Jizzax davlat politexnika instituti



Yüklə 3,61 Mb.
səhifə1/5
tarix09.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#153446
  1   2   3   4   5
Makroiqtisodiy beqarorlik


OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT POLITEXNIKA INSTITUTI
GURUX: Bx va u-532-22
TALABA: Tangirova Gulmira Asqar qizi
MAKROIQTISODIY BEQARORLIK: INQIROZ, ISHSIZLIK VA INFLYATSIYA

REJA

  • Makroiqtisodiy beqarorlik
  • Inqirozlarning mazmuni va turlari
  • Ishsizlik va uning turlari
  • Inflyasiya, uning kelib chiqish sabablari va turlari

MAKROIQTISODIY BEQARORLIK
Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sishga, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida milliy ishlab chiqarish va uning ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sish milliy xo‘jalikda hal qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni tavsiflovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – YAIM, milliy daromad, bandlik va narx darajasidagi iqtisodiy tebranishlar bilan birga ro‘y beradi.
Iqtisodiy tebranishlar – bu muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zlarining barqaror holatidan farqlanishidir. Davriy o‘sish ishlab chiqarishdagi tanazzullik bilan almashinadi va iqtisodiy sikllar vujudga keladi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
Ko‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro‘y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning ob’ektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtai nazaridan ahamiyatliligi to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, (A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.SHumpeter va boshqalar) qayd qilib o‘tishgan.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin