D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


Er solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə82/116
tarix02.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#122565
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

Er solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi. O‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar er solig‘i to‘lovchilaridir.

YUridik shaxslar uchun quyidagi er uchastkalari soliq solinadigan ob’ekt hisoblanadi:


1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan er uchastqalari;





  1. qishloq yoki o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga berilgan er uchastkalari;




  1. korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yoqi qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilgan er uchastqalari;




  1. korxonalar, binolar yoki inshootlarga bo‘lgan mulk xuquqi o‘tishi bilan birga egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tganer uchastkalari.

Er solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va Davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan umumiy tartibda soliq to‘lovchilarga etkaziladi.


Er solig‘ini hisoblash er uchastkasining haqiqiy maydoni asosida amalga oshiriladi.


Hisoblangan summa quyidagi yozuv bilan ifodalanadi:


D-t 9430-"Boshqa operatsion xarajatlar"


K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik"


Ushbu soliq byudjetga to‘langanda quyidagicha provodka beriladi:


319
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik"


K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti"




Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soliq hisobi.

YUridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy investitsiyali yuridik shaxslar ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi.


Soliq solish ob’ekti bo‘lib "Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot"ning 2-son shakli 270-satrida "Soliq solinadigan foyda" qiymatidan foyda solig‘i ayrilgan summasi hisoblanadi. Soliqning eng yuqori stavkasi soliqqa tortish ob’ektining 8%i miqdorida belgilangan. Mahalliy hokimiyat idoralari soliqni past stavkalar bo‘yicha to‘lashi mumkin.


Balansida ijgimoiy infratuzilma ob’ektlari bo‘lgan soliq to‘lovchilar byudjetga to‘lanadigan soliq summasini quyidagi tartibda aniqlaydi:


agar ijgimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasiga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, soliq to‘lanmaydi;


agar ijgimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam bo‘lsa, byudjetga to‘lanadigan soliq hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan haqiqatda sarflangan xarajatlar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.


Belgilangan tartibda hisoblangan soliq quyidagicha o‘tkazma bilan aks etgiriladi:


Debet 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha


xarajatlar»


Kredit 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)».


Soliqni byudjetta o‘tkazishda qilinadigan yozuv:


Debet 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha karz (turlari bo‘yicha)» Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti».





Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin