Fotosintez va hosildorlik



Yüklə 109,72 Kb.
səhifə1/8
tarix25.12.2023
ölçüsü109,72 Kb.
#196629
  1   2   3   4   5   6   7   8
FOTOSINTEZ VA HOSILDORLIK


FOTOSINTEZ VA HOSILDORLIK
REJA:
Kirish.
1.1. Yerdagi hayot uchun
1.2. O`simliklar hayoti uchun


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH


Ma'lumki, tirik tabiatda uchraydigan biologik jarayonlar ichida fotosintez o'zining ko'lami va mohiyati bilan asosiy o'rinni egallaydi. Muhit moddalaridan biologik moddalarni hosil qilish jarayonlarini birgalikda assimilatsiya nomi bilan birlashtirish mumkin. Assimilatsion jarayonlar natijasida tirik materiyaning asosiy komponentlari tuziladi va ularning ko'pchiligi uglerodli birikmalardir. Organik moddalarning biologik sintezi assimilatsiyaning eng muhim jarayoni-uglerod assimilatsiyasi deb ataladi. Fotosintezda hosil bo'luvchi organik moddalar o'z ishiga quyosh energiyasi hisobiga o'simlik tomonidan yig'ilgan energiyani va o'zlashtirilgan moddalarni oladi. Fotosintez jarayonida hosil bo'lgan energiya biosferadagi tiriklik manbayining asosi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda yashil o'simliklar yerdagi hayotning manbasi bo'lib xizmat qiladi.
Fotosintez jarayonida hosil bo'luvchi birlamchi uglevod bu fruktozofosfatdir. Keyinchalik fruktozofosfatdan boshqa biopolimerlar va monomerlar, masalan, kraxmal, selluloza, kletchatka, oligosaxaridlar, disaxaridlar va monosaxaridalar hosil bo'ladi. Ammo uglevodlarning o'simlik to'qimalari bo'ylab asosiy tashiluvchi formasi saxarozadir. U plazmaning to'rsimon naychalari bo'ylab tashilib o'simlikning boshqa hujayralari tomonidan metabolik jarayonlarda ishlatilishi yoki zaxira holida to'planishi mumkin.
Uglevodlarning zaxira formalari faqatgina kraxmal holatidagina bo'lib qolmasdan, balki disaxarid-saxaroza (shakarqamish, qand lavlagi) yoki monosaxarid-glukoza (uzum) ko'rinishlarida ham bo'lishi mumkin.
1. Fotosintez va uning ahamiyati


Tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayotiy jarayonlari dina­mik ravishda energiya bilan ta’minlanishga asoslangan. Bu energiyaning yagona manbai quyosh energiyasi bо‘lib, organizmlar uni tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri emas, balki erkin kimyoviy energiya holidagina о‘zlashtirish qrbiliyatiga egadirlar. Bu organik moddalar tarkibidagi kimyoviy bog‘lar energiyasidir. Uni faqat yashil о‘simliklar va qisman avtotrof mikroorganizmlargina hosil qilishi mumkin.
Yashil о‘simliklar tanasida quyosh nuri ta’sirida anorganik modda-lardan (S02 va N,0) organik moddalarning hosil bо‘lishi fotosintez deyiladi. Fotosintez Yer yuzida quyosh energiyasini kimyoviy energiyaga aylantiruvchi yagona jarayondir. Hosil bо‘lgan organik moddalar jamiki organizmlar uchun energiya manbai, umuman hayot asosini tashkil etadi. Shu bilan birga fotosintez tabiatdagi kislorodning ham yagona )manbaidir.
Fotosintez jarayonini quyidagi sxematik tenglama bilan ifodalash mumkin:



Yashil о‘simliklarning hayoti uzluksiz ravishda organik moldalar tuplash va tabiatga molekulyar kislorod ajratish bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham tabiatdagi boshqa organizmlarning, jumladan. hayvonlar va odamlarning hayoti о‘simliklarda bо‘ladigan fotosintezga bog‘liq. Chunki bu organizmlar organik moddalarni tayyor holda faqat о‘simliklar orqali oladilar.



Yüklə 109,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin