Yechish. A nuqta koordinatalari ishoralariga asosan u I oktantda joylashgan (1-jadvalga qarang). Shuning uchun I oktantning proeksiyalar tekisliklarining fazoviy modelini va proeksiyalar o’qlari sistemasini chizamiz (2.34,a–rasm). Koordinata boshi O dan Ox o’qiga xA=50 mm, Oy o’qiga yA=30 mm va Oz o’qiga zA=60 mm o’lchab qo’yamiz va Ax , Ay va Az nuqtalarni belgilaymiz. A nuqtaning gorizontal A′ proeksiyasini yasash uchun Ax va Aynuqtalardan Ox va Oy o’qlarga perpendikulyarlar o’tkazamiz. Bu perpendikulyarlarning kesishish nuqtasi A nuqtaning gorizontal proeksiyasi A′ bo’ladi. Xuddi shuningdek, Ax va Az nuqtalardan Ox va Oz o’qlariga o’tkazilgan perpendikulyarlarning kesishish nuqtasi A″ uning frontal proeksiyasi Ay va Az nuqtalardan Oy va Oz o’qlarga o’tkazilgan. Perpendikulyarlarning kesishish nuqtasi A nuqtaning profil proeksiyasi A‴ bo’ladi. A nuqtaning fazodagi vaziyatini aniqlash uchun uning A′ , A″ va A‴ proeksiyalaridan H, V va W tekisliklariga perpendikulyarlar o’tkazamiz. Bu perpendikulyarlarning kesishish nuqtasi A nuqtaning fazodagi o’rni bo’ladi. Umuman, A nuqtaning har qanday ikki proeksiyasidan o’tkazilgan perpendikulyarlarning kesishish nuqtasi A nuqtaning fazoviy o’rnini aniqlaydi.
A nuqtaning chizmasini yasash uchun proeksiyalar o’qlari sistemasida (2.34,b–rasm) Ox o’qiga 40 mm, Oy o’qiga 30 mm va Oz o’qiga 60 mm o’lchamlarni qo’yamiz va Ax, Ay va Az nuqtalarga ega bo’lamiz. Bu nuqtalardan Ox, Oy va Oz proeksiyalar o’qlariga o’tkazilgan perpendikulyarlarning kesishish nuqtalari A nuqtaning A′ , A″ va A‴ proeksiyalarini beradi, ya’ni A(A′, A″, A‴).
a) b)
2.34–rasm.
2–masala. B(60, –40, 70) nuqtaning berilgan koordinatalari bo’yicha fazoviy vaziyati va chizmasi yasalsin.