290
ma’lum ijtimoiy maqsadni ham ko‘zlaydi, yangi xududlarni o‘zlashtirishga
undaydi va h. k.
Demak, korxona o‘z xo‘jalik faoliyatini samaradorligini aniqlash va kelgusi
davrga boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun
hisobot davrida daromad va
xarajatlarni hisoblab chiqish imkoniyatini beradigan axborotlarni yig‘ish va ishlab
chiqish tizimiga ega bo‘lishi kerak. Korxona – bu hisoblarni soliq omilini inobatga
olmasdan bajaradi.
Korxonaning balans foydasini aniqlash uchun sotishdan tushgan tushumdan
olib tashlanadigan xarajatlar ro‘yxati xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomning
asosiy matnida keltirilgan. Bundan keyin korxona buxgalteriya hisobi schyotlarida
ko‘rsatilgan foydani soliq qonunchiligiga binoan tuzatib soliqqa tortiladigan bazani
aniqlaydi. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi foydani soliq qonunchiligiga binoan
tuzatishga misol sifatida normadan ortiq sarflangan safar xarajatlari, yoki
normadan ortiq reklama xarajatlari va boshqalarni keltirish mumkin.
Demak, soliqqa tortiladigan bazani hisoblab chiqish uchun bu xarajatlar (1 va
2-ilovalarga binoan) ni soliqqa tortiladigan foydaga qaytadan qo‘shish kerak.
Buning natajasida korxona quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi:
- qancha va korxonaning qaysi bo‘linmalaridan ishlab chiqarish, buxgalteriya
faoliyati natijasida foyda olindi;
- korxonaning yakuniy faoliyatiga davlatning soliq siyosati qanchalik ta’sir
qilganligi;
- pirovard natijada korxona budjetga qancha pul o‘tkazib berishi.
SHunday qilib, korxona axborotlarni yig‘ish bosqichida xo‘jalik
faoliyati
natijalariga ta’sir etuvchi tashqi (soliq) va ichki omillarga bo‘lish imkoniyatini
beruvchi buxgalteriya hisobi tizimiga ega bo‘ladi. Demak, bu omillarga javoban
asoslangan siyosat ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomda aytilganidek, ishlab chiqarish-
xo‘jalik faoliyati natijasida korxona tomonidan daromad quyidagi asosiy bo‘limlar
bo‘yicha aks ettiriladi:
sotishdan olingan sof tushum; asosiy faoliyatidan
291
olinadigan boshqa daromadlar; moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar;
favqulodda foydalar.
Bunday bo‘limlarning kiritilishi korxonaning turli faoliyatidan olinadigan
daromadlarini ajratib ko‘rsatish bilan izohlanadi: mahsulot
ishlab chiqarish va
sotish bo‘yicha asosiy faoliyatidan, moliyaviy faoliyatidan va favqulodda
operatsiyalardan. Daromadlarning bunday bo‘linishi barcha qiziquvchi tomonlarga
korxona faoliyatiga obektiv baho berish imkoniyatini beradi.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining
9- bo‘limida hisobga olinadi.
Sotishdan olingan sof tushum yangi schyotlar rejasi bo‘yicha 9000 «Asosiy
(operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar» schyotining kreditidan olinadi. Unga
tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan
chegirmalar va boshqalar
kiritilmaydi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan tushum tovar (bajarilgan ish va
xizmatlar) ni yuklab jo‘natilishiga va xaridorlarga hisoblashish hujjatlari taqdim
etilishiga qarab aniqlanadi. Taqdim etilgan hisoblashish hujjatlariga qarab
moliyaviy natijalarni aniqlash uslubi bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarga xos.
Buxgalteriya hisobining xalqaro andazalari moliyaviy natijalarni aynan shunday
tartibda shakllantirishni talab qiladi.
Taqdim etilgan schyotlar bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlash qo‘shilgan
qiymat solig‘i, budjetga foydadan ajratma solig‘ini to‘lashda korxonalarni
murakkab sharoitda qoldirishi mumkin. SHuning
uchun ham korxonalar
jo‘natiladigan mahsuloti, bajariladigan ish va xizmatlari uchun oldindan haq
to‘lash usulidan foydalanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: