v) kichik biznes sub’ektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlar hisobi
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari hamda hisobga olishvazifalari
Soliqlar – bu jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari hamda mulklaridan ma’lum (qonunda belgilangan) bir qismini davlatning moliyaviy imkoniyatini ta’minlash maqsadida majburiylik, qaytarmaslik, davlat majburlovini qo‘llashlik asosida byudjetga o‘tkazishning birdan-bir qonuniy usulidir.
Soliqlar milliy daromadni davlat tasarrufiga olishning eng muhim vositasiga aylangani sababli, ular makroiqtisodiyotni tartibga solishda borgan sari muhimroq rol o‘ynamoqdaki, YAMM umumiy hajmida soliq tushumlari salmog‘ining ko‘payishi buning ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Soliqlarni tasniflash - soliqlarni muayyan xarakterli belgilari, ya’ni ularni undirish usullari, qo‘llaniladigan stavkalar turi, soliq imtiyozlari va hokazolar bo‘yicha guruhlashdir.
Soliqlarni turlari bo‘yicha tasniflashga bir necha belgilar asos qilib olingan. Halqaro amaliyotda ikkita asosiy tasnif guruhlari qabul qilingan-bevosita va bilvosita soliqlar. Ushbu guruhlar soliq solish ob’ektiga va to‘lovchi bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga bog‘liqdir.
Ushbu fan bevosida O`zbekiston Respublikasi soliq kodeksi bilan chambarchas bog`liq holda olib boriladi.47
47 http://www.uzkitob.uz
O‘zbekiston Respublikasi hududida Soliq kodeksda ko‘zda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi.
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aksiz solig‘i;
er qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
mol-mulk solig‘i;
er solig‘i;
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.