Jizzax davlat politexnika instituti


INFLYASIYA QUYIDAGILARDA NAMOYON BO‘LADI



Yüklə 3,61 Mb.
səhifə5/5
tarix09.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#153446
1   2   3   4   5
Makroiqtisodiy beqarorlik

INFLYASIYA QUYIDAGILARDA NAMOYON BO‘LADI
Inflyasiya beqarorlikning ko‘p qirrali shakli bo‘lganligi sababli, uni keltirib chiqaradigan sabablar ham har xil bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda narx o‘sishini keltirib chiqaradigan barcha omillar ham inflyasion hisoblanavermaydi.
Jumladan, kon’yukturaning siklli tebranishi, tabiiy ofatlar (suv toshqini, yong‘in, zilzila va h.k.) natijasida narx o‘sishini inflyasion deb hisoblash mumkin emas.
Inflyasiya yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanashi sababli, bu ko‘pchilik bozorlarda uzoq vaqt talab foydasiga muvazanatlik mavjud buzilishi tufayli vujudga keladigan narxlar umumiy darajasi o‘sishiga olib keluvchi omillardir. Bularning asosiylari quyidagilar:
1. Markaziy bankning pul emissiyasini asossiz ko‘paytirishi; 2. Davlat byudjeti xarajatlarining daromadlaridan oshib ketishini ifodalovchi uning taqchilligi; Agar bu taqchillik mamlakat markaziy banki qarzlari hisobiga moliyalashtirilsa bu muomaladagi pul massasi o‘sishiga olib keladi. Investitsiyalarni moliyalashtirish ham huddi shu usulda amalga oshirilsa narxlarning inflyasion o‘sishi ro‘y berishi mumkin.
INFLYASIYANING KELIB CHIQISH SABABLARI
3. Iqtisodiyotning harbiylashtirilishi;
Iqtisodiyotni harbiylashtirilish bilan bog‘liq investitsiyalar alohida inflyasion xavfli hisoblanadi. Milliy daromadni harbiy maqsadlarda ishlatilish nafaqat milliy boylik yo‘qotilishini bildiradi, balki harbiy sohaga qo‘yilgan mablag‘lar bir vaqtda qo‘shimcha to‘lovga layoqatli talabni vujudga keltirib, pul massasining tegishli tovarlar bilan qoplanmagan o‘sishiga olib keladi.
  • Bozorning holati, unda raqobat mexanizmining amal qilish darajasi; Hozirgi davrda bozor holati, uning tuzilishidagi o‘zgarishlar ko‘proq erkin raqobat sharoitlari buzilishini, oligopolistik tuzilmalar vujudga kelishini anglatadi.

  • Oligopolist ma’lum darajada narxlar ustidan hukmronlikka ega bo‘ladi. Tarmoqqa yangi ishlab chiqaruvchilar kirib kelishining cheklanishi uzoq vaqt yalpi talab va taklif mos kelmasligini ushlab turadi.
  • Davlatning oshirilgan soliq solishga qaratilgan siyosati;
  • Ishlab chiqarish xarajatlarining ortib borishi (mahsulot birligiga);
  • Talabning nisbatan ortiqchaligi va uning o‘sib borishi;
  • Iqtisodiyotning «ochiqligi» darajasi o‘sishi. Bu milliy iqtisodiyotning jahon xo‘dalik aloqalariga ko‘proq tortilishi orqali “import qilinadigan” inflyasiya xavfini kuchaytiradi.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin