D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


partiyalar (masalan, "Yashillar‖, "Grinpis‖ va boshqalar) faol ish olib bora



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70
EKOLOGIK KIMYO


partiyalar (masalan, "Yashillar‖, "Grinpis‖ va boshqalar) faol ish olib bora 
boshladi. Natijada, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda atrof-muhitning ifloslanish 
darajasi sekin-asta pasayib bordi. Bu ijobiy holatni aynan ana shunday 
harakatlarning natijasi, deb baholamoq kerak. 
Shunga qaramay, ko`pchilik mamlakatlarda ekologik vaziyat hamon 
keskinligicha qolmoqda. Keng doirada amaliy natijalarga erishish uchun butun 
jahon doirasida kuchlarni birlashtirish zaruriyati mavjud. Shu maqsadda 1972-
yilda Stokgolmda, 1975-yilda Xelsinkida, 1992-yilda Rio-de-Janeyroda, 1998-
yilda Kiotoda, 2008-yilda Moskvada atrof-muhit muhofazasiga oid yirik xalqaro 
anjumanlar bo`lib o`tdi va ularda muhim qarorlar qabul qilindi. 
Muhim tomoni shunchaki, atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologiyani 
sog`lomlashtirish muammolarini hal qilishda BMT va uning ko`plab bo`limlari 
faol ish olib bormoqda. Jumladan, BMTning atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi 
YUNEPdir. Bu dastur atrofida shakllangan rasmiy idoralar turli mamlakatlarda bu 
sohada olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib turadi, mamlakatlarda 
to`plangan tajribalarni umumlashtiradi, istiqbolli ishlarni qo`llab-quvvatlaydi. 
YUNEPning bosh irodasi Nayrobi (Keniya) shahrida joylashgan. 
II.2. Atrof muhitning ekologik omillari va kimyoviy jarayonlari 
Ekologik omillarning organizmlarga ko‗rsatadigan ta‘siri turlicha bo‗lsada, 
ular quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi: 
1

Organizmning turli funksiyalariga bir omil ta‘sirining turlicha bo‗lishi. 
Alohida olingan bir omil bir organizmning turli funksiyalariga turlicha ta‘sir qiladi. 


26 
Masalan: havo haroratining 40-45
оC
issiq bo‗lishi sovuqqonli hayvonlarda 
(masalan, sudralib yuruvchilarda) modda almashinuv jarayonini tezlashtiradi, lekin 
shu bilan birga ularning harakatchanligini susaytiradi, ya‘ni organizmning 
to‗laqonli yashashiga xalaqit beradi. 
Organizmlar o‗zining hayot faoliyatidagi barcha jarayonlarni saqlab qolish 
uchun ularni omillarning optimal ta‘siriga moslashtirishga harakat qiladi. Bunga 
misol qilib qushlarning mavsumiy ko‗chib yurishlarini, deraza oldidagi o‗simlik 
o‗zining yaproqlarini yorug‗lik tushadigan tomonga qaratishi (fototropizm) va shu 
singarilarni keltirish mumkin. 
2. Muhit omillari ta‘sir kuchining turli individlar uchun turlicha bo‗lishi. 
Organizmlarning muhit omillari ta‘sir kuchiga bardosh doirasi bir turga mansub 
individlarda ularning fiziologik holati, yoshi va jinsiga ko‗ra turlicha bo‗ladi. 
Masalan: tegirmon kapalagining lichinkasi 7
о
C sovuqda halok bo‗lgani, holda, 
uning voyaga etgan individi 22
о
C, tuxumlari esa 27
о
C gacha sovuqqa chidaydi. 
Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ekologik valentlik alohida olingan 
bir individga ko‗ra tur miqyosida kengroq bo‗ladi. 
3. Organizmda muhitning turli omillariga moslashish turlicha bo‗lishi. 
Organizmning ekologik valentligi muhitning turli omillariga nisbatan turlicha 
bo‗ladi. Masalan; biror evriterm organizm harorat o‗zgarishining keng diapazoniga 
bardosh beraolgani holda, u bosim, sho‗rlik va shunga o‗xshagan boshqa 
omillarning o‗zgarishiga bardoshsiz bo‗lishi mumkin. Organizm moslasha 
oladigan omillar turining ko‗pligi organizmning «ekologik spektri»ni belgilaydi. 
4. Ekologik spektrning har xil turdagi organizmlarda har xil bo‗lishi. Muhit 
omillarining xilma-xilligiga moslasha olish imkoniyati har xil turda har xil bo‗lib, 
bu imkoniyat hatto bir-biriga yaqin turlarda ham bir xil bo‗lmaydi. Ba‘zi omillarga 
nisbatan moslashish turlararo bir-biriga yaqin kelishi mumkin, lekin ular muhitning 
barcha omillariga aynan bir xil moslasha olmaydi, ya‘ni har xil turdagi 
organizmlarning ekologik spektri har xil bo‗ladi. 
5. Omillarning birgalikda ta‘sir qilishi. Organizmlarning alohida olingan 
biror bir omilga moslashuvida boshqa omillarning ham ta‘siri bo‗ladi. Masalan: 


27 
jazirama issiqqa bardosh berish quruq iqlimda nam iqlimga ko‗ra oson kechadi. 
Havoning namligi yuqori bo‗lgan joyda uning namligi past joyga qaraganda 
sovuqqa bardosh berish oson. Demak, organizmning issiqqa moslashuvida ham, 
sovuqqa moslashuvida ham muhitning ikkala omili ya‘ni harorat va namlik 
birgalikda ta‘sir qiladi. 
Ammo birgalikda ta‘sir qiladigan omillarning ta‘sir darajasi hech qachon bir 
xil bo‗lmaydi, doimo ularning biri asosiy, boshqalari esa unga qo‗shimcha ya‘ni 
to‗ldiruvchi sifatida harakat qiladi. SHuni aytish kerakki, organizm uchun 
omillarning barchasi ham zarur va hech qachon bir omilning o‗rnini boshqa omil 
bosa olmaydi. Masalan: butunlay quruq tuproqka ekin ekib, unga issiqlik, 
yorug‗lik, ozuqa va boshqa barcha omillarni etarli qilib berganimiz bilan u ekin 
ko‗karmaydi, chunki bu erda namlik omilining ta‘siri etishmaydi. 
6. Omillarning cheklovchi ta‘siri. Organizm yashashi uchun zarur bo‗lgan 
omillarning ko‗pchiligi yashash uchun qulay bo‗lsa-yu, ularning birortasi 
optimumdan uzoqlashib, kritik nuqtaga etsa, bunday sharoitda organizm 
yashayolmaydi. Bunday omil cheklovchi omil hisoblanib, organizmning o‗sha 
joyda yashashiga imkoniyat bermaydi. Shuning uchun ham, aytish kerakki, 
cheklovchi omillar turlarning geografik tarqalishini belgilaydi. 
Cheklovchi omillar abiotik, biotik yoki antropik bo‗lishi mumkin. Bularni 
quyidagi birnechta misollar bilan tushunib olish oson. Masalan: biror tur o‗z 
arealini shimolga kengaytirganida u o‗z arealini iqlimning kritik nuqtasigacha 
kengaytirishi mumkin. Undan narida esa iqlimning cheklovchi omili ta‘sir qilib, 
boshqa kengaytirishga imkon bermaydi. Demak, bu yerda sovuq harorat 
cheklovchi abiotik omil hisoblanadi. Biror geografik maydonda kuchli raqibning 
yashashi u yerga kuchsiz organizmning kirishiga yo‘l bermaydi. Bunda cheklovchi 
omil biotik bo‗lib, u o‗sha kuchli raqib hisoblanadi. Don ekiladigan maydonlar 
atrofidagi daraxtlarda dala va uy chumchuqlarining ko‗plab uyalarini ko‗rish 
mumkin. Ammo insonning bu daraxtlarni yo‗qotishi yoki maydonga don ekmasligi 
chumchuqlarni bu yerni tashlab ketishga majbur qiladi. Bunda cheklovchi omil 
antropik omil, ya‘ni inson faoliyati bo‗lib hisoblanadi. 


28 
Shunday qilib, cheklovchi omillar organizmlar hayotining kaliti hisoblanadi. 
Cheklovchi omillarning ta‘siri joy va vaqtga ko‗ra o‗zgarib turadi. Shuning uchun 
ham bu omillarni yaxshi o‗rganish organizm hayotini to‗g‗ri boshqarish, o‗simlik 
va hayvonlarni parvarishlash, ulardan mo‗l mahsulot olish va bir erdan boshqa erga 
ko‗chirib, iqlimlashtirish imkonini beradi. 
Insoniyat sivilizatsiyasi rivojlangan hozirgi kunda biosfera ifloslanishining 
asosiy qismi kimyoviy vositalar orqali sodir bo‗ladi. Xalq xo‗jaligining turli 
sohalari – sanoat ishlab chiqarishi, energetika ob‘ektlari va transport vositalari 
muhitga u yoki bu turdagi kimyoviy vositalarni muttasil tashlab turadilar. Ularning 
belgilangan me‘yordan ortiq tashlanishi muhitning kimyoviy ifloslanishiga olib 
keladi.
Muhitni ifloslovchi moddalarning turi ishlab chiqariladigan xomashyoning 
kimyoviy tarkibiga va uni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan yoqilg‗i turiga 
bog‗liq. Masalan, metallurgiya zavodlaridan havoga metall changi, shuningdek 
yonish jarayonida hosil bo‗ladigan oltingugurt angidridi, uglerod va azot oksidlari, 
zaharli ftor birikmalari, xlor va boshqa murakkab tarkibli gazlar chiqariladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin