45
nitrifikatsiya deb ataladi. Nitrifikatsiya jarayonida qatnashgan mikroorganizmlarni
boshqa turli bakteriyalardan ajratib olish usulini 1888–1890
yillarda rus
mikrobiologi S.N.Vinogradskiy ishlab chiqdi. Ammiakning oksidlanishi biologik
jarayon ekanligini olimlar e‗tirof qilgan bo‘lsalarda, bu jarayonda qanday
mikroorganizmlar ishtirok qilganligi o‘sha davrgacha aniqlangan emas edi. Bu
masalani S.N.Vinogradskiy hal qilib berdi. U o‘zining
amaliy tajribalarida
nitrifikatsiya jarayonini qo‘zg‘ovchi bakteriyalar organik moddali muhitda
rivojlana olmasligini aniqladi. Bu bakteriyalar tarkibida 0,2% chamasi organik
modda (pepton yoki glyukoza) bo‘lgan muhitda
ham yashay olmasliklariga
ishonch hosil qildi. Shuni nazar da tutib S.N.Vinogradskiy nitrobakteriyalar uchun
maxsus anorganik moddalardan oziq muhitini ishlab chiqdi. Shu bilan birga
S.N.Vinogradskiy o‘zining chuqur va izchillik bilan olib borgan amaliy tajriba
natijalariga
asoslanib, nitrifikatsiya jarayoni 2 fazadan iborat ekanligini va bu
jarayonlar ikki turli bakteriyalarning ishtirokida borishini isbotlab berdi.
Nitrifikatsiyaning birinchi fazasida ammiak va ammoniy tuzlari nitrit kislotagacha
oksidlanadi. Nitrifikatsiya jarayonining birinchi fazasini oval shakldagi
nitrozomonas (Nitrosomonas) nomli bakteriya qo‘zg‘atadi.
Bu bakteriya
harakatchan va uning xivchini tanasiga nisbatan 50 baravar uzun bo‘ladi.
Nitrozomonas hujayrasining katta–kichikligiga qarab: a, b, s, tur xillari uchraydi.
Nitrifikatsiyaning ikkinchi fazasida nitrit kislota nitrat kislotagacha oksidlanadi.
Bu fazada uchburchak shaklidagi mayda tayoqchasimon nitrobakter (Nitrobacter)
qatnashadi. Nitrifikatsiya jarayonini qo‘zg‘ovchi bakteriyalar oksidlanish
reaksiyalarini o‘tkazayotganda energiya ajralib chiqadi. Ana shu energiya hisobiga
bu bakteriyalar karbonat angidridni o‘zlashtirib o‘z tanasini tuzish uchun zarur
bo‘lgan organik moddalarni (jumladan uglevodlarni) tayyorlaydi. Demak, bu
bakteriyalar ham yashil o‘simliklar singari, oziqlanish
jarayonida karbonat
angidridni o‘zlashtiradi. Yashil o‘simliklar karbonat angidridni o‘zlashtirishda
quyosh energiyasidan foydalanib organik moddalarni tayyorlaydi. Bu jarayon
fotosintez deb ataladi. Nitrobakteriyalar karbonat angidridni o‘zlashtirib, organik
46
moddalarni yaratish uchun kimyoviy reaktsiyalar vaqtida
ajralib chiqqan ener-
giyadan foydalaniladi. Shunga binoan bu jarayon xemosintez deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: