Moliyaviy natijalar - korxona faoliyatining yakuniy natijasini tasniflovchi ko‘rsatkich bo‘lib, balansning foyda va zarari haqidagi umumiy ma’lumotlarni buxgalteriya hisobida qiymat ko‘rinishida ma’lum davrga aks etishidir. SHuningdek, korxonalarda hisobot davri ichida sodir bo‘lgan xarajatlar va daromadlarni tan olish, dastlabki hisob ma’lumotlarni aniqlashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotlarida to‘g‘ri hisobga olishning nazariy –uslubiy asoslarini mukammallashtirish hisob tizimini tashkil qilishda muhim ijobiy natijalarga erishiladi.
Nazorat va muhokama uchun savollari
Moliyaviy natijalar hisobini yuritish qaysi meyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi?
Xo‘jalikda hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarni buxgalteriya hisobi schyotlar rejasidagi qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
Boshqaruv tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning ish haqi qaysi xarajatlarga olib boriladi va moliyaviy natijalarga ta’siri qanaqa bo‘ladi?
Valyuta kurslari bo‘yicha aniqlangan ijobiy va salbiy kursdagi farqlar qanday hisobga olinadi?
Daromadlar «Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida»gi Nizomning qaysi bo‘limlarida aks ettiriladi?
Mahsulot (ish, xizmat, tovar) lar sotish qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
Moliyaviy faoliyat xarajatlari qaysi schyotlarda hisobga olinadi?
Favqulodda foyda va zararga o‘tkazilishning qanday shartlari bor?
YAkuniy moliyaviy natija qanday aniqlandi?
Mavzu. SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TO‘LOVLAR HISOBI
Reja:
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari hamda hisobga olish vazifalari
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olish