D. Q. Usmanova


Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   131
sssss

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq 
hisobi. 
Qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar bo‘lib faoliyatning ayrim turlarini 
tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim 
faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar hisoblanadi. 


328 
Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati, shuningdek 
faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlar qonun hujjatlari bilan 
belgilanadi. 
Qat’iy belgilangan soliq to‘lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir qatorda 
faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatning 
mazkur turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va umumbelgilangan 
yoki ushbu bo‘limda belgilangan soliqlarni to‘lashlari shart. 
Qat’iy belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsiflovchi fizik 
ko‘rsatkich soliq solinadigan ob’ekt hisoblanadi. Soliq solinadigan baza fizik 
ko‘rsatkichlarning sonidan kelib chiqib, soliq summasi soliq solinadigan baza va 
belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi 
davlat soliq xizmati organlariga: 

yangi tashkil qilinayotgan (boshlovchi) soliq to‘lovchilar tomonidan – 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay; 

faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilar tomonidan – hisobot yilining 15 
yanvarigacha taqdim etiladi. 
Soliq solish ob’ekti va ish haqining eng kam miqdori o‘zgargan taqdirda, soliq 
to‘lovchilar aniqlik kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi to‘lovni to‘lash muddatidan 
kechiktirmay taqdim etishlari shart. 
Qat’iy belgilangan soliqni yuridik shaxslar tomonidan – har oyda hisobot 
oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay to‘laydilar. 
Ushbu soliq hisoblanganda quyidagicha provodqa beriladi: 
D-t 9810-"Foydadan hisoblangan va to‘langan soliqlar" schyoti; 
K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliq" schyoti; 
Bu soliq byudjetga o‘tkazilganda: 
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti; 
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin