163
MUSTAQIL O’QISH MAVZULARI
Tabiatda moddalarning aylanma harakatida va inson hayotida
o’simliklarning roli
Tabiatda moddalarning aylanma harakatida o‘simliklar, xususan, yashil
o‘simliklar tufayli fotosintez jarayoni vujudga keladi.
Fotosintez Yerdagi
hayotning asosiy energiya manbaidir. Chunki Yer sharining yashil o‘simliklari
yiliga fotosintez jarayoni sababli 177 milliard tonna organik modda hosil qiladi.
Ana shu organik moddaning 122 milliard tonnasini quruqlik o‘simliklari
(shundan 70 milliard tonna o‘rmonlar), 55 milliard tonnasini esa okean o‘simliklari
vujudga keltiradi. Fotosintez tufayli vujudga keladigan bir yillik kimyoviy
energiya dunyoda ishlab turgan hamma elektr stansiyalar quvvatidan 100
marta
ortiqdir. Quyosh Yerdagi energiya va tirik organizmlar uchun hayot manbaidir,
organik
moddalar hosil qilib, kislorod chiqaradigan o‘simliklar bu energiyani
fotosintez jarayonida o‘zgartiradi. Quyoshdan kelgan energiyaning 30% i qaytadi,
salkam 70% i atmosfera, suv havzalari va Yer yuzasida yutiladi, 0,05% i fotosintez
mahsulotlarini hosil qilishda ishtirok etadi. Demak,
sayyoramizda moddalarning
aylanib yurishida o‘simliklarning roli juda muhim. O‘simlikar fotozintez qilmasa
havodagi karbonat angidrid (CO
2
) miqdori ancha ko‘payib, kishilar va hayvonlar
nobud bo‘lar edi.
Ayni vaqtda Yer shari
iqlimi umuman isib ketgan, Arktika va Antarktida
muzlari erib, Dunyo okeanining dathi ko‘tarilib, ko‘pgina quruqliklarni suv bosgan
bo‘lur edi.
Biroq atmosferadan, suv yuzasidan, tuproqdan kelayotgan o‘sha CO
2
gaznini
o‘simliklar yutadi, fotosintez natijasida yashil o‘simliklar
atrof-muhitga kislorod
chiqarib turadi.
Taxminiy ma‘lumotlarga qaraganda, yashil o‘simliklar har yili 180-250
milliard tonna CO
2
ni yutib, qariyb 150-200 milliard tonna
kislorod chiqaradi va
170-180 milliard tonna suv bug‘latadi.
Shunday qilib, fotosintez orqali Yer sharidagi suv 5,8 million yilda,
atmosferadagi kislorod 5800 yilda, CO
2
7 yilda bir marta yangilanib turadi. Demak,
164
agar o‘simliklarda fotosintez jarayoni bo‘lmaganda edi, u taqdirda
kislorod, CO
2
va
boshqa moddalarning aylanib yurishi sodir bo‘lmasdan, balki atmosfera tarkibida
CO
2
gazi ko‘payib ketgan bo‘lar edi.
Yashil o‘simliklardagi dastlabki fotosintez jarayoni bundan milliard yil ilgari
sodir bo‘lgan. Shu davr ichida ko‘p miqdorda organik moddalar sintezlangan
bo‘lib, ularning bir qismi hozirga qadar neft, gaz, ko‘mir, yonuvchi slanes, torf va
boshqa ko‘rinishdabizning davrimizgacha saqlanib qolgan.
Dostları ilə paylaş: