D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

Savol va topshiriqlar 
1. Atrof-muhitni ifloslanish sabablari. 
2. Tabiiy boyliklardan tejab-tergab foydalanishning ahamiyatini qanday 
tushunasiz? 
3. Atrof-muhitning ekologik omillari bilan bog‘liq nimalarni o‘rgandingiz? 
4. Ekotizimda elementlarning aylanishini tushuntirib bering. 
5. Asosiy biogen elementlarni sanab bering. 
III-BOB. GIDROSFERA EKOKIMYOSI 
III.1. Gidrosfera va uning tuzilishi, kimyoviy moddalar tarkibi
Gidrosfera – geografik qobiqning eng ko‘p tarqalgan komponenti bo‘lib, u 
okean suvlaridan, quruqlikdagi daryo, ko‘l va yer osti suvlaridan, atmosferadagi 
suv bug‘laridan, qoplama va tog‘ muzliklaridan, qorlardan hamda ko‘p yillik 
muzloq yerlardan tashkil topgan. Yer yuzasidagi okean va dengizlarning umumiy 
maydoni quruqlik yuzasiga qaraganda 2,5 barobar ko‘pdir. Okean suvlari Yer 
sharining salkam 3/4 qismini egallagan bo‘lib, qalinligi 4000 metrga tengdir. Rus 
olimi M.I.Lvovichning hisobiga ko‘ra, gidrosferaning 93,96 foizi (1370323000 
km
3
) okean suviga to‘g‘ri keladi. Ammo inson o‘z faoliyati davomida bu suvlardan 
kam foydalanadi. Okean suvlari Yer tabiatining qimmatbaho suyuqlik moddasi 
bo‘lib, ular boshqa sayyoralarda uchramaydi. Okeanlarni sayyoramiz hayotidagi 
rolini va katta ahamiyatga ega ekanligini so‘z bilan ta‘riflab berib bo‘lmaydi. 
Yer tabiatiga xos bo‘lgan xususiyatlarning aksariyati okean bilan bog‘liq, 
Okean Quyosh energiyasini o‘zida to‘plovchi akkumulyator hisoblanadi. U o‘zida 
to‘plagan issiqlikni atmosferaning quyi qatlami – troposferaga beradi, uni nam 
bilan to‘yintiradi. Bu namning bir qismi materiklarda va orollarga yog‘in-sochin 
bo‘lib tushadi. Okeanlar materiklarning iqlimiga, tuproqlariga, hayvonot olamiga 
va inson xo‘jalik faoliyatiga ta‘sir etadi. Okeanlar o‘zining ko‘plab mahsulotlar, 
xilma-xil foydali qazilmalari, energiya manbai va shifobaxsh xususiyatlari bilan 


47 
jamiyatga xizmat qiladi. Ular materiklarni bir-biri bilan bog‘lovchi suv yo‘li 
vazifasini ham bajaradi. Okean suvlari o‘z-o‘zidan tozalanish xususiyatiga ega. 
Bunga sabab okeanlarda bakteriyalarning keng tarqalganidir.
Okean suvlarining kelib chiqishini mantiya bilan bog‘laydilar. Ya‘ni, 
materik Yer po‘sti singari suv ham mantiyadan asta-sekin ajarlib chiqib to‘plana 
boshlangan va hozirgi okeanlarni hosil qilgan. Magmalardan suvning ajralib 
chiqishi hozir ham davom etmoqda. Gidrosferaning 4,42 foizini quruqlikdagi 
daryo, ko‘l va yer osti suvlari, 1,65 foizini qutb va tog‘lardagi muzliklar tashkil 
etadi. Yer yuzidagi quruqlik (maydoni 149 mln. km
2
) dan har yili 41500 km
3
suv 
oqib chiqib okeanga tushadi. Bu suv miqdori Baykal ko‘li suvidan 1,5 barobar 
ko‘p demakdir.
Quruqlikdagi yillik suv oqimining 56 foizi Atlantika okeaniga va Arktika 
suv havzalariga, 44 foizi Tinch va Hind okeanlari suv havzalariga, 2,5 foizi esa 
berk suv havzalariga to‘g‘ri keladi.
Suvlar dunyo okeanidan tashqari daryolarda, ko‘llarda, buloqlarda, 
botqoqliklarda va hatto bulutlarda ham mavjud. Bular okean suvlarining aylanma 
harakatidagi zarrachalari hisoblanadi.
Daryo va ko‘l suvlari gidrosferaning 0,4% ini tashkil etadi. Daryo 
suvlarining hajmi 1200 km
3
ga teng. Quruqliklardagi daryolar Dunyo okeaniga har 
yili 36 ming km
3
suv olib kelib qo‘yadi. Eng yirik va eng sersuv daryolar 
Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarida keng tarqalgan. 
Bular – Dunay, Ob, Yenisey, Lena, Amur, Yanszi, Mekong, Gang, Kongo, Nil, 
Missisipi, Missuri, Yukon, Amazonka, Parana kabi daryolardir.
Quruqlik daryolarining geografik tarqalishi, ularning suvini ko‘p yoki kam 
bo‘lishi iqlimga bog‘liq. Masalan, ekvatorial mintaqadagi daryolar, musson iqlimli 
van am subtropik o‘lkalardagi daryolar sersuv bo‘ladi, yilning aksariyat qismida 
to‘lib oqadi. Cho‘l va chalacho‘l iqlimli rayonlardagi daryolarda suv faqat 
bahordagina ko‘payadi.


48 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin