D. Q. Usmanova


Reja  14.1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   131
sssss

Reja 
14.1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari 
14.2. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan 
usullari 
14.3. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo‘jalik 
muomalalarini qayd qilish 
14.4. Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish 
tizimini turkumlash 
14.1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari 
Boshqaruv hisobi - xo‘jalik yurituvchi subekt axborot tizimining tarkibiy 
qismi hisoblanadi. Ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishning samaradorligi 
tarkibiy bo‘linmalar, subekt xizmatlari bo‘limlarining faoliyati haqidagi ma’lumot 
bilan ta’minlanadi. Bu ma’lumotni boshqaruv hisobi to‘g‘ri boshqaruv qarorlarni 
qabul qilish maqsadida subektning ichida faoliyat ko‘rsatayotgan turli darajadagi 
boshqaruvchilar uchun shakllantiradi. 
Boshqaruv hisobining mazmuni boshqaruv maqsadlari bilan aniqlanadi: u 
ichki bo‘linmalarning boshqaruvchilari oldiga qo‘yilgan qiziqish va maqsadlarga 
binoan ma’muriyat qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin. 
Boshqaruv hisobining mazmunini o‘rganishga uni subektning butun axborot-
nazorat tizimi sifatida tavsiflovchi belgilar to‘plamini ko‘rib chiqishga yordam 
beradi: axborot bilan ta’minlanishining uzluksizligi, maqsadga yo‘naltirilganligi, 
to‘liqligi, jamoatning obektiv iqtisodiy qonunlaridan foydalanishda amaliy aks 
ettirilishi, o‘zgaruvchan tashqi va ichki sharoitlarda boshqaruv obektlariga ta’sir 
ko‘rsatish darajasi va hokazolar. 
Boshqaruv hisobining mazmuni - tezkor boshqaruv qarorlari va subektning 
kelajakdagi rivojlanish muammolarining muvofiqlashtirish uchun ma’lumotni 
tizimlashtiruvchi xarajatlar va daromadlar, me’yorlashtirish, rejalashtirish, nazorat 
qilish va tahlil qilish hisobining integratsiyalashgan tizimidan iborat. 


348 
Taklif etilgan tavsif shu mavzuda ko‘rilgan obektlar, belgilar, masala va 
maqsadlardan kelib chiqqan holda berilgan. Boshqaruv hisobining mazmunini 
tavsiflab uning muhim xususiyatini belgilash lozim, chunki boshqaruv hisobi 
boshqaruv jarayonini hisob jarayoni bilan bog‘laydi. 
Boshqaruv predmeti bo‘lib obektga ta’sir ko‘rsatish jarayoni yoki ishlab 
chiqarishning maksimal samaradorligiga erishish uchun insonlar faoliyatini tashkil 
etish va muqobillashtirish maqsadidagi boshqaruv jarayoni hisoblanadi. Boshqaruv 

boshqaruv 
predmetini 
rejalashtirish, 
tashkil 
etish, 
muvofiqlashtirish, 
stimullashtirish va nazorat qilish yordamida ta’sir ko‘rsatadi. Boshqaruvning 
maqsadlari va masalalariga javob beruvchi o‘z tizimini yaratib boshqaruv hisobi 
ayni shu funksiyalarni bajaradi. 
Hozirgi vaqtda boshqaruv hisobining predmetini aniqlovchi aniq belgilar 
mavjud emas. Mualliflar hozirgacha buxgalteriya hisobining umumiy va 
boshqaruv hisobining qisman mazmunini tushuntirish bilan chegaralanganlar. Bu 
borada, subektning faoliyatini boshqarish tizimi va uslublari o‘zgarmoqda, shuning 
bilan boshqaruv hisobining protsedura (muolaja)si va mazmuni ham o‘zgarmoqda. 
Bu ayniqsa turli tashkiliy tizimli, o‘zgaruvchan tashqi omillarning ta’sirchan 
(inflatsiya, sanoatning tizimli qayta qurilishi va hokazo)ligiga ta’lluqli. SHu erdan 
boshqaruvning obektlari va subektlarining ro‘yxati o‘zgaradi.
Boshqaruv haqidagi fan boshqaruv hisobi predmeti haqidagi konsepsiyani 
ham shakllantiradi. 
Boshqaruv hisobining predmeti bo‘lib umumiy ko‘rinishda ishlab chiqarishni 
boshqarish butun sikli jarayonidagi obektlarning jamlamasi hisoblanadi. 
Predmetning mazmunini uning ko‘p obektlari ochadi va ularni ikki guruhga 
birlashtirish mumkin: subektning xo‘jalik faoliyati jarayonida odamlarning 
mehnatini ma’lum maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi ishlab chiqarish 
resurslari; to‘plamda subektning ishlab chiqarish faoliyatini tuzuvchi xo‘jalik 
jarayonlari va ularning natijalari. 
Ishlab chiqarish resurslarining tarkibiga quyidagilar kiradi: asosiy 
jamg‘armalar - bu mehnat vositalari, ularning holati va foydalanilishi; nomoddiy 


349 
aktivlar - uzoq muddatli qo‘yilmalarning obektlari (Erdan foydalanish huquqi, 
standartlar, litsenziyalar, savdo belgilari va boshqalar), ularning holati va 
foydalanilishi; moddiy resurslar- mehnat vositasi yordamida ishlab chiqarish 
jarayonida qayta ishlov berish uchun mo‘ljallangan mehnat buyumlari. 
Boshqaruv hisobida bu resurslar ishlab chiqarish zaxiralari sifatida subektning 
omborlarida, sex omborlarida va bo‘linmalarda, ishlab chiqarish bo‘limining 
omborlarida va tayyor mahsulot omborigacha ishlab chiqarish bosqichining 
darajalari bo‘yicha ularning harakati jarayonida ko‘rsatilgan. Ular xom-ashyoni 
sanoatning qazib oluvchi tarmog‘ining mahsuloti, qishloq xo‘jaligi mahsuloti 
sifatida; shu va boshqa subektlarda oldindan ishlov berilgan materiallar sifatida 
(YATM - tayyorlanmalar, quyilmalar, detallar, uzellar va boshqalar); hozirgi 
davrda subektda mavjud mehnat resurslari, mehnat resurslaridan maqsadga 
muvofiq faoliyat jarayonida foydalanishi va mehnatning natijasi sifatida ko‘radilar. 
Boshqaruv hisobi obektlarining ikkinchi guruhiga quyidagilar kiradi: 
- ta’minot-tayyorlov- ishlab chiqarish ta’minoti va ta’miri, shuningdek 
ta’minot jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan marketing faoliyati uchun mo‘ljallangan 
sotib olish, saqlash, ishlab chiqarishni xom-ashyo resurslarini sotib olish bilan, 
yordamchi materiallar va ehtiyot qismlari bilan ishlab chiqarish uskunasi bilan 
ta’minlash; 
- ishlab chiqaruvchi- ishlab chiqarish texnologiyasi tomonidan shartlangan va 
asosiy hamda yordamchi muomalalardan tashkil topgan jarayonlar; ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarni takomillshatirish va yangilarini ishlab chiqarish 
bo‘yicha muomalalar; 
- moliyaviy-sotuv - mahsulotni sotish bozorini shakllantirish bo‘yicha 
marketing tadqiqotlari va muomalalar; to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv muomalalari, 
bularga qadoqlash, transportirovka qilish va boshqa turdagi ishlar kiradi; 
reklamadan boshlab to istemolchilar bilan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish bilan tugab 
sotish hajmining o‘sishiga yordamlashuvchi muomalalar; ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning sifatini nazorat qilish; 


350 
- tashkiliy- subektning tashkiliy tizimini tuzish, subektning tizimidan 
funksional bo‘limlarni, xizmatlarni, sexlarni, bo‘linmalarni ajratish; tizimli 
bo‘linmalar, rejalashtirish, nazorat qilish, rejani bajarishni baholash, 
rag‘batlantirish vazifalariga to‘g‘ri keladigan boshqaruvning turli darajalari 
o‘rtasidagi ichki kommunikatsion aloqalarning talablariga javob beruvchi to‘g‘ri 
va qaytaruv aloqali axborot tizimini subektda tashkil etish; subektning asosiy 
maqsadini bajarishga qaratilgan ichki ijrochilarning harakatlarini muqobillashtirish 
muomalalari.
Boshqaruv hisobi obektlarining boshqacha guruhlashtirilishi tanlanishi 
mumkin, lekin har bir holatda u boshqaruvning asosiy maqsadlariga javob berishi 
kerak. 
Boshqaruv hisobi tizimida uning obektlari ma’lum ixtisosli yo‘nalishda aks 
ettirishga ega. Birinchi o‘rinda ishlab chiqarish resurslarining holati, harakati, 
subektning xo‘jalik faoliyati jarayonida maqsadli ishlatilishida aks ettiriladi. 
Ularning yordamida subektning axborot tizimida boshqaruv hisobining 
obektlari akslanuvchi turli qo‘llanma va usullarning jamlami boshqaruv hisobining 
uslubi deyiladi. U quyidagi elementlardan iborat: hujjatlashtirish, inventarizatsiya, 
nazorat schyotlarini baholash, guruhlashtirish va umumlashtirish, meyorlashtirish, 
rejalashtirish va limitlash, nazorat va tahlillardan iborat. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, uslubning hamma elementlari bir-biridan 
alohida emas, boshqaruv masalalarini yechishga qaratilgan ichki xo‘jalik 
aloqalarini tashkil etish tizimida harakat qiladi. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin