49
Shuni alohida ta‘kidlashimiz lozimki, 2018 yilda YaIM o‘sish sur‘atiga
xizmatlar sohasining ta‘siri 1,8 f.p ni tashkil etdi. Ushbu sohada qo‘shilgan
qiymatning o‘sishi 5,4 % ga teng bo‘lib, shundan savdo xizmatlari (avtotransport
vositalarini ta‘mirlashni qo‘shgan holda) 4,4 % ga, tashish va saqlash 3,7 % ga,
axborot va aloqa 15,3 % ga va boshqa xizmatlar 5,4 % ga oshganini ko‘rishimiz
mumkin.
Bugungi kunda xizmatlar sohasi rivojlangan mamlakatlar
iqtisodiyotida hal
qiluvchi rol o‘ynagani kabi, O‘zbekistonda ba‘zan uchlamchi sektor deb ataluvchi
ushbu soha mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan
tarmoqlaridan biri
hisoblanadi.
2019 yil 1
yanvar holatiga, respublikada davlat reestridan o‘tgan
va faoliyat
ko‘rsatayotgan 323,5 mingta tashkilot va korxonalardan 213 mingga
yaqini aynan
xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatmoqda va bu boshqa sohalar bilan taqqoslaganda
eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Respublikadagi ayni kunda faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilotlarni
(fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) sohaga ixtisoslashuvu bo‘yicha foizlar
kesimida taqqoslaydigan bo‘lsak, bu yerda 65,8 % lik natija bilan aynan xizmatlar
sohasi
yetakchilik qiladi, undan keyingi o‘rinlarni sanoat (17 %), qurilish (9,0 %)
hamda 7,6 % lik ko‘rsatkich bilan qishloq o‘rmon va baliq xo‘jaligiga
ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari egallaydi.
Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va korxonalar umumiy sonida 153
mingdan
ortig‘i kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi. 2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra
ularning ulushi 72,2 % ni tashkil etdi.