Jizzax davlat politexnika instituti


INQIROZLARNING MAZMUNI VA TURLARI



Yüklə 3,61 Mb.
səhifə2/5
tarix09.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#153446
1   2   3   4   5
Makroiqtisodiy beqarorlik

INQIROZLARNING MAZMUNI VA TURLARI
Inqiroz bir siklni nihoyasiga etkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz ro‘y berganda asosiy kapitalning ortiqcha jamg‘arilishi uning hamma funksional shakllarida namoyon bo‘ladi.
Inqiroz paytida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar har doim pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlik o‘zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi. Shunga ko‘ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining keskin tushib ketishini bildiradi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to‘lovga qobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo‘ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to‘xtab qoladi, tovarlar taklifi kamayadi, ishlab chiqarishning o‘sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o‘sishi inflyasiya, ya’ni narxlar umumiy darajasining asossiz ravishda keskin ko‘tarilishi sababli orqaga ketadi. SHunday davrlar ham bo‘ladiki, bunda iqtisodiy o‘sish bandlik va ishlab chiqarishning past darajasiga o‘rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin ortadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyasiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi – takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakllarda namoyon bo‘ladi.

INQIROZNING TURLARI:


Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti taklifini qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foiz stavkasi tushib ketishi natijasida banklar sinib, bankrotlikka uchraydi. Valyuta inqirozi. Bunda banklarda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi keskin tushib ketadi. Birja inqirozi. Bu qimmatli qog‘ozlar kursining tezda keskin tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi natijasida fond birjalari faoliyatidagi chuqur tangligini ifodalaydi. Ekologik inqiroz. Atrof-muhitning keskin buzilishi natijasida eng avvalo kishilar sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajadagi vaziyatning vujudga kelishida ifodalanadi. Tarkibiy inqirozlar. Bu inqi-rozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. Tarkibiy inqirozlar milliy xo‘jalikning biron-bir tarmog‘ini qamrab olib, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgarishni taqozo qilsada, aks holda me’yoridagi xo‘jalik aloqalarining buzilishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin