar), o‗rtasida o‗simlikxo‗r konsumentlar (hayvonlar) 
va ustida etxo‗r hayvonlar (yirtqichlar) turadi. Ekologik piramidani ingliz olimi 
Ch. Elton o‗rgangan va fanga kiritgan. Ekologik piramidada quyidagi qoidalar 
amal qiladi: 
Birinchi qoida - 
ikkilamchi biologik mahsulotlar birlamchi biologik 
mahsulotlardan kam bo‗ladi. 
Ikkinchi qoida - 
yeyiluvchi organizmlarning umumiy vazni yeyuvchi 
organizmlar vaznidan ko‗p bo‗ladi. 
Uchinchi 
qoida 

biologik 
mahsuldorlik, 
ikkilamchi 
mahsulot 
to‗plovchilarning qisqa umr ko‗radiganlarida uzoq yashovchilarga nisbatan yuqori 
bo‗ladi. 


39 
To‘rtinchi qoida 
– sonlar qoidasi bo‗lib, piramidaning yuqorisiga chiqqan sari 
organizmlar soni kamaya boradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin