1.2. O`simliklar hayoti uchun Yashil о‘simliklarning bargi eng muhim organlardan biri bо‘lib, unda fotosintez jarayoni sodir bо‘ladi. Shuning uchun ham barg asosiy fotosintetik organ deb ataladi. Uning hujayraviy tuzilishi transpiratsiya, nafas olish va asosan fotosintezga moslanib tuzilgan (15- chizma). Barg plastinkasining ustki va ostki tomoni pust bilan qoplangan. Qoplovchi tо‘qima epidermis bir qator zich joylashgan hujayralardan iborat. Bu hujayralar yupqa pо‘stli, rangsiz va tiniq bо‘lib, yorug‘likni yaxshi о‘tkazadi. Pust hujayralari orasida joylashgan maxsus juft hujayralar og‘izchalar vazifasini bajaradi. Ularning turgor holati о‘zgarib turishi mumkin (shunga qarab ular о‘rtasidagi teshikcha ochyladi yoki yopiladi).Og‘izchalar kо‘pchilik о‘simliklarda bargning pastki tomonida, ayrimlarida esa ustki tomonida ham bо‘lishi mumkin. Fotosintez jarayonida ana shu og‘izchalar orqali karbonat angldrid yutilib, molekulyar kislorod ajralib chiqadi.
Ustki va pastki pо‘stlar orasida barg etini (mezofill) hosil qiluv-chi hujayralar joylashgan. Aksariyat yer ustida о‘suvchi о‘simlik bargla-rida u ikki qavatdan iborat. Ustki pust ostida joylashgan qavat tayoq-chalarga о‘xshash, chо‘zinchoq bir-biriga zich joylashgan hujayralardan tashkil topgan. Bu hujayralarda xloroplastlar soni kо‘p. Ular organik moddalarni sintez qiluvchi asosiy qavat hisoblanadi. Uning ostidagi hujayralar kо‘pincha dumaloq shaklda bо‘lib, bir-biri bilan bо‘shliq-lar hosil qilib joylashadi. Bо‘shliqlar og‘yzchalar bilan tutashgan. Bu esa gazlarning almashinuvi uchun qulay sharoit yaratadi. Undan tashqari bu hujayralarda ham xloroplastlar bor, ya’ni ular fotosintez jarayo-nida qatnashadilar.
Barglarda fotosintez tо‘xtovsiz davom etishi uchun ular suv bilan ta’min-langan bо‘lishlari kerak. Bunda ogazchalf ochikligi katga ahamiyatga ega.
XLOROPLASTLAR.Fotosintez jarayoni asosan barglarda va qisman yosh novdalarda sodir bо‘lishining sababi ularda xloroplastlarning borligidir. О‘simliklarning fotosintetik tizimi xloroplastlarda mujassamlashgan. Xloroplastlar barcha tirik organizmlar uchun kimyoviy energiya manbai — organik moddalarni tayyorlaydi.
Bargning har bir hujayrasida о‘rtacha 20-50 tagacha va ayrimlarida undan kо‘proq ham xloroplastlar bor. Xlorofill pigmenti xloroplastlarda joylashganl.igi uchun ular yashil rangda bо‘ladi. Xloroplastlarda fotosintez jarayonining hamma reaksiyalari rо‘y beradi: yorug‘lik energiyasining yutilishi, suvning fotolizi ( parchalanishi) va kislorodning ajralib chiqishi, yorug‘likda fosforlanish, karbonat angidridning yutilishi va organik moddalarning hosil bо‘lishi. Shunga asosan ularning kimyoviy tarkibi va tuzilmaviy shakli ham murakkab xususiyatga ega .
Xloroplastlar tarkibida suv kо‘p, о‘rtacha 75 foizni tashkil etadi, qolganlari quruqmoddadan iborat. Umumiy quruqmoddalar hisobida oqsil-lar 35-55 foiz, lipidlar 20-30 foiz, qrlganini mineral moddalar va nuklein kislotalari tashkil etadi. Xloroplastlarda juda kо‘p fermentlar va fotosintezda ishtirok etadigan hamma pigmentlar joylashgan.
Xloroplastlar qо‘shqavatli membrana bilan о‘ralgan bо‘lib, ular yuqori funksional faollikka egadirlar. Ichki tuzilishi juda murakkab. Stroma (asosiy gavda) va granalardan iborat. Ular о‘z navbatida lamellyar va plastinkasimon tuzilishi bilan tavsiflanadi. Granalarda tilakoidlar joylashadi. Yosh xloroplast granalarida 3-6 ta tilakoid bо‘lsa, voyaga yetganlarida bu son 45 tagacha yetishi mumkin. Lamellalarning yuzasi mayda bо‘rtmachalar — globulalar bilan qoplangan. Ular kvantosomalar deyiladi.
Turli xil о‘simliklarning xloroplastlari soni, shakli, hajmi bilan bir-biridan farq qiladi.
Yashil о‘simliklarning barglarida xloroplastlar uch xil yо‘l bi-lan hosil bо‘lishi mumkin: 1) oddiy bulinish yо‘li bilan; 2) ayrim hujayralar meyoriy holatlarining buzil i shi oqibatida kurtakla-nish yо‘li bilan; 3) hujayra yadrosi orqali kо‘payish bilan. Bu yо‘l asosiy deb qabul qilingan. Dastlab hujayra yadrosining membranasida juda kichik bо‘rtmacha yuzaga keladi. U asta-sekin yiriklashib, yadro membranasidan ajraladi, hujayra sitoplazmasiga о‘tadi va shu yerda tо‘la shakllanadi (17-chizma).
Xloroplastlarning tо‘la shakllanishi uchun yorug‘likning bо‘lishi shart.
Qorong‘ilikda xloroplastlarning stromasi va uning hajmi hosil bо‘ladi. Lekin ichki tuzilishi - lamellalar, plastinkalar, fanalar, tilakoid-lar va xlorofill pigmentlari faqat yorug‘likda hosil bо‘ladi.