Fotosintez va hosildorlik



Yüklə 109,72 Kb.
səhifə2/8
tarix25.12.2023
ölçüsü109,72 Kb.
#196629
1   2   3   4   5   6   7   8
FOTOSINTEZ VA HOSILDORLIK

1.1. Yerdagi hayot uchun
Fotosintezning birinchi bosqichidagi reaksiyalar faqat yorug‘lik ishtirokida boradi. Bu jarayon xlorofill "a"ning boshqa yordamchi pig-mentlar ishtirokida (xlorofill "b", karotinoidlar, fikobilinlar) yorug‘lik yutishi va о‘ayaashtirishidan boshlanadi. Natijada suv yorug‘lik energiyasi ta’sirida parchalanib, molekulyar kislorod ajralib chiqadi, NADF.N2 (digidronikotinamid — adenin — dinukleotid fosfat) va ATF (adenozintrifosfat) hosil bо‘ladi.
Yorug‘lik energiyasi elektromagnit tebra-nish xususiyatiga ega. U faqat kvantlar yoki fotonlar holida ajraladi va tarqaladi. Har bir kvant yorug‘lik ma’lum darajada energiya manbasiga ega. Bu energiya miqdori asosan yorug‘likningtо‘lqin uzunligiga bog‘liq bо‘lib, quyidagi formula bilan aniqlanadi :
E = hc,
bu yerda, YE-kvant energiyasi, djoul (kDJ) hisobida, h-yorug‘lik kon-stantasi, doimiy son 6, 26196. 10-34 Dj/s—tо‘lqin uzunligi, S-yorug‘-liktezligi 3. 1010 sm/s.
Quyosh yorug‘ligining kо‘zga kо‘rinadigan va fotosintetik faol qismi-dagi (400-750 nm) nurlarda har bir kvantning energiyasi turlicha bо‘ladi. Masalan, tо‘lqin uzunligi 400 nm.ga teng bо‘lgan spektrning bir kvanti-ning energiyasi 299, 36 kDJ ga teng, shu asosda 500 nm-239, 48 kDJ, 600 nm-199, 71 kDJ, 700 nm-170, 82 kDJ va hokazo. YA’ni tо‘lqin uzunligi qisqa bо‘lgan yorug‘likning energiyasi kо‘proq va uzunlariniki aksincha oz. Shuninguchun ham qisqa ulirabinafsha nurlar (tо‘lqin uzun­ligi 300 nm.dan qisqa) Yerdagi tirik organizmlarga zararli ta’sir qilishi mumkin. Chunki ularning energiyasi kо‘p. Tо‘lqin uzunligi 300-400 nm.ga teng nurlar asosan о‘sish va rivojlanishni boshqarishda ishtirok etadi. Bu nurlar ta’sirida hujayralarning bо‘linib kо‘payishi va о‘simlikning rivojlanish jarayoni tezlashadi.Tо‘lqin uzunligi 400-700 nm.gacha bо‘lgan nurlar fotosintezda ishtirok etadilar, chunki bu spektrlarning energiya darajasi fotosintetik reaksiyalarni yuzaga keltiradi. Tо‘lqin uzunligi 750 nm va undan uzun nurlarning energiyasi juda kamligi sababli ular fotosintezda ishlatilmaydi.



Yüklə 109,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin