D. A. Shadibekova



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/62
tarix28.11.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#167277
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
xizmatar sohasi darslik

1.6.1-jadval 
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‟yicha o‟rtacha oylik nominal 
hisoblangan ish haqi (ming so‟m) 
 
Yanvar - dekabr 
Respublikadagi o‘rtacha 
hisoblangan ish haqiga 
nisbatan %da 
2016-yil 
2017-yil 
2016-yil 
2017-yil 
Respublika bo‘yicha 
1293,8 
1453,2 
100 
100 
Shu jumladan 
Sanoat
1863,8 
2091,7 
144,1 
143,9 
Qurilish
1619,1 
1808,4 
125,1 
124,4 
Savdo 
1500,5 
1650,7 
116 
113,6 
Tashish va saqlash 
1763,9 
1945,8 
136,3 
133,9 
Yashash va ovqatlanish xizmatlari 
913,4 
1035,3 
70,6 
71,2 
Axborot va aloqa 
2042,2 
2498,5 
157,9 
171,9 
Moliyaviy va sug'urta 
2140,1 
2694,1 
165,4 
185,4 
Ta'lim 
1038,9 
1160,1 
80,3 
79,8 
So'g'liqni saqlash va ijtimoiy 
xizmatlar ko'rsatish 
887,8 
980,8 
68,6 
67,5 
San'at, ko'ngil ochish va dam 
olish 
1272,1 
1367 
98,3 
94,1 
Boshqa faoliyat turlari 
1109,7 
1239,4 
85,8 
85,3 
 
Manbaa: 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida muallif 
tomonidan ishlab chiqildi. 
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, respublikamizda so‗nggi yillarda xizmat 
ko‗rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‗yicha izchil choralar ko‗rilmoqda. 
Xizmatlar bozori tarkibi xizmatlarning yangi istiqbolli turlari – bank-moliya, 
sug‗urta, yashash va ovqatlanish, ta‘lim, transport, shaxsiy xizmatlar, axborot-
kommunikatsiya xizmatlari va boshqalarni rivojlantirish hisobiga takomillashib 
bormoqda. Oilalarni murakkab maishiy texnika, kompyuterlar va shaxsiy


42 
avtotransport bilan ta‘minlashning keskin oshishi ularga ko‗rsatilayotgan 
xizmatlarning jadallik bilan ko‗payishiga imkon yaratdi. 
Biroq, shuni tan olish kerakki, haqiqatda mazkur sohani rivojlantirishda jiddiy 
kamchiliklar ham yo‗q emas. Ayniqsa, bandlikni oshirish va aholi daromadlarini 
ko‗paytirish hamda mahalliy budjetlarni to‗ldirishning istiqbolli manbai sifatida 
xizmatlar sohasi imkoniyatlaridan kam foydalanilmoqda. Xizmatlar hamda servis 
sohasi ayniqsa qishloq joylarda juda sust rivojlanmoqda. Bozor munosabatlari 
sharoitida bu soha juda tez rivoj topadigan hamda o‘zini oqlaydigan sohalardan 
biridir. Chunki, ushbu soha juda katta mablag‗ talab qilmaydigan, kichik va 
xususiy tadbirkorlikka mos va juda tez rivojlanishi mumkin bo‗lgan sohadir. 
Mamlakatimizda qaror topgan tinchlik, barqarorlik va fuqarolar hamjihatligi 
respublikamizda olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy sohadagi tub 
islohotlar muvaffaqiyatiga tobora bog‗liq bo‗lib bormoqda. Mustaqillik yillari 
davomida aholini ish bilan ta‘minlashga barcha sharoitlar yaratib berildi. Bandlik 
tuzilmalari takomillashtirildi, mehnat faoliyati turlari kengaytirildi va mehnatga 
bo‗lgan munosabatda ko‗zga ko‗rinarli ijobiy siljishlar yuz berdi. O‘zbekistonda 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonlarida mehnat bozorini tartibga solish, 
bu boradagi tashkiliy-huquqiy negizlarni takomillashib borayotganligidan dalolat 
bermoqda. 
Ayni damdagi iqtisodiy islohotlarning pirovard vazifalaridan biri esa aholini 
xizmat ko‘rsatish va servis sohasiga jalb qilishni yanada kuchaytirish chora-
tadbirlari bo‗lib, respublikada tadbirkorlar va mulkdorlar qatlamini shakllantirishni 
kengaytirish va shuning asnosida aholi bandligini, iqtisodiy va ijtimoiy 
farovonligini o‗sishini taminlashga erishishdan iboratdir. 
Tan olish lozimki, aholini ish bilan band etish masalalarini bartaraf etishda 
xizmatlar sohasining ahamiyati beqiyosdir. Xizmat ko‗rsatish sohasini 
rivojlantirish aholi bandligi darajasini oshishiga jiddiy tasir qiladi. Bundan 
tashqari, mazkur sohada yangi ish o‗rinlarini tashkil etilishi nafaqat budjetni 
iste‘molga ajratadigan harajatlarini yengillashtirishga imkon beradi, bunga 


43 
qo‘shimcha ravishda respublika va mahalliy byudjetlarni soliqlar hisobidan 
to‘ldirish vazifasini ham bajaradi. 
Xizmatlar sohasini rivojlantirish natijasida mamlakat iqtisodiyotida quyidagi 
ijobiy natijalar kuzatiladi:

mamlakat iqtisodiyoti diversifikatsiya va modernizatsiya qilinadi 
(yangidan yangi sohalar ishga tushiriladi); 

iste‘mol bozorida rivojlanish kuzatiladi hamda iste‘mol tovarlarining 
turlari ko‗payadi; 

davlat budjeti profitsitiga erishiladi; 

ishsizlik muammolari bartaraf etiladi va hokazo. 
Yuqoridagilarning yaqqol isboti sifatida xizmatlar sohasining YaIM dagi 
ulushini misol qilishimiz mumkin. Oxirgi 10 yilda (2008-2017 yillar) YaIMda 2,1 
barobar o‗sish kuzatilgan. Iqtisodiy o‗sishning asosiy omillari va manbalari tahlili 
shuni ko‗rsatadiki, oxirgi 10 yil davomida iqtisodiyotning yuqori o‗sish sur‘atlari 
qishloq xo‗jaligida ishlab chiqarishning 1,8 marta (2008-2017 yillar uchun o‗rtacha 
yillik o‗sish – 6,1 %), sanoatda – 1,7 marta (5,4 %), qurilishda – 3,4 marta (13,4 
%), xizmatlar sohasida – 2,3 marta (8,8 %) o‗sganligi hisobiga ta‘minlandi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin