D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə22/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Solishtiruvchi (taqqoslovchi) schyotlar. Solishtiruvchi schyotlar xo‘jalik jarayonida olingan moliyaviy natijalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. Bu natijalar
ushbu jarayonni tavsiflovchi ikki har xil oborot (oborot)larni solishtirish yo‘li bilan topiladi. SHundan kelib chiqqan holda, xo‘jalik jarayonlarining moliyaviy natijalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan schyotlar solishtiruvchi schyotlar deb nomlanadi. Bu schyotlardaga oborotlarni solishtirish, ularning birini - debetda, boshqasini esa - kreditda aks ettirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Debet bilan kredit o‘rtasidagi farq qidirilayotgan natijani anglatadi, bunda aks ettirilayotgan operatsiyalarning xususiyatiga qarab, farq debetida yoki kreditida bo‘lishi mumkin.
Solishtiruvchi schyotlarning tuzilishini «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti misolida ko‘rib chiqamiz.
Foydalar «YAkuniy moliyavny natija» schyotining kreditida doromadlar yoki foyda, xarajatlar yoki zararlar esa - debetida yig‘ilib boriladi. Korxonalar ishining pirovard moliyaviy natijalari debet bilan kreditni solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Agar korxonaning yalpi foyda summasini ko‘rsatuvchi kredit oborot ushbu korxonalar tomonidan qilingan yalpi xarajatlar (debet oborot) summasidan ko‘p bo‘lsa, unda debet bilan kredit o‘rtasidagi farq korxonalar tomonidan olingan foydani anglatadi. Agar kredit oborot debet oborotdan kam bo‘lsa, o‘rtasidagi farq korxonalar tomonidan ko‘rilgan zararni ko‘rsatgan bo‘ladi.

Solishtiruvchi schyotlarning chizmasi





D-t

K-t

Oborot - mazkur operatsiyalar bo‘yicha har ikki solishtiruvchi summalardan biri (korxonvalariniig yalpi zarari, sotilgan resurslar tannarxi va hokazo)

Oborot - mazkur operatsiyalar bo‘yicha har
ikkala solishtiruvchi summalardan (ikkinchisi (korxonvalarining foydasi, sotilgan resurslarning sotilish qiymati va
hokazo)

Taqqoslovchi schyotlar tarkibiga 9910 «YAkuniy moliyaviy natijalar» schyotidan tashqari 9210 «Asosiy vositalarning tugatilishi» va 9220 «Boshqa aktivlarning tugatilishi» schyotlarini ham kiritish mumkin. Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning tugatish jarayoni nixoyasiga etgandan so‘ng bu schyotlarning debet va kredit oborot summalari o‘zaro solishtirilib moliyaviy natija aniqlanadi. SHuning uchun ham bu schyotlarni taqqoslovchi schyotlar deyish mumkin. Lekin
yangi schyotlar rejasida bu schyotlarni tranzit schyotlar tarkibiga qo‘shilib, taqqoslovchi schyotlar maqomi berilgan.



    1. Yüklə 0,62 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin