322
taqsimlanishi saqlanib qoldi. Mikrofirma va kichik korxonalar,
shu jumladan
fermer xo`jaliklariga 15 foiz qilib belgilandi. Fuqarolarning byudjetdan tashqari
pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari amaldagi 7
.5 foiz o‘rniga
8 foiz
qilib
belgilandi..
YUridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari;
Pensiya fondiga ajratmalarni hisobga olishda
quyidagi schyotlardan
foydalaniladi:
4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari";
6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar".
4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari" schyotida korxona va
tashkilotlar tomonidan Pensiya fondiga hisobot davrida o‘tkazib berilgan bo‘nak
to‘lovlari hisobga olinadi.
Bu muomalaga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari"
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti";
6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar" schyotida korxona va tashkilotlar
tomonidan Pensiya fondiga to‘lanadigan ajratmalar haqidagi ma’lumotlar
umumlashtiriladi. Pensiya fondiga ajratmalar
hisoblanganida quyidagicha
provodkalar beriladi:
Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari hisoblandi:
D-t 0810-0890;
K-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar". Xarajatlarga tegishli
sug‘urta to‘lovlari hisoblandi:
D-t 2010, 2310, 2510, 9410, 9420;
K-t 6520- "Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar".
Xodimning ish haqidan ushlanadigan pensiya badali hisoblandi:
D-t 6710-"Xodimlar bilan mehnat haqi hisobidan hisoblashishlar";
K-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar".
323
Hisobot davri yakunida Pensiya fondiga ilgari to‘langan bo‘nak to‘lovlari
yakuniy hisob-kitob qilish uchun 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar"
schyotiga o‘tkaziladi:
D-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar"
K-t 4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari".
SHundan so‘ng Pensiya fondiga bo‘lgan qarz to‘lovlari o‘tkazib beriladi:
D-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar";
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti".
Dostları ilə paylaş: