D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma


Sotish bilan bog‘liq xarajatlar hisobi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə68/116
tarix05.05.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#108005
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   116
1. Buxgalteriya xisobi(1)

Sotish bilan bog‘liq xarajatlar hisobi


Mahsulotlarni sotish bir qancha xarajatlarni keltirib chiqaradi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan farqli o‘laroq mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar sotish xarajatlari deyiladi. Sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • mol yuboruvchi korxona hisobidan preyskurantlarga yoki shartnoma shartiga binoan qilingan idish va joylash (qadoqlash va o‘rash), (o‘rash qog‘ozlari, taxtachalar, kanoplar) xarajatlari;




38 O‘zR Prezidentining «To‘lov intizomi va o‘zaro hisob-kitoblar tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni. 2017 yil 12 sentyabr PF 5189

  • ulgurji baho franko – yuklab jo‘natish bekati usulida (yuklash, Etkazib berish, tushirish) belgilangan hollarda mol yuboruvchi hisobidan mahsulot sotish bo‘yicha qilinadigan transport xarajatlari;

  • korxonaning moliyaviy rejasida nazarda tutilgan mahsulot sotish bo‘yicha boshqa xarajatlar.

Tayyor mahsulotlar omborga qabul qilingandan keyin qadoqlangan va o‘ralgan hollarda, idish xarajatlari sotish xarajatlariga kiritiladi.
Agar qadoqlash sexlarda mahsulotlarni omborga topshirishga qadar bajarilgan bo‘lsa, idishlar qiymati mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi. Nizom binoan bu xarajatlar 9410 «Sotish xarajatlari» schyotida hisobga olinadi. 39 Bu schyot tranzit bo‘lib aktiv schyotlarga mansub, oy boshiga unda qoldiq bo‘lmaydi; Debet aylanmasi mahsulotni jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ko‘rsatadi, kredit aylanmasi esa hisobot oyida foydani kamaytirishga o‘tkazilgan summalarni ko‘rsatadi. 9410- schyoti bo‘yicha ochilgan schyotlarning analitik hisobi Debet va kredit oborotlari bo‘yicha hisobot oyi va yil boshidan jamlanib keluvchi xarajat summalarini moddalari bo‘yicha ko‘rsatgan holda 15- qaydnomada yuritiladi Bu, o‘z navbatida, mahsulot sotish xarajatlarini tahlil qilish va hisobot tuzishni osonlashtiradi. Bu schyotlarning Debet oborot summalari 1, 2, 7, 10/1- jurnal – orderlarda aks ettiriladi, kredit oborot summalari esa – 11- jurnal – orderda. Noishlab chiqarish xarajatlar har oyda to‘liq summada quyidagi yozuv bilan moliyaviy natijalarga o‘tkaziladi: Dt 9910 «YAkuniy moliyaviy natija», Kt 9410-
«Sotish xarajatlari» schyoti.



39 O‘zR Vazirlar Mahkamasining 54- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom. 1999 yil 5 fevral. (2003 yil 15 oktyabrdagi kiritilgan o‘zgarishlar), (2017yil yangi tahrirdagisi)
Quyida sotish xarajatlarini schyotlarda aks ettirish chizmasini keltiramiz.
9410 «Sotish xarajatlari» schyoti

D-t




K-t

Korrespondentlanuvchi schyotlar




Schyotlarning krediti

Schyotlarning Debeti

1010 –

YUklab jo‘natilgan mahsulotni qadoqlash va

9910 - Oy oxirida




o‘rash uchun sarflangan materiallar qiymati

sotish xarajat-larini

4200 –

Mahsulotni yuklab jo‘natish bo‘yicha hisobdor

hisobdan chiqarish




shaxslar tomonidan to‘langan summa




6010 –

YUklab jo‘natilgan mahsulotni tashish qiymati







YUklash va tushirish bo‘yicha ishchilarga




6710 –

hisoblangan ish haqi







YUklovchilarning ish haqlariga hisoblangan




8910 –

ta’til haqi zaxirasi







YUklovchilarning ish haqlaridan ijtimoiy




6520 -

sug‘urta organlariga hisoblash







Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin