Havodagi C02 miqdorining ta'siri. Ma'lumki, fotosintez jarayoni uchun C02 eng zarur substratdir. COi gazining atmosfera havosidagi miqdori nisbatan anchagina kam 0,03% atrofida. Bir gektar may don hisobiga 100 m balandlikgacha bo'lgan hajmda CO2 miqdori 550 kg atrofida. Shundan o'simliklar tomonidan bir sutka mobaynida 120 kg C02 o'zlashtiriladi xolos. Fotosintez jarayoni atmosferada 0,008% C02 mavjud bo'lganda boshlanadi va uning miqdori oshib borishi bilan jadallashib 0,3% ko'rsatgichda eng yuqori darajaga yetadi. CO2 gazining havodagi mavjud 0,03% miqdorida fotosintez mahsuldorligi uning maksimal (0,3% CO2) ko'rsatkichidan yarmini tashkil qiladi. Bu hoi o'z navbatida o'simliklardagi fotosintez jarayoni atmosfera havosida nisbatan katta bo'lganda yuzaga kelganligidan dalolat beradi.
Shuning uchun ham issiqxonalarda o'stirilayotgan o'simliklarni qo'shimcha ravishda C02 bilan oziqlantirish hisobiga hosildorligini oshirish mumkin. Bu esa o'simliklarni go'ng bilan oziqlantirish yo'li bilan ham oshadi. Ammo bu hoi faqatgina C3 o'simliklarga xos bo'lib C4-o'simliklarga deyarli ta'sir etmaydi. Chunki, awal aytib o'tganimizdek, C4 o'simliklarida yig'ishning o'ziga xos mexanizmi mavjud.
O'simliklar tomonidan atmosferadan C02 assimilatsiya qilinishi uning xloroplastlarga yutilishi bilan bog'liq. Bu esa o'z navbatida C02 avvalo barg og'izchalariga, undan hujayra oraliqlariga, so'ngra esa mezofill hujayralari sitoplazmasiga utishi bilan bog'liq. Shuni aytib utish kerakki, og'izchalar ochiq holatida ham bargning 1-2% maydonini tashkil qiladi xolos.
Barg yuzasining qolgan qismi gazlarni yomon o'tkazuvchi kutikulalar bilan qoplangan. Ammo shunday sharoitda ham bir t-"rlik vaqt davomida og'izchalar orqaii C02 gazining hujayra oraliqlariga kirishi xuddi bargning butun qismi og'izchalardan iborat bo'lgan kafci bo'ladi, ya'ni ushbu birikmaning o'simliklar tomonidan yutilishiga kutikulalarning ta'siri deyarli yo'q. Bu hoi Stefan qonuni bila`; ifodalanadi, ya'ni kichik teshikchalardagi gazlarning harakati ushbu kanalchalarning aylanasiga bog'liq bo'lib ularning umumiy maydoniga bog'liq emas. Barg og'izchalarining ochilib yopilishiga esa C02, to'qimalarning suvga to'yinganligi, yorug'Iik, fitogormonlar ta'sir qilishi mumkin. Shuningdek, o'simliklarni (NH4)2C03 bilan oziqlaniii`fsh hisobiga ham fotosintez mahsuldorligini oshirish mumkin.