Ildizning oziqlanishi, mineral elementlarning o'rni. Ildiz tuproqdan juda ko'p ozuqa elementlarini o'zlashtiradi. Bu elementlar hujayra va uning organoidlari va tashkil qiluvchilarni tarkibiga kiradi.
O'simliklardagi ikki tomonlama oziqlanish jarayonlari-ildizlari orqali tuproqdan va barglari orqali havodan oziqlanishi bir-biriga uzviy bog'iiqdir. Shuningdek, fotosintetik apparatning muqobil ishlashi uchun ham o'simlik barcha makro- va mikroelementlar bilan ta'minlangan bo'lishi lozim. Umuman mineral elementlarning fotosintez jarayonidagi o'rni, makro- va mikroelementlarning pigmentlarning shakllanishiga, elektron tashuvchi zanjir komponentlari, xloroplastlarning katalitik markazi, tuzilma va tashuvchi oqsillarning biosinteziga ta'siri hamda ularning yangilanishi va faoliyatiga ta'siri bilan izohlanadi. Bu elementlar yetishmasa xloroplastlar tuzilichida va funksiyasida chuqur o'zgarishlar sodir bo'ladi.
Magniy ionlari xlorofill tarkibiga kirib, ATF sintezida qatnashuvchi oqsillarning faoliyatida ishtirok etadi hamda karboksillanish va NADF+ birikmasining qaytarilichida ishtirok etadi. Ushbu moddaning yetishmasligi ham fotosintezga salbiy ta'sir qiladi.
Temirning qaytarilgan formalari xlorofill biosintezi va xloroplastlarning temir saqlovchi birikmalari (sitoxromlar, ferrodoksin) sintezi uchun zarurdir. Hujayralarda temir yetishmasligi halqali va xalqasiz fosforirlanishni hamda pigmentlar sinteziga salbiy ta'sir qilib xloroplastlarning tuzilishini buzadi.
Yashil o'simliklar fotosintezi uchun marganesning zamrligi ushbu element ionlarining suvning fotooksidlanishdagi o'rni bilan belgilanadi. Shuning uchun ham muhitda marganesning yetishmasligi fotosintez jarayoni jadalligiga salbiy ta'sir qiladi. Bu erda shuni ham aytib o'tish lozimki, suvning fotooksidlanishi reaksiyalarida xlor ionlari ham qatnashadi.
Mis plastotsianin kabi moddalar tarkibiga kiradi va uning yetishmasligi ham fotosintezga salbiy ta'sir qiladi.
Azotning o'simliklarga etishmasligi barglar hujayralaridagi pigmentlar tizimiga, xloroplastlarning tuzilishiga va ularning umumiy faolligiga kuchli ta'sir qiladi. Shuningdek, RDF-karboksilaza fermentining miqdori va faolligi azotning miqdori bilan belgilanadi.
XULOSA Xulosa qilib aytganda, fotosintez jarayoni tufayli planetamizdagi energiyaning eng ko'p miqdori zaxiralanadi. Yashil o'simliklar yil davomida fotosintez natijasida 100 mid tonnadan ortiq organik massani hosil qiladi. Fotosintez jarayonida yer sharimizga yetib kelayotgan quyosh energiyasining 451013 megakaloriya qismi fotosintezning turli ko'rinishdagi mahsulotlari sifatida jamlanadi. Ushbu jarayonda yashil o'simliklar tomonidan 130 mid t. C02 va 130 mid t. suv qayta ishlanadi. Bundan tashqari fotosintezlovchi hujayralar ushbu jarayon tufayli o'zlarining har xil moddalarga bo'lgan talabini qondiradi. Dastlab, fotosintezlovchi hujayralarda uglevodlar sintezlanganligi tufayli ular o'zlarining shu moddaga bo'lgan ehtiyojini qondiradi. So'ngra ushbu birikmalardan boshqa organik moddalar, masalan, oqsillar va yog'lar sintezlanadi.
Fotosintez jarayonida hosil bo'luvchi birlamchi uglevod bu fruktozofosfatdir. Keyinchalik fruktozofosfatdan boshqa biopolimerlar va monomerlar, masalan, kraxmal, selluloza, kletchatka, oligosaxaridlar, disaxaridlar va monosaxaridalar hosil bo'ladi. Ammo uglevodlarning o'simlik to'qimalari bo'ylab asosiy tashiluvchi formasi saxarozadir. U plazmaning to'rsimon naychalari bo'ylab tashilib o'simlikning boshqa hujayralari tomonidan metabolik jarayonlarda ishlatilishi yoki zaxira holida to'planishi mumkin.
Uglevodlarning zaxira formalari faqatgina kraxmal holatidagina bo'lib qolmasdan, balki disaxarid-saxaroza (shakarqamish, qand lavlagi) yoki monosaxarid-glukoza (uzum) ko'rinishlarida ham bo'lishi mumkin.