Moliyaviy budjet – kapital quyilmalar budjetini, pul mablag‘lari budjetini va bashorat qilinadigan balansni o‘zida mujassamlashtirgan bosh budjetning bir qismi.
Muqobillashtirish (optimallashtirish) – topshirilgan chegaraga to‘g‘ri keladigan muqobillikni topish jarayoni.
Muqobil standartlar – iqtisodiy jarayonni amalga oshirish davridagi o‘rtacha bahodan kelib chiqqan holda hisoblangan standartlar.
Mutanosib xarajatlar – o‘zgaruvchan xarajatlarning bir turi. Bir necha mahsulot yoki ishlarning turlariga ta’lluqli va subektning ishbilarmonlik faolligi o‘zgarsa o‘zgarib turadigan xarajatlar.
375
Muhofaza muddatini uzaytirish – birlik mahsulot uchun zarur bo‘lgan TMZ o‘zgarish koeffitsentini qoplash uchun zarur bo‘lgan muddat.
Nazorat - hisob nuqtasi – o‘zi ishlab chiqargan yarimfabrikatlarning nazoratini amalga oshirish va hisob yuritish bo‘yicha tugallanmagan mahsulotning joyini aniqlash.
Progressiv xarajatlar – subektning ishbilarmonlik faoliyatiga nisbatan tezroq o‘sadigan xarajatlar.
Relevant xarajatlar – muqobil boshqaruv qarorini qabul qilishni tanlashda etiborga olinadigan xarajatlar. Zaxiralarni saqlash va buyurtmalarni bajarish bilan bog‘liq kelgusidagi xarajatlar.
Samarali xarajatlar – tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlardan olingan mahsulotlarni sotish natijasida daromad (foyda) keltiradigan xarajatlar.
Samarasiz xarajatlar – ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lmagan ya’ni ularning ta’sirida mahsulot ishlab chiqarmagan xarajatlar.
SBB (Strategik biznes-birlik – Strategic Business Unit) – xo‘jalik
yurituvchi subektning tashkiliy tarkibini mukammallashtirishga imkoniyat yaratadigan konsepsiya. Bir biznes birligi uchun mustaqil strategiyani ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Dostları ilə paylaş: |