D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə47/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Misol. Korxonada oy mobaynida quyidagi materiallar partiyasi sotib olngan:


Sotib olingan sana

Miqdori
(dona)

Narxi
(so‘m)

Qiymati
(m.so‘m)

15.03.15

1000

600

600.0

20.03.15

1700

800

1360.0

25.03.15

1500

900

1350.0

Jami

4200




3310.0

Xo‘jalikda oy mobaynida 2800 dona material sarflandi va omborda 1400 dona material qoldi. Ushbu materiallarning sarflanishini uch xil usulda hisoblab chiqamiz.


O‘rtacha tortilgan (AVEKO) usulida bir xildagi har bir sarflangan materiallar birligining qiymati davr boshiga qolgan va shu davr ichida sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlarning o‘rtacha tortilgan qiymatida aniqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi subektdagi vaziyatga qarab o‘rtachasi davr oxirida yoki har bir qo‘shimcha qabul qilingani bo‘yicha hisoblab topiladi.
Hozirgi kundagi pulning qadrsizlanish davrida reja baholarini qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Bunday vaqtda FIFO va AVEKO usullarini qo‘llash ma’qul.
AVEKO usulida materiallarni baholash tartibi



Material sarfi

Miqdori

Narxi (so‘m)

Qiymati
(m.so‘m)

1-partiya

1000

600

600.0

2-partiya

1700

800

1360.0

3-partiya

100

900

900.0

Jami sarflangan material

2800

788.1

2207.0

Ombordagi qoldiq

1400

788.1

1103.0

Bugungi kunda materiallarni ishlab chiqarishga hisobdan chiqarishda 4- BHMSning 17 –bandiga muvofiq FIFO usulini qo‘llashni tavsiya qilinadi. Bu usulda birinchi navbatda sotib olingan tovar-material zaxiralar birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi va demak davr oxiriga qolgan tovar- material zaxiralari – bu oxirgi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir.
FIFO usulida materiallarni baholash tartibi



Material sarfi

Miqdori

Narxi (so‘m)

Qiymati
(m.so‘m)

1-partiya

1000

600

600.0

2-partiya

1700

800

1360.0

3-partiya

100

900

900.0

Jami sarflangan material

2800




2860.0

Ombordagi qoldiq

1400

900

1260.0

Xalqaro andazalar tomonidan TMZni hisobga olish va baholashda LIFO usulidan foydalanishga ruxsat berilgan. Bu usulda oxirgi navbatda sotib olingan tovar – material zaxiralar (TMZ) birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi, demak davr oxiriga qolgan tovar – material zaxiralari birinchi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir.
SHunday qilib, xo‘jalik yurituvchi subektlarda materiallarni ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarish va materiallarni baholash usuli ularning hisob siyosatida o‘z aksini topmog‘i lozim.
LIFO usulida materiallarni baholash tartibi



Material sarfi

Miqdori

Narxi (so‘m)

Qiymati (m.so‘m)

1-partiya

1500

900

1350.0

2-partiya

1300

800

1040.0

3-partiya

-

-

-

Jami sarflangan material

2800




2390.0

Ombordagi qoldiq

400
1000

800
600

320.0
600.0

Jami qoldiq

1400




920.0



    1. Tovar moddiy zaxiralarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik hisobini tashkil etish


Materiallar harakatining hisobi materiallarning hisobi bo‘yicha asosiy nizom talablariga javob beradigan va axborotlarni avtomatlashtirishga moslashgan tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. YOziladigan hujjatlarning nusxalar soni va ularning hujjat aylanishi korxonaning xarakteriga, ishlab chiqarishni tashkil etish xususiyatlariga, moddiy – texnik ta’minotiga va hisobni tashkil etish tizimiga qarab belgilanadi. YOziladigan hujjatlarning nusxalar soni minimal bo‘lib, EHMdan foydalanilsa bir nusxa, hisob qo‘lda yuritilsa – ikki nusxadan oshmasligi kerak.
Odatda materiallarni omborga ekspeditor olib keladi va unga korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan, muhrlangan (M-2-shakl va M-2a-shakl) ishonchnoma yozib beriladi hamda (M-2b-shakl) maxsus daftarga qayd qilinadi. Materiallarni o‘z vaqtida kelib tushishi ustidan nazoratni marketing bo‘limi olib boradi. Marketing bo‘limi mol yuboruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilib boradi, materiallarning sifati va kamomadi bo‘yicha da’volarni rasmiylashtiradi, agar yuklar o‘z vaqtida kelib tushmasa ularni qidirib topadi.
Transport tashkilotlaridan yuklarni qabul qilib olishda ekspeditor idishlar, plombalar holatiga alohida etibor berishi kerak. Agar ular shikastlangan bo‘lsa, yuklarni tekshirish va topshirishni talab qiladi. Basharti kamomad yoki
nobudgarchilik aniqlansa, transport tashkilotiga yoki mol yuboruvchiga da’vo qilish uchun tijorat dalolatnomasi tuziladi.
Ekspeditor tomonidan materiallar omborga topshirilishda moddiy javobgar shaxs kelib tushgan materiallarning soni, sifati va assortimentini mol yuboruvchining hujjatlarini solishtirib ko‘radi. Haqiqiy kelib tushgan materiallarning miqdori mol yuboruvchilarning hujjatlarida ko‘rsatilganiga to‘liq mos kelsa, moddiy javobgar shaxs tomonidan kirim orderi (M-4 shaklidagi kirim orderi) yoziladi.
Dastlabki hujjatlar miqdorini kamaytirish maqsadida kelib tushgan materiallarni kirimga olishda kirim orderi yozilmasdan, mol yuboruvchining hujjatlariga (nakladnoylariga) kirim orderining asosiy rekvizitlari ko‘rsatilgan mahsus shtampa qo‘yib, uni to‘ldiradi.
Agar materiallar mol yuboruvchining omboridan avtotransport bilan markazlashgan holda olib kelinsa, to‘rt nusxada tovar-transport nakladnoyi (M-5 - shakl va M-6- shakl) tuziladi: mol xarid qiluvchiga – kirim orderini o‘rniga materiallarni kirimga olish uchun; mol yuboruvchiga – material qiymatliklarini hisobdan chiqarish uchun; avtotransport xaydovchilariga ish haqi hisoblash uchun; bankka topshirish uchun.
To‘lov hujjatlarisiz kelib tushgan materiallarni mol yuboruvchining hujjatlari bilan solishtirgan vaqtda aniqlangan (son, sifat) tafovutlarni rasmiylashtirishda materiallarni qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma (M-7-shakl) tuziladi. Dalolatnoma qabul komissiyasi tomonidan tuzilib, unda quyidagilar qatnashishi shart: mol yuboruvchining vakili yoki betaraf tashkilotning vakili, ombor mudiri va korxonaning ta’minot bo‘limi vakili. Komissiyani korxona rahbari tayinlaydi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi: birinchisi – kam yoki ortiqcha chiqqan materiallar summasini schyotlarda aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi; ikkinchisi – da’vo rasmiylashtirish, ortiqcha chiqqan materiallar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lov talabnomasi yuborish to‘g‘risida mol yuboruvchilarga xabar berish uchun marketing bo‘limiga topshiriladi. Dalolatnoma tuzilgan bo‘lsa kirim orderini tuzish shart emas. Kirim orderlari materiallar kelib tushgan kuni tuziladi.
Ombordan omborga materiallarni topshirishda yoki foydalanilmay qolgan materiallarni yoki ishlab chiqarishning qimmatli chiqindilarini, yaroqsiz mahsulot chiqindilarini, asosiy vositalar, inventar va xo‘jalik jihozlarini tugatishdan olingan material qiymatliklarini sexlar tomonidan omborga topshirishda nakladnoy- talabnomalar (M-11-shakl) tuziladi. Materiallarni topshiruvchi moddiy javobgar shaxslar nakladnoylarni ikki nusxada tuzadi: bittasi - materiallarni hisobdan chiqarish uchun sexga beriladi, ikkinchisi – materiallarni qabul qilib olish uchun omborchiga beriladi.
Materiallarni ishlab chiqarishga jo‘natish, xo‘jalik extiyojiga ishlatish, xo‘jalik faoliyatida ishlatilmaydigan ortiqcha materiallarni chetga sotish muomalalari limit-zabor kartalar, to‘lov nakladnoylari bilan rasmiylashtiriladi.
Limit-zabor kartasi (M-8-shakl va M-9-shakl) marketing bo‘limi tomonidan ma’lum bir ishlab chiqarish xarajatlari kodi (buyurtmasi)ga o‘tkaziladigan bir yoki bir necha materiallar turlari bo‘yicha yoziladi. Sex tomonidan ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun zarur bo‘ladigan materiallarning hajmi va turlari korxonaning reja-ishlab chiqarish bo‘limi tomonidan hisoblab chiqiladi. Materiallarni sarflash va jo‘natish limiti materiallarning mazkur turi bo‘yicha sex omborida oy boshiga qolgan qoldiq miqdoriga kamaytiriladi.
Limit - zabor karta ikki nusxada yozilib, bittasi sexga, ikkinchisi omborga beriladi. Materiallarni ombordan jo‘natishda omborchi sexning limit-zabor kartasiga, material oluvchi ombordagi limit-zabor kartaga imzo qo‘yadi. Ikkala limit-zabor kartasida har gal materiallar olingandan so‘ng foydalanilmagan limit summasi chiqarib qo‘yiladi. Limitdan foydalanilganda oy oxirida limit-zabor kartalar korxona buxgalteriyasiga topshiriladi. Ularga asosan materiallarni ishlab chiqarishga sarflash hisobi rasmiylashtiriladi va belgilangan limitga rioya qilish ustidan nazorat qilinadi.
Limit - zabor kartasiga binoan ishlab chiqarishda foydalanilmagan materiallar hisobi ham yuritiladi. Bunda hech qanday qo‘shimcha hujjat tuzilmaydi. Limit - zabor kartalar sonini kamaytirish maqsadida oylik qirqib olinadigan talonlari bo‘lgan choraklik limit-zabor kartalaridan ham foydalanish mumkin. Agar limit-
zabor kartalar materiallar doim uzluksiz jo‘natiladigan hollarda foydalanilsa, xo‘jalik va boshqa extiyojlari uchun bir yo‘la materiallar jo‘natilganda M-10 shakldagi akt-talabnoma qo‘llaniladi. Akt-talabnoma materiallarni istemol qiluvchi bo‘limlar tomonidan ikki nusxada yozilib, bittasi omborchining imzosi qo‘yilib, material oluvchiga beriladi, ikkinchisi mol oluvchining imzosi qo‘yilib omborchida qoladi.
Ishlab chiqarishga barcha limitdan ortiqcha jo‘natiladigan materiallar uchun yoki materiallarni almashtirish uchun sababini va ortiqcha sarf aybdorlari kodini ko‘rsatib maxsus talabnoma yoziladi. Bunday hollarda materiallar ombordan korxona direktori, bosh muhandisi, yoki ular tomonidan tayinlangan shaxslarning ruxsati bilan jo‘natiladi.
Materiallar chetga yoki korxona hududidan tashqarida joylashgan o‘zining xo‘jaliklari uchun jo‘natilganda nakladnoylar (M-11-shakl) qo‘llaniladi. Ular ta’minot bo‘limi tomonidan naryadlar va shartnomalarga asosan uch nusxada yoziladi. Materiallar chetga avtotransportda jo‘natilsa, tovar – transport nakladnoyi yoziladi.
Materiallarning tayinlanishi va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishini turkumlash korxona buxgalteriyasi tomonidan ularning sintetik hisobini to‘g‘ri tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Materiallarning har bir guruhi tegishli schyotlarda hisobga olinadi. Bu 1000- «Materiallar» sintetik schyot bo‘yicha ochilgan ikkinchi tartibli schyotlarda ularning analitik hisob ma’lumotlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar hisobga olinadi.
«Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar» - 002, «Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar» esa – 003 balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadi.
Material qiymatliklar pul o‘lchovida hisobga olinib, 19-sonli BHMSga muvofiq saqlash joylari bo‘yicha davriy inventarizatsiya o‘tkaziladi. Materiallarning qoldig‘i va kirimi schyotning debetida haqiqiy tannarx summasida, sarflanishi – FIFO va AVEKO usullarida haqiqiy tannarx summasida aks ettiriladi. Material qiymatliklar hisobdor shaxslardan, o‘zining ehtiyoji uchun
yordamchi ishlab chiqarishlardan tushishi mumkin. Bundan tashqari, sexlar tomonidan tejalgan xomashyo, materiallar, ishlab chiqarish chiqindilari, yaroqsiz mahsulotdan, asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan olingan materiallar omborga qabul qilinadi.
Materiallarning sarflanishi bo‘yicha tuzilgan barcha dastlabki hujjatlar sintetik schyotlar, foydalanish joylari va xarajatlarning yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlanadi. Materiallar harakatining hisobi oy davomida yagona hisob bahosida yuritiladi, oy tugagach foizi va transport-tayyorlov xarajatlari yoki farqi hisoblab chiqilgandan so‘ng haqiqiy tannarxda hisobga olinadi. SHunday qilib, qabul qilingan materiallarning haqiqiy tannarxini tashkil etuvchi ma’lumotlar buxgalteriya hisobining turli jurnal-orderlarida (1, 3, 6, 7, 10/1, 13) aks ettiriladi, bosh daftarda esa jamlanadi. Foydalanilgan va chetga jo‘natilgan materiallarning haqiqiy tannarxi 10 va 10/1 jurnal-orderlarida va bosh daftarda aks ettiriladi.
Materiallar harakati hisobini boshqa variantini qo‘llasa ham bo‘ladi. Bunda materiallarni sotib olish va tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar 1510
- «Materiallar tayyorlash va sotib olish» schyotida hisobga olinadi. Bu schyotning debetida materiallarni sotib olish qiymati, tayyorlash va materiallarni korxonaga etkazib kelish xarajatlari D-t 1510, K-t 2310, 6010, 4200, 4800 schyotlarda hisobga olinadi.. Haqiqiy qabul qilingan materiallarning hisob qiymatiga D-t 1000 schyotning tegishli schyoti, K-t 1510 schyot. Bunda sotib olingan va tayyorlangan materiallarning haqiqiy tannarxi bilan qabul qilingan materiallarning hisob bahosi (reja, shartnoma tannarxi, o‘rtacha sotib olish qiymati va b.) orasidagi farqi 1610 -
«Materiallar qiymatidagi farqlar» schyotida hisobga olinadi. 1610 - schyotning debetida yig‘ilgan farqlar summasi belgilangan tartibda ishlab chiqarish schyotlarining debetiga hisob bahosida yozilgan materiallar qiymatiga mutanosib o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi: D-t 2010,2310,2510 schyotlar, K-t 1610 schyot.
Materiallar qabul qilinganda va ularni sotib olish bo‘yicha xarajatlar sodir bo‘lganda buxgalteriya hisobida tegishli yozuvi bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonaga tegishli bo‘lgan xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar, detallar, idishbob materiallar, inventarlar, xo‘jalik jihozlari va sh.k. qiymatliklarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
1010 "Xom-ashyo va materiallar";
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar"; 1030 "YOqilg‘ilar";
1040 "Ehtiyot qismlar";
1050 "Qurilish materiallari";
1060 "Idish va idishbob materiallar";
1070 "CHetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar"; 1080 "Inventar va xo‘jalik jihozlari";
1090 "Boshqa materiallar".
1010 "Xom ashyo va materiallar" schyotida quyidagilarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi:

