Trendli tahlil – bir necha hisobot davrlari ichidagi o‘zgarishlarning harakatini o‘rganish.
Umumlashtirilgan moliyaviy smeta (budjet) – daromadlar va sarflar yig‘ilgan shaklda keltirilgan naqd pul mablag‘larining harakati hisoblangan va balansi aks ettirilgan yig‘ma hujjat.
Umumlashtirilgan smeta – foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotning loyihasi.
Xarajatning bahosi – ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga asoslangan baho. Ushbu baho rentabellik bo‘sag‘asini o‘rnatish uchun qo‘llaniladi.
Xarajatlarni baholash usuli – xarajatlarning tarkibi “har xil maqsadlar uchun har xil tannarx“ shartida aniqlash usuli. YA’ni, muqobil xarajatlar, meyoriy xarajatlar va qisman xarajatlarning hajmiga asosan hisoblangan to‘liq tannarx.
Hisoblangan bosqich – TMZ olish uchun kutilayotgan vaqtning oralig‘i. Hisoblangan koeffitsient – TMZ qo‘yilgan kapital summasining o‘zgarishi
natijasida har yillik zaxiralarga sarflanadigan xarajatlarning summasini baholash maqsadida guruhning tejamli hajmini hisoblash va muhofaza zaxirasining muqobil
377
o‘sishini ta’minlash uchun foydalaniladigan formula natijasida aniqlangan ko‘rsatkich.