Obodonlashtirish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish soliq hisobi.
YUridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy investitsiyali yuridik shaxslar ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi.
Soliq solish ob’ekti bo‘lib "Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot"ning 2-son shakli 270-satrida "Soliq solinadigan foyda" qiymatidan foyda solig‘i ayrilgan summasi hisoblanadi. Soliqning eng yuqori stavkasi soliqqa tortish ob’ektining 8%i miqdorida belgilangan. Mahalliy hokimiyat idoralari soliqni past stavkalar bo‘yicha to‘lashi mumkin.
Balansida ijgimoiy infratuzilma ob’ektlari bo‘lgan soliq to‘lovchilar byudjetga to‘lanadigan soliq summasini quyidagi tartibda aniqlaydi:
agar ijgimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasiga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, soliq to‘lanmaydi;
agar ijgimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam bo‘lsa, byudjetga to‘lanadigan soliq hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan haqiqatda sarflangan xarajatlar summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Belgilangan tartibda hisoblangan soliq quyidagicha o‘tkazma bilan aks etgiriladi:
Debet 9820-«Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar»
Kredit 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)». Soliqni byudjetta o‘tkazishda qilinadigan yozuv:
Debet 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha karz (turlari bo‘yicha)» Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti».
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga to‘lovlar hisobi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalari markaziy yoki mahalliy hokimiyat organlarining ixtiyorida
bo‘lgan moliyaviy resurslar yig‘indisi bo‘lib, ular ma’lum maqsadga yo‘naltiriladi. Byudjetdan tashqari jamg‘armalar moliyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, ularning shakllanishi va ishlatilish tartibi moliyaviy qonunchilik orqali tartibga solinadi.
Davlat byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etish orqali o‘zining moliyaviy mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Amaliyotdan ma’lumki, faqatgina byudjet mablag‘lari yordamida u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni hayotga tatbiq etish mushkuldir.
Pensiya jamg‘armai shakllanishining boshqa elementlari ham bor: "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunining‘ 15- moddasiga muvofiq tayinlangan mehnatda jarohatlanganlik yoki kasb kasalligi oqibatida nogiron bo‘lganlarga pensiya to‘lash xarajatlarini qoplash uchun regress talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan undiriladigan mablag‘lar;
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 14- moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari;
"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mablag‘lari;
Hisoblangan jarimalar summalari, qonun hujjatlariga muvofiq soliq organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga undirilgan summalaridan tashqari, sug‘urta badallari va ajratmalarning o‘z vaqtida to‘lamaganligi uchun penyalar;