D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

 
Respublikamizda atmosfera havosini muhofaza qilishning dolzarbligi uni 
muhofaza qilish, ifloslanishining oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining 
Xalqaro tadbirlarda ishtirok etish masalasiga alohida e‘tibor qaratilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ―Tabiatni muhofaza qilish 
to‘g‘risida‖ gi hamda 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan ―Atmosfera havosini 
muhofaza qilish to‘g‘risida‖ gi Qonunlari mazkur masalaga asos qilib olingan va 
yoritilgan. 
Atrof muhitning ekologik holati va hududlar ekologik muvozanatining 
buzilishi ko‘p jihatdan atmosfera havosining tarkibi buzilishiga hamda uning 
turlari ishlab chiqarish ta‘siridagi salbiy o‘zgarishlarga bevosita bog‘liq. Bu 


135 
o‘zgarishlar sayyoraviy, regional va topologik (mahalliy) masshtabbda ro‘y beradi. 
O‘zbekiston hududining o‘ziga xos tabiiy xususiyatlari, uni ekologik xo‘jalik 
rayonlariga ajratishga va har bir mintaqa yer, atmosfera havosining ifloslanish 
potensialini aniqlashga imkon beradi. 
Atmosfera havosini bunday ilmiy bashorat qilishda asosiy shamollarning 
takrorlanishi, qancha vaqt surunkali esishi turbulentlik koeffitsiyentini va boshqa 
xil ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Shunda yer yuzasida havoning ifloslanish 
potensiali (AHIP) Respublika hududida 2,4 dan 3,3 gektargacha o‘zgarishi qayd 
qilinadi. 
Chunonchi, bu ko‘rsatkich Ustyurtda 2,4-2,7 gektar, Quyi Amudaryoda 2,6-
3,0 gektar, Qizilqumda 2,7 gektar Quyi Zarafshonda 2,7-3,0 gektar, Chirchiq, 
Ohangaron tunanida 3,0-3,3 gektar, Mirzacho‘lda 2,7-3,3 gektar, Farg‘ona 
vodiysida 3,0-3,3 gektar, Samarqand rayonida 2,7-3,3 gektar, Qashqadaryo 
havzasida 2,7-3,3 gektarga teng. 
Chirchiq-Ohangaron va Farg‘ona mintaqalarida atmosfera havosi ifloslanish 
darajasining kattaligiga sabab bu yerdagi hududiy ishlab chiqarish majmualari 
nisbatan rivojlanganligida, avtotransport harakatlarining serqatnovligi, tog‘-kon 
sanoatining salbiy ta‘siri va qishloq xo‘jaligida zararli kimyoviy moddalardan 
ortiqcha miqdorda foydalanishdadir. Ayni vaqtda bu joylarda ishlab chiqariish 
chiqindilarini kamaytirish yoki zararsizlantirish tadbirlari sust olib borilgan.
Respublikada havoni bulg‘ayotgan 3500 doimiy manba bo‘lib, ularning 
yarmiga yaqini chang va turli xil zararli gazlarni tutib qoluvchi va tozalovchi 
moslama ega. Bu moslamalarning 4,1 qismi samaradorligi juda past. Atrof-
muhitning me‘yoridan ortiqcha ifloslanishi, ayniqsa, yirik shaharlarga xos.
O‘zbekiston Respublikasida Olmaliq, Farg‘ona, Bekobod, Andijon, 
Ohangaron, Angren, Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlari atmosferasi eng 
ko‘p ifloslangan shaharlar jumlasiga kiradi. O‘zbekiston yer usti havosining 
ifloslanishi 1983-yil eng yuqori darajaga yetib, so‘nggi yillarda ahvolning 
birmuncha yaxshilanishi qayd qilingan. Sanoat shaharlarida havoni ifloslantiruvchi 


136 
asosiy moddalar oltingugurt II oksididir. Atmosfera havosini buzuvchi boshqa 
omillrdan biri tobora rivojlanayotgan avtomobil transportidir.
Avtotransportni yangi ekologik bezarar yoqilg‘i turlariga o‘tkazish, tejamli 
dvigatellrga o‘tish ko‘chalar chekkasida ko‘plab daraxtlar ekish hamon atrof muhit 
holatini yaxshilashning muhim holatlaridan hisoblanmoqda. Tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha qishloq joylarda atmosfera havosini ifloslovchi asosiy omil qishloq 
xo‘jaligida foydalaniladigan turli xil uchuvchi kimyoviy moddalar bo‘lsa, yirik 
shaharlarda shahar transportidir.
Chunonchi, poytaxtimiz Toshkent atmosfera havosining ifloslanishida 
shahar transportining hissasi 80 foizdan ortadi.
Umuman Respublika bo‘yicha atmosferaga hanuz yiliga 4 million tonnaga 
yaqin zararli moddalar chiqarib yuborilmoqda, ular atmosfera havosinigina emas, 
balki suvlar, tuproqlar, inson, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ham ma‘lum 
darajada zarar yetkazmoqda. Keyingi yillarda atmosfera havosining tozaligi 
ustidan nazoratining kuchaytirilishi, havo tozalagich moslamalardan ko‘plab 
foydalanilishi, ekologik ongnimg oshishi, mutaxassislar mas‘ulyatining oshishi, 
―Ekosan‖ Xalqaro ekologik va salomatlik jamg‘armasining faol sa‘y-harakati 
natijasida O‘zbekiston Respublikasida bir qancha ijobiy siljishlar ro‘y bermoqda.
Atmosfera havosining toza, musaffo bo‘lishi insonning xo‘jalik faoliyati 
bilan bog‘liq. Shuning uchun atmosferani ifloslayotgan yirik shahar va sanoat 
ob‘yektlarida havoni tozalash sohasida turli chora-tadbirlar ishlab chiqarilgan 
hamda tadbiq etilgan. 
Atmosfera havosi shunday xususiyatlarga egaki u vaqti-vaqti bilan o‘zini 
tozalab turadi. Chunki turli sabablar natijasida havo tarkibiga qo‘shilgan gaz va 
mexanik zarralar atmosferada bo‘ladigan jarayonlar natijasida havoda tarqaladi va 
qor, yomg‘ir kabi yog‘inlarda qo‘shilib ketadi. Havo tarkibida iflos texnogen 
qo‘shilmalarining ko‘payishi yoki kamayishi insonga bog‘liq bo‘lib qoldi. Hozirgi 
kunda havoni zararli gaz va zarralardan tozlashda turli xil usullardan 
foydalanilmoqda. Bular asosan ikkita katta guruhga bo‘linadi: 


137 
Fizik-kimyoviy usullar havoni zararli gazlardan tozalashda ishlatiladi. Bu 
usullar ko‘pincha gazlarni kimyoviy yo‘l bilan tozlash deb yuritiladi.
Turli sanoat ob‘yektlaridan chiqadigan karbonat angidrid, oltingugurt (IV) 
oksid, azot (II) oksid fenol va boshqalarning havoni ifloslanishidan saqlashda 
kimyoviy usullardan foydalanish mumkin. Kimyoviy birikmalardan tarkib topgan 
filtrlovchi uskunalar yordamida zavod, fabrika va kombinatlardan chqadigan 
zaharli gazlar tutib qolinadi. Yoki turli katalizator yordamida saqlab turiladi. 
Sanoatning gaz holidagi chiqindilarini suyuqliklar yordamida absorbsiyalash 
zararli birikmalarning turli erituvchilarda tanlab erish xossasiga asoslangan bo‘lib, 
eng ishonchli usul hisoblanadi. 
Absorbsion tozalash usuli uzluksiz yopiq jarayon bo‘lib, atmosferaga 
chiqariladigan uglerod oksidlari, azot oksidlari, xlor, oltingugurt birikmalari, sianli 
birikmalar, fenol kabi birikmalarni ushlab qolish uchun qo‘llaniladi. 
Absorbent sifatida suv, ammiakli suv, o‘yuvchi ishqorlar, etanolaminlar, 
kaliy permanganat, kalsiy sulfatning suspenziyasi, marganets oksidlari 
ishlatiladi.Absorbsion reaktorlar sifatida esa, to‘ldiruvchilar bilan to‘ldirilgan 
minoralar yoki tarelkali reaktorlardan foydalaniladi. Sanoatning chiqindi gazlarini 
katalizatorlar yordamida tozalashning mohiyati shundaki, bunda barcha zararli 
gazlar boshqa zararsiz birikmaga aylantiriladi va havoga chiqarib yuboriladi. 
Fizik usullar guruhi havodagi zaharli gaz, qattiq va suyuq qo‘shilmalarni 
chang, tutun va boshqalarni tozalaydi. Hozirgi vaqtda sanoat tarmoqlaridan 
atmosferada iflos gazlarni tozalab chiqarishda turli chang va mayda zarralarni tutib 
qoladigan oddiy filtrli uskunalardan foydalaniladi. Bu usullar gruppasi arzon 
energiya hisobiga havodagi juda mayda chang zarralarini quruq holda tutib turadi. 
Keyingi vaqtlarda iflos gaz va chang qo‘shilmalarini elektr filtrlar orqali ushlanib 
qolinmoqda. Kam elektr energiyasi sarflash oqibatida soatiga millionlab kub metr 
havo iflos qo‘shilmalardan toza bo‘lmoqda. 
O‘zbekistonda sanoat ob‘yektlarini qayta qurish va ularga o‘rnatilayotgan 
chang gazlarni tutib qoladigan uskunalar korxona mahsulotlarini tejash bilan bir 
qatorda atrof-muhitni ifloslanishini oldini olmoqda. Shuning uchun ko‘pgina 