  1. ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tarkibiga kiradigan, uning asosini tashkil etadigan yoki uni tayyorlashda (ishlab chiqarishda) zarur tarkibiy qismlar hisoblaniladigan xom-ashyo va asosiy materiallar;

  2. mahsulot ishlab chiqarishda yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan, texnik maqsadlar va ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashishda ishtirok etadigan yordamchi materiallar;

v) qayta ishlash uchun tayyorlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va h.k.;
g) em-xashak va to‘shamalar. O‘zida ishlab chiqarilgan em-xashak va to‘shamalar yil oxirida haqiqiy tannarxiga to‘g‘rilash bilan yil davomida reja tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi.
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar" schyotida yig‘ishda va qayta ishlov berishda xarajat talab qiladigan ishlab chiqarilayotgan (qurilish) mahsulotni butlash uchun ishlab chiqarish kooperatsiyasi tartibida xarid qilingan, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor butlovchi
buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik tashkilotlari tomonidan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik mavzulari bo‘yicha ilmiy va eksperimental ishlarni o‘tkazish uchun chetdan sotib olinadigan butlovchi buyumlarni, maxsus uskunalarni, asboblarni, moslamalarni va boshqa qiymatliklarni 1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar" schyotida hisobga olinadi.
1030 "YOqilg‘ilar" schyotida neft mahsulotlari, yoqilg‘i-moylash materiallari (YOMM) (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg‘isi, yog‘ va hokazolar), qattiq yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va hokazolar) va gazsimon yoqilg‘i (gaz, gazolin) shuningdek, ishlab chiqarish chiqindilari va qattiq yoqilg‘i sifatida ishlatiladigan ikkilamchi material qiymatliklarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. YOqilg‘i-moylash materiallari (YOMM) uchun talonlardan foydalanilganda ham ularning hisobi 1030 "YOqilg‘ilar" schyotida yuritiladi.
1040 "Ehtiyot qismlar" schyotida mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalarni ta’mirlash va eskirgan qismini almashtirish uchun mo‘ljallangan asosiy faoliyat uchun xarid qilingan yoki tayyorlangan, ehtiyot qismlarning mavjudligi va harakati, hamda zahiradagi avtomobil shinalari hisobga olinadi. SHu erda ta’mirlash zavodlarida va texnik servis punktlarida korxonaning ta’mirlash bo‘limlarida qilingan (yaratilgan) agregatlar, dvigatellar, uskunalar, to‘liq komplektli mashinalarning almashish fondi harakati ham hisobga olinadi.
1050 "Qurilish materiallari" schyotida qurilish konstruksiyalari va detallari, bino va inshootlarning qismlari, konstruksiya va detallarini qurish va pardoz qilish, qurilish detallarini tayyorlash qurilish va montaj ishlarida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatiladigan shuningdek, boshqa ehtiyojlar uchun chetdan sotib olingan va o‘zida ishlab chiqilgan qurilish materiallarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
1060 "Idish va idishbob materiallar" schyotida idishlarning barcha turlari (xo‘jalik inventari sifatida foydalaniladigan idishlardan tashqari) shuningdek, idishlar tayyorlash va ta’mirlash uchun mo‘ljallangan materiallar va detallar
(yashiklarni yig‘ish uchun detallar, bochka taxtasi, temir gardish va boshqalar)ning mavjudligi va harakati yuritiladi. YUklanadigan mahsulotlarning butligi va saqlanishini ta’minlash maqsadida vagonlar, barjalar, samolyotlar, kemalarni qo‘shimcha jihozlash uchun mo‘ljallangan buyumlar 1010 "Xom ashyo va materiallar" schyotida hisobga olinadi.
1070 "CHetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar" schyotida chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bunda materiallarga qayta ishlov berish bilan bog‘liq chetdagi korxonalarga to‘langan xarajatlar bevosita qayta ishlashdan olingan buyumlarni hisobga oluvchi schyotlarning debetiga olib boriladi.
1080 "Inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xo‘jalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining (kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ushbu schyotda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga olinadi:

  1. xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan;

  2. xizmat qilish muddatidan qat’i nazar bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib olish vaqtida) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik barobarigacha bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida buyumlarning inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga ega.

Xizmat qilish muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:

  1. maxsus asboblar va moslamalar (alohida buyurtmani tayyorlash uchun yoki ma’lum bir turdagi buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan maqsadli asboblar va moslamalar);

  2. maxsus va sanitar buyumlar, maxsus poyafzal;

v) yotoq jihozlari;
g) kanselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va h.k.);

  1. oshxona va ovqatlanish xonasi jihozlari shuningdek, ovqatlanish xonasi choyshablari;

  2. xarajatlari, ularni qurish, qurilish-montaj ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik (titulsiz inshootlar) qurilma va moslamalar;

j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ov qurollari (ko‘kan, qopqon, to‘rlar va h.k.).
Korxonalar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xo‘jalik jihozlarni hisobga oluvchi schyotlarni ularning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rni va roliga qarab ochishlari mumkin. Ularning qiymati foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga to‘liq qo‘shiladi. Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida keyinchalik ularning hisobi balansdan tashqari 014 "Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari" schyotida sex, ombor va alohida foydalanuvchilar bo‘yicha yuritiladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz xolga kelgan hollarda ularni balansdan tashqari schyotdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi.
1090 "Boshqa materiallar" schyotida yuqorida keltirilgan schyotlarda nazarda tutilmagan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bu erda ishlab chiqarish chiqindilari (qirqimlar, qirindi va sh.k.); tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsiz mahsulotlar; asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan moddiy qiymatliklar (metallolom, yaroqsiz xom ashyo, eskirgan shinalar, kameralar, yaroqsiz rezina, ishlatilgan moy, nigrol va h.k.) hisobga olinadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari urug‘liklar, ekish materiallari, (sotib olingan va o‘zida ishlab chiqarilgan) kompostlar, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan, biologik preparatlar, zaharli kimyoviy moddalar, dorilar hamda kimyoviy moddalarni (o‘simlikchilikda, chorvachilikda va yordamchi xo‘jalikda) hisobga olish va boshqalar uchun qo‘shimcha schyotlarni ochishlari mumkin.
Materiallarning kelib tushishi 1510 "Materiallarni tayyorlash va xarid qilish" va 1610 "Materiallar qiymatidagi farqlar" schyotlaridan foydalanilgan holda (agar bu korxonaning hisob siyosatida belgilangan bo‘lsa) yoki ushbu schyotlardan foydalanilmagan holda aks ettirilishi mumkin.
Materiallarni ishlab chiqarishga yoki boshqa xo‘jalik maqsadlariga haqiqatda sarflanishi (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Materiallarni chetga sotish (1000) materiallarni hisobga oluvchi schyotlarning krediti va 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyotining debetida aks ettiriladi.
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning analitik hisobi saqlanish joylari va ularning alohida nomlari (turlari, navlari, hajmlari va boshqalar) bo‘yicha yuritiladi.
Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar (1000)ning bog‘lanishi (4.1.jadval)
4.1.jadval

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin