Davriy ishsizlik. Davriy ishsizlik inqiroz davrida, ya’ni umumiy yoki qo‘shilgan xarajatlarning etishmovchiligi bilan tavsiflanadigan iqtisodiy sikl fazasida yuzaga keladi. Mahsulotlarga va xizmatlarga bo‘lgan umumiy talab kamayib ketganda bandlik qisqaradi, ishsizlik esa ko‘payadi. SHu sababli davriy ishsizlik ba’zan talabning tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan ishsizlik, deb nomlanadi. To‘liq bandlik ishsizlikning mutlaq yo‘qligini anglatmaydi. Iqtisodchilar friksion va tuzilmaviy ishsizlikni muqarrar deb biladilar; taalluqli ravishda, to‘liq bandlik ishchi kuchining 100%idan kamrog‘ini qamrab oluvchi bandlik sifatida ta’riflanadi. Aniqroq qilib aytganda, to‘liq bandlik sharoitida ishsizlik darajasi friksion va tuzilmaviy ishsizlik darajalarining umumiy yig‘indisiga teng.
INFLYASIYA, UNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA TURLARI Inflyasiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.
Inflyasiya (lotinchainflatio-shishirilgan) tushunchasi birinchi marta shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida ishlatilgan va muomaladagi qog‘oz pullarning ko‘payib ketishini anglatgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda “inflyasiya” tushunchasi XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng qo‘llanila boshlagan.
Inflyasiya- bu pul aylanish kanallarining ortiqcha pul massasi bilan to‘lib ketishi oqibatida narxlar o‘rtacha (umumiy) darajasining ko‘tarilib borishini va natijada milliy pul birligining qadrsizlanishi ya’ni uning sotib olish layoqati pasayishini anglatadi.
Inflyasiya narx darajasining barqaror o‘sishi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu barcha narxlarning bir vaqtda muqarrar o‘sib borishini bildirmaydi. Narxlar nomutanosib o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Biri sakrab o‘ssa, boshqasi ancha ma’yoriy sur’atda ortadi, uchinchisi umuman ko‘tarilmaydi.
Deflyasiya – inflyasiyaga qarama-qarshi jarayonni, ya’ni narxlarning umumiy darajasining pasayib borishini bildiradi.
tovar (xizmat)larning mavjud taklifiga nisbatan muomaladagi naqd pullar yoki moliyaviy aktivlar hajmining haddan tashqari ortib ketishida.
pulning sotib olish layoqatining pasayib borishida.
narxlarning uzoq muddatli umumiy o‘sishida.
Inflyasiya – bu pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir.
Muomalada bo‘lgan pul birligi miqdorining tovarlar narxi summasidan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo‘lishi pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyasiyani bildiradi.
Inflyasiya bozor xo‘jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir.
Qog‘oz pul tovarlarga, oltinga va o‘z qadrini, barqarorligini saqlab qolgan chet el valyutalariga nisbatan qadrsizlanadi.