138 
sanoat korxonalari shahardan tashqarida shamol yo‘nalishini puxta o‘rganilgan 
holda qurilmoqda va korxona atrofidagi keng maydonlarda daraxtzorlarda barpo 
etilmoqda. 
Sanoat 
korxonalari 
atroflaridagi 
havoni 
chiqindilardan 
tozalash 
texnologiyasi murakkab va qimmatlidir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlati 
atmosferani muhofaza etishda bir qator tadbirlar ko‘rdi. Havoni tozalovchi 
uskunalar qurish, zavod va fabrikalarni uskunalar bilan ta‘minlash havoni toza 
saqlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlardan biridir. 
Masalan, ―Qizilqumsement‖ ochiq hissadorlik jamiyati keyingi yillarda 
―Ekologik toza‖ texnologiyalarni qo‘llash borasida bir qator tadbirlarni amalga 
oshirmoqda, jumladan chang-gaz tutgichlar ishini yaxshilash evaziga har bir 
tegirmondan atrof-muhitga chiqarilayotgan sement gardi sekundiga 123,9 
kilogrammdan 2,19 kilogrammgacha kamaydi, buning evaziga 27 million so‘m sof 
foyda olindi. ―Navoiyazot‖ hissadorlik jamiyati bir yilda atrof-muhit muhofazasi 
tadbirlariga 250 million so‘m sarflaydi, buning evaziga esa qo‘shimcha 200 
million so‘m sof foyda olish bilan birgalikda, katta miqdordagi chuchuk suvni 
tejashga ham erishadi. 
Hozirda Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatiga qarashli Markaziy kon 
boshqarmasining 15 ta tarmoqlarida tabiat ifloslanishi oldini olish borasida keng 
ko‘lamdagi tadbirlar olib borilmoqda. Birgina ―Muruntau‖ konidagi chang 
ushlagichlar ishini doimiy yaxshilash hisobiga har yili kondan chang ajralib 
chiqishi 320-340 tonnaga kamaymoqda, 2-gidrometallurgiya zavodining birinchi 
navbatida changlarni namlab ushlab qolish natijasida har yili atmosferaga 
chiqadigan chang miqdori 800-815 tonnaga kamaydi. Bu olib borilgan say-
harakatlar samarasi o‘laroq keyingi 10 yilda Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatiga 
qarashli Markaziy kon boshqarmasi ishchi-xodimlari orasida pnevmokonioz 
kasalligi kuzatilmagan hamda chang bilan bog‘liq bronxit kasalliklari keskin 
kamaygan. 
Atrof tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf etish choralarini 
ko‘rmaslik uchun jinoiy jazo belgilangan bo‘lib, mansabdor shaxsning ekologiyasi 


139 
ifloslangan joylarni dezaktivatsiya qilish yoki boshqacha tarzda tiklash choralarini 
ko‘rishdan bo‘yin tovlashi yoki bunday ishlarni yetarli darajada bajarmasligi 
odamlarning ommaviy ravsihda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki 
baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatga sabab bo‘lsa, eng kam 
oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh 
yillikgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha ozodlikdan 
mahrum qilish bilan jazolanadi. 
O‘sha qilmishlar odam o‘limiga sabab bo‘lsa, uch oydan olti oygacha qamoq 
yoki muayyan huquqdan mahrum qilib besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish 
bilan jazolanadi (Jinoyat Kodeksi (JK) 195-moddasi). 
Veterenariya va zootexnika qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik
JK ning 200-moddasi talablariga ko‘ra veterenariya va zootexnika qoidalarini 
buzish, hayvon yoki parrandalar epidemiyasi tarqalishiga, ularning yalpi qirilib 
ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlar keltirib chiqishiga sabab bo‘lsa eng kam 
oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh 
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish huquqi bilan jazolanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin