olishningvazifalari Bozor munosabatlari sharoitida xomashyolar, materiallar va yoqilg‘ilar xarajatlari salmog‘ini kamaytirishga o‘xshagan sifat ko‘rsatkichlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga ilg‘or konstruktiv materiallardan, metall upalari va plastmassalardan, qimmat turadigan materiallar o‘rniga mahsulot sifatini pasaytirmaydigan, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytiradigan arzon materiallardan foydalanish yo‘li bilan erishiladi.
Tabiat resurslaridan kompleks foydalanish zarur, yo‘qotishlar va noratsional sarflarga barham berish zarur, xo‘jalik aylanmasiga ikkilamchi resurslarni, shuningdek yo‘l - yo‘lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak.
Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Ularni xo‘jalik yurituvchi subektlarda materiallardan foydalanish usuli va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishiga qarab turkumlarga ajratish mumkin (4.1- chizmaga qarang).
Sanoat korxonalarida, bundan tashqari, materiallar texnik xususiyatlariga qarab qora metallar, prokat, trubalar, rangli metallar, ximikatlar va xakozalarga bo‘linadi.
Xom ashyoga ta’sir etish uchun foydalaniladigan va mahsulot istemoli xususiyatini berishda ishlatiladigan buyumlardir (mashinasozlikda qora
metallar, yog‘ochsozlik sanoatida yog‘och)
3
Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar
Ma’lum darajada ishlab chiqarish jararayonidan o‘tgan, biroq pirovard mahsulot darajasiga etkazilmagan mahsulotlar (stanoksozlikda motorlar,
avtomobilsozlikda shinalar)
4
YOrdamchi materiallar
YAratilgan mahsulotni yaratishda mehnat vositalari va ularning tashqi ko‘rinishini yaxshilash uchun sarflanadi (moylash materiallari, bo‘yoq, lak, artish
materiallari va x. k.)
5
CHiqindilar
Mahsulot ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan qo‘shimcha materiallar (qirindilar, qipiqlar, truba
kesiklari va x. k.)
6
Idishlar
Mahsulotlarni o‘rash, joylashtirish, tashish va saqlashda ishlatiladigan buyumlar (yog‘och, karton
va metall idishlari)
7
Ehtiyot qismlar
Asosiy vositalarning quvvatini oshirishda foydalaniladigan buyumlar (ta’mirlash uchun
mashina va asbob-uskunalarning ayrim detallari)
8
Inventar va xo‘jalik jihozlari
Korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik buyumlari (otvertkalar, iskana, xo‘jalik inventarlari,
maxsus qiyimlar va x. k.).
9
Boshqa materiallar
YUqoridagi guruhlarga kirmaydigan boshqa
materiallar (tuzatilmaydigan braklar, metallom)