D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə24/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

2018 yil 1 fevraliga bo‘lgan


Balans (m.s.)

Aktiv

Summa

Passiv

Summa

  1. Asosiy vositalar

  2. Materiallar

  3. Hisob-kitob schyoti

2 000 000
400 000
100 000

  1. Ustav kapitali (fondi)

  2. Foyda

  3. Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar

2 300 000
60 000

140 000



Jami

2 500 000

Jami

2 500 000

«Materiallar» va «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»i bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar:
Material turlari:
A 3000 t. 1 t. ning bahosi 1000 so‘m - 3 000 000 so‘m
B 5000 kg, 1 kg. ning bahosi 200 so‘m - 1 000 000 so‘m
Jami - 4 000 000 so‘m Korxonalarning mol etkazib beruvchilarga qarzi:
“Agromash” O.A.J.iga - 5 000 000 so‘m
«ta’minotchi» A.J.ga - 900 000 so‘m
Jami - 5 900 000 so‘m
Analitik hisob uchun faqat ikki modda bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanamiz. Korxonalarning fevral oyidagi operatsiyalarini ko‘rib chiqamiz.
Birinchi operatsiya. «Agromash» O.A.J.idan quyidagi materiallar olingan: A 1500 t., 1 t. ning bahosi 1000 so‘m - 1 500 000 so‘m
B 2500 dona, 1 donasining bahosi 200 so‘ - 500 000 so‘m
Jami - 2 000 000 so‘m Kelib tushgan materiallar uchun hali hisob-kitob qilinmagan.
Ikkinchi operatsiya. Faoliyatni amalga oshirish uchun materiallar sarflangan: A 2000 t., 1 t.ning bahosi 1000 so‘ - 2 000 000 so‘m
B 3000 kg., 1kg.ning bahosi 200 so‘m - 600 000 so‘m
Jami - 2 600 000 so‘m Uchinchi operatsiya.
Korxonalar xodimlariga ish xaqi hisoblangan – 3 500 000 so‘m.
To‘rtinchi operatsiya. Maqsadli moliyalash uchun bosh korxonalardan mablag‘lar olingan 9 500 000 so‘m ($1200*7800)
Beshinchi operatsiya. Valyuta O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘mga konvertatsiya qilinib va hisob - kitob schyotiga yozilgan- 9 500 000 so‘m.
Oltinchi operatsiya. Mol etkazib beruvchilarga qarzni uzish uchun hisob-kitob schyotidan pul o‘tkazilgan.

  1. «Agromash» O.A.J. ga - 1 500 000 so‘m

  2. «ta’minotchi» A.J.ga - 900 000 so‘m Jami - 2 400 000 so‘m

Ettinchi operatsiya. Asosiy vosita xarid qilindi va puli to‘landi - 1700000 so‘m Sakkizinchi operatsiya. Dalolatnoma bo‘yicha asosiy vosita foydalanishga topshirilgan - 1 700 000 so‘m
To‘qqizinchi operatsiya. Kreditorlarning ko‘rsatgan xizmatlari uchun pul to‘lash hisoblangan - 75 000 so‘m
O‘ninchi operatsiya. Har xil kreditorlarga hisob – kitob schyotidan o‘tkazilgan
- 75 000 so‘m
O‘n birinchi operatsiya. Maqsadli moliyalash hisobidan bajarilgan ishlar aks ettirilgan - 6 175 000 so‘m
Keltirilgan operatsiyalarni hisobda aks ettirish uchun eng avval buxgalteriya yozuvlari (o‘tkazmalar)ni tuzib chiqamiz.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin