Korxonalarda u yoki bu dastlabki hujjatlar shaklini qo‘llash ishlab
chiqarishning xarakteri, mehnatni tashkil etish va unga haq to‘lash tizimiga,
shuningdek mahsulot sifatini nazorat qilish usuliga bog‘liq. Tasdiqlangan qonunga
binoan sanoatda quyidagi dastlabki hujjatlar qo‘llaniladi: ishbay ish naryadi,
marshrut varaqasi, tayyorlangan mahsulot to‘g‘risida raport, tayyorlangan
mahsulotni hisobga olish qaydnomasi, bajarilgan ishlarni qabul qilish
dalolatnomasi, vaqtbay ishlovchilarga berilgan normalashtirilgan topshiriq va
boshqalar. Ishlangan mahsulot va bajarilgan ishlar hisobi bo‘yicha dastlabki
hujjatlar miqdorini anchaga kamaytirish uchun yiriklashtirilgan, kompleks me’yor
va baholarni qo‘llash, shuningdek bir yo‘la tuziladigan bir kunlik hujjatlar o‘rniga
ko‘p kunlik (yig‘ma hujjatlar) haftada ishbay ishlarning bajarilishi (T-28-shakl) ga
o‘xshagan hujjatlarni qo‘llash tavsiya qilinadi.
Ish haqini to‘g‘ri hisoblash uchun barcha hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar
keltirilishi kerak: ish joyi (sex, uchastka, bo‘lim); hisoblash davri (sana);
230
familiyasi, ismi, otasining ismi; tabel raqami va ishchining razryadi; ish birligiga
belgilangan vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; bajarilgan ish bo‘yicha
norma-soat miqdori
Texnologik karta, sex, uchastka ishlab chiqarish dasturiga binoan tuzilgan,
amaldagi norma va baholari, ishlar grafigi ko‘rsatilgan bu hujjatlar ish
boshlanishidan oldin ishchiga yoki brigadaga topshiriladi. Ish bajarilgandan so‘ng
texnik nazorat bo‘limi (OTK) haqiqiy ishlab chiqarilgan va qabul qilingan yaroqli
mahsulotlar miqdori va yaroqsiz mahsulot miqdorini ko‘rsatadi.
YAkka, takrorlanmaydigan mahsulot ishlab chiqarishlarida ishbay ish
bo‘yicha asosiy hujjat bo‘lib bir yo‘la tuziluvchi, yig‘ib boruvchi, shuningdek
yakka va brigada bo‘yicha tuziladigan naryad hisoblanadi. Bir yo‘la naryad smena
yoki oy davomida bir buyurtma yoki ishlab chiqarish xarajatlari turiga tegishli ish
turlari bo‘yicha tuziladi. Agar ish bir ishchi tomonidan bajarilsa, yakka naryad
deyiladi, agar brigada tomonidan bajarilsa – brigada (umumiy) naryadi deyiladi.
Naryadning orqa tomonida brigada tarkibi, ishlangan vaqt, bajarilgan ish, brigada
a’zolarining malakasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar keltiriladi.
Naryadlar bo‘yicha bajarilgan ish hajmi va ishlar harakatini texnologik zanjiri
tartibida nazorat qilish mumkin emas, chunki ular bir ishchi (yoki brigada,
smenaga), biri ikkinchisi bilan bog‘lanmagan bir yoki bir necha operatsiyalarga
yoziladi. SHuning uchun bir texnologik jarayonda bir vaqtning o‘zida seriya
(guruh) bir xildagi mahsulot tayyorlaydigan seriyali ishlab chiqarishlarda
tayyorlangan mahsulot va ish haqini hisoblash uchun marshrut varaqalari
qo‘llaniladi. Marshrut varaqasi bo‘yicha har bir ishchi ish bajarishi mumkin.
Marshrut varaqasi barcha texnologik jarayon operatsiyalariga va ma’lum partiya
detal va mahsulotlarga oldindan yoziladi. Bunda ishning bir operatsiyadan
ikkinchisiga o‘tkazilishi ketma-ketlikda ko‘rsatilgan bo‘lib, ishlab chiqarishdagi
yo‘qotishlar va yaroqsiz mahsulotlar nazorat qilinadi. Marshrut varaqasi bo‘yicha
ish turlari bir qancha ishchilar tomonidan bajarilganligi uchun, har birining ish
haqisi maxsus hujjatda – 15 kunda yoki bir oyda bir marta tuziladigan ishlab
chiqarish raportida yig‘ib boriladi.
231
Ko‘plab ishlab chiqarish xarakteridagi korxonalarda ishchilar odatda
o‘zlariga berkitilgan bir xil texnologik operatsiyalarni bajaradi. Bunda ishlab
chiqilgan mahsulot va ish haqining hisobi smena yoki oy bo‘yicha tuziladigan
yig‘ma qaydnomalarda yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |