D. Q. Usmanova


 Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo‘jalik



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131
sssss

 
14.3. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo‘jalik 
muomalalarini qayd qilish 
Hozirgi davrda xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyatidagi sodir bo‘lgan 
muomalalarni kompyuterlashtirish muhim ahamiyatga ega, chunki ushbu 
voqealarni tezkor jamlash, ishlov berish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va 
ularning natijalarini baholash muhim ahamiyatga ega.
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda xarajatlarni tegishli moddalar, ishlab chiqarish 
bo‘linmalari, mas’uliyat markazlari bo‘yicha guruhlashtirishning zaruriyati va 
umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini (reklama, sotish, ma’muriy) tegishli 
belgilariga mutanosib ravishda taqsimlash zarurligidan kelib chiqqan holda 
ularning maxsus belgilariga qarab analitik hisobini yuritishni taqozo qiladi. Ushbu 
dasturlarni hozirda qo‘llanilayotgan yangi schyotlarning rejasiga moslashtirish 
lozim, chunki ushbu schyotlar bosh, ikkinchi va uchinchi darajali schyotlarga 
bo‘linmagan holda ularning analitik xususiyati to‘liq yoritilgan. Ushbu jarayonda 
qo‘llaniladigan schyotlar quyidagicha tavsiflanadi: 
- mahsulotlarni sotish muomalalari boshqaruv hisobida 2810/1 va 9110/1 
schyotlarida, moliyaviy hisobda 2810 va 9110-schyotlarda yuritiladi; 
- hisoblash texnikalarini qabul qilish va sotishga jo‘natish muomalalari esa 
boshqaruv hisobida 2910/1 va moliyaviy hisobda 2910-schyotda yuritiladi; 
- muomala sarflarining hisobi esa boshqaruv hisobida 9410/1 va moliyaviy 
hisobda 9410-schyotda qayd qilib boriladi. 


355 
Boshqaruv va moliyaviy hisoblarida ham mahsulotlarni sotish schyoti- 9110 
umumlashtirilgan holda va muomala sarflari (9410 schyotlarda) tegishli turlari 
bo‘yicha (9419gacha) ayrim ochilgan schyotlarda qayd qilib boriladi. 
Ushbu tizim tannarxning analitik hisobini moliyaviy hisobda to‘liq tannarx 
usulida va boshqaruv hisobida "direkt-kosting" usulida yuritish imkoniyatini 
yaratadi. Ushbu sharoitda ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxini 
har xil usullar yordamida hisoblab chiqish va ushbu ma’lumotlarni hisobotning 
turli shakllariga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Keltirilgan analitik hisobni yuritish uchun ushbu tuzilgan dasturda quyidagi 
imkoniyatlardan foydalaniladi: 
- xo‘jalik muomalalarini qayd qilish vaqtida analitik schyotlarni aniqlash; 
- kirim qoldiqlarini kirtish; 
- namunaviy hisobot hujjatlarini tayyorlash; 
- analitik schyotlardan foydalangan holda boshqaruv ma’lumotlariga maxsus 
ishlov berish va rahbariyatga taqdim qilish. 
Kompaniyalarda foydalanilgan kompyuter dasturlarining imkoniyatlaridan 
biri har xil muddatlarga subektning budjetini ishlab chiqishdir. Ushbu maqsad 
uchun "Moliyaviy rejalar" turkumidagi dastur qo‘llaniladi. Ushbu dasturning 
afzalligi quyidagilardir: 

kelgusidagi daromad va sarflarni hohlagan muddatga rejalashtiradi; 

ushbu daromad va sarflarni subektning budjeti bilan birlashtiradi; 

to‘lovlarning ustidan nazorat o‘rnatadi; 

smetalardan foydalanishni tahlil qiladi; 

subektning moliyaviy faoliyatini muqobillashtiradi. 
Rejalashtirish talab qilingan vaqt oralig‘i bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Subektning budjeti esa bir marta bo‘ladigan va takrorlanib turadigan 
muomalalarga asosan tuziladi. CHunki har bir muomalaning natijasi resurslarning 
harakatiga - TMZ harakati, pul mablag‘larining va asosiy vositalarning harakatiga 
olib keladi. 


356 
Takrorlanadigan muomalalar bo‘yicha harakat davri va takrorlanish davri 
topiladi. Akat davri ushbu muomalalarning harakatining boshlanish va tugash 
vaqtini belgilaydi. Misol, yil davomida ijara to‘lovlarini to‘lash- 01.01-31.12 va 
hokazo. Zaruriyat tug‘ilganda harakat davrining oxirini aniqlash shart emas, chunki 
ayrim hollarda ushbu muomalalarni harakat davrining oxiri bo‘lmaydi.
Takrorlanish davri ayrim muomalalarning takrorlanib turishini shakllantirish 
imkoniyatini yaratadi. Ushbu takrorlanish uchun bir necha kun, hafta, dekada, oy 
yoki yil tanlab olinishi mumkin. Ushbu takrorlanadigan muomalalarni 
rejalashtirish topshirilgan sana yoki kunlar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. 
Bir tuzilgan moliyaviy reja uchun ushbu dastur takrorlanadigan 
muomalalarning ayrim ro‘yxatini tuzadi. Ushbu muomalalarni moliyaviy rejaga 
kiritgandan keyin komputer o‘z-o‘zidan ularni rejaning sanalariga moslashtirib bir 
marta sodir bo‘ladigan muomalalarga aylantiradi. Oldindan olingan ma’lumotlarga 
asosan dastur kelgusi davrlar uchun rejalarni tuzish imkoniyatiga ega, keyinchalik 
ushbu davr kichik davrlarga bo‘linib reja ko‘rsatkichlariga ushbu sharoitdan kelib 
chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritiladi. 
Mazkur dastur ilgari yig‘ilgan yillik va choraklik ma’lumotlarga asosan 
kelgusi yillar uchun uzoqni ko‘zlagan rejalarni tuzishga imkoniyat yaratadi. 
Keyinchalik esa zarurat tug‘ilganda ilgari tuzilgan moliyaviy rejalashtirishga 
qaytiladi va ushbu rejani tuzgan davrdan keyingi sodir bo‘lgan voqealarning 
natijalariga asosan unga aniqliklar kiritiladi.
Moliyaviy rejaga kiritilgan muomalalarga asosan to‘lov hujjatlari 
tayyorlanadi. Ushbu muomalalarning sodir bo‘lganligiga qarab (to‘lov hujjatlariga 
ishlov bergandan keyin) dastur pul mablag‘larining kirimi va chiqimini to‘lov 
hujjatlarining sanasiga muvofiq shu ma’lumotlarni moliyaviy rejaga kiritib boradi. 
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlariga asosan dastur avtomat tarzida rejadagi va 
haqiqiy kirim qoldig‘ini rejalashtirilgan davrning boshi va oxiriga shakllantiradi, 
boshlang‘ich va oxirgi sanaga pul mablag‘larining kirimi, chiqimi va ishlov 
berilgan to‘lov hujjatlarining ma’lumotlariga asoslanib pul mablag‘larining ushbu 
davr ichidagi umumiy kirimi va umumiy chiqimini jamlab beradi. 


357 
Bu axborotlarga asoslangan holda rejalashtirish davrining boshlang‘ich va 
oxirgi sanasini o‘zgartirib: 

o‘rnatilgan davrda to‘lovlarning amalga oshishi ustidan nazorat o‘rnatiladi; 

aniq bitta buxgalteriya schyoti bo‘yicha moliyaviy rejaning bajarilishi tezkorlik 
bilan tahlil qilinadi; 

zarurat tug‘ilsa joriy davrdagi muomalalarning rejasiga o‘zgartirishlar kiritiladi. 
Ushbu tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida xo‘jalik yurituvchi 
subektning faoliyati rejalashtirilgan vaqt mobaynida muqobillashtirib boriladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kompaniyalarning faoliyatini hisobga olish 
jarayonida ikki hisob -boshqaruv va moliyaviy hisob yuritiladi. Boshqaruv 
hisobida soliqlar xarajatlar schyotida ushbu summani budjetga to‘lagan 
daqiqasidan boshlab hisobga olinadi. Bundan tashqari xarajatlarni hisobga olish, 
sotish sarflarini hisobga olishning analitik hisobi faqat buxgalteriya hisobida 
yuritiladi. 
Moliyaviy hisobda ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini hisoblash 
jarayonida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda faqatgina 
Nizomga asosan ishlab chiqarish va sotishga ta’lluqli xarajatlargina qayd qilinadi. 
Boshqa xarajatlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri 9910-"Daromad va sarflarning 
jamlanmasi" schyotiga olib boriladi. 
Boshqaruv hisobida ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxi 
subektda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob siyosatida ko‘rsatilgan usulga 
muvofiq hisoblab chiqiladi. 
Moliyaviy hisobda qo‘llaniladigan hamma schyotlar balans schyotlari 
deyiladi, ya’ni ushbu schyotlardagi boshlang‘ich va oxirgi qoldiq summalari shu 
davrga tuzilgan balansning ayrim olgan moddalarida aks ettiradi. Ayrim hollarda 
faoliyatning natijasini tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini osonlashtirish uchun 
muomalalarning qiymatini o‘zgarmaydigan valyutada aks ettirish maqsadga 
muvofiqdir. 
Avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobining dasturida moliyaviy va 
boshqaruv hisobini birga yuritish maqsadida boshqaruv hisobining schyotlari 


358 
tranzit schyotlar sifatida berilgan chunki ularning asosiy qismida hisobot davrining 
oxirida qoldiq qolmaydi. Misol, 9310, 9410, 9420, 9430, 9440, 9500-9900-
schyotlar bo‘lib amaliyotda va 21-BXMSga asosan ushbu schyotlar tranzit 
schyotlar deb yuritiladi. 
Tovar-moddiy zaxiralarni (TMZ) hisobga olish. TMZ xaqiqiy tannarx 
bo‘yicha hisobga olib boriladi. Xom-ashyo va materiallar ishlab chiqarishga sarf 
qilinayotganda o‘rtacha hisoblangan haqiqiy tannarxda aks ettiriladi. Ushbu 
haqiqiy o‘rtacha tannarxi oy boshidagi qoldiq TMZ qiymatiga oy davomida qabul 
qilingan TMZ qiymati qo‘shilib hosil bo‘lgan summani ushbu TMZ miqdoriga 
bo‘lish usuli bilan hisoblab chiqiladi. 
Xarajatlarni hisobga olish. Boshqaruv hisobida 2010-"Asosiy ishlab 
chiqarish" schyoti tegishli tasdiqlangan xarajat moddalaridan tashqari ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni ham hisobga olish uchun 
kengaytirilgan. Ishlab chiqarish xarajatlari, ishlab chiqarishning ustama xarajatlari