D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma


Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə35/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning


buxgalteriya hisobi
Ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subektlarda asosiy vositalarning qiymati odatda ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yo‘li bilan qoplanadi. Asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati uning butun foydali xizmat muddati mobaynida xo‘jalik yurituvchi subektning xarajatlariga amortizaiion ajratmalar ko‘rinishida muntazam taqsimlanadi. Bu erda amortizatsiyalanadigan qiymat deyilganda aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan qolgan summasi tushuniladi.
5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini(eskiish qiymati) uning tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam ravishda taqsimlanadigan eskirishning qiymat ko‘rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. SHuni nazarda tutish kerakki, asosiy vositalar obekti bo‘yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu obektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘la qoplanguncha yoki u balansdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalarning obektlari bo‘yicha eskirish hisoblanishi mazkur obekt qabul qilingan oydan keyingi birinchi oydan boshlanadigan bo‘lsa, unga mos ravishda mazkur obekt



15 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1334-2-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom". 2015 yil 7-iyul
bo‘yicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to‘liq qoplangan yoki u balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to‘xtatiladi.
Asosiy vositalar obektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya hisoblanishi to‘xtatilmaydi, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ularni konservatsiyaga o‘tkazish hollaridan hamda obektning foydalanishi to‘liq to‘xtatilgan sharoitda ularning qo‘shimcha qurilishi, qo‘shimcha jihozlanishi, rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi davridan tashqari.
Asosiy vositalar obektlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishi, korxonaning hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qat’iy nazar, amalga oshiriladi va u mos holatda hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obektlari bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi buxgalteriya hisobida tegishli summalarni to‘plash yo‘li bilan asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks ettiriladi.16 Xo‘jalik yurituvchi subektlarning buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obektlari bo‘yicha eskirish hisoblanishi quyidagi tarzda aks ettiriladi:

  1. ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasini hisoblash va xarajatlarni mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.

  2. yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 2310 - «YOrdamchi ishlab chiqarish" schyoti yoki 2710 - «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyoti, K-t 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.

v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan, ma’muriy maqsadda, madaniy-marifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda



16 21-sonli BHMS "Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma".
ishlatilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 9400 «Davr xarajatlari» schyoti, Kt 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti.
Korxonaning mulki hisoblangan yoki uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0211 "Erni obodonlashtirishning eskirishi";
0212 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi";
0220 "Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi"; 0230 "Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi";
0240 "Mebel va ofis jihozlarining eskirishi";
0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi"; 0260 "Transport vositalarining eskirishi";
0270 "Ishchi hayvonlarning eskirishi";
0280 "Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi"; 0290 "Boshqa asosiy vositalarning eskirishi";
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi".
Analitik hisobning tashkil qilinishi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Asosiy vositalarning eskirishini hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10 oktyabrda 114-son bilan tasdiqlangan (5-BHMS) "Asosiy vositalar" Buxgalteriya hisobining milliy standartida (20.01.2004 y. 1299-sonli ro‘y., "O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2004 y., 3-son, 35-modda) belgilangan me’yor va usullar asosida amalga oshiriladi.
Quyidagi asosiy vositalarga eskiish hisoblanmaydi:

  1. mahsuldor hayvonlarga;

  2. kutubxona fondlariga;

v) hokimiyat qaramog‘idagi obodonlashtirish inshootlariga;
g) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan fondlarga; (O‘zR AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MV Buyrug‘i taxriridagi kichik band)

  1. muzey qiymatliklariga;

  2. san’at va arxitektura yodgorliklariga;

j) umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan avtomobil yo‘llariga;
z) to‘liq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga.
0211-0290 schyotlarda mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi" schyotida uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi xususiy asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga olinadi.
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda olib boriladi.
Ijaraga beruvchi korxonalar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyotining debetida aks ettiradilar.
Korxona mulki bo‘lgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki buzilish natijasida hisobdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) debetidan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning bog‘lanishi(5.2.jadval)
5.2.jadval

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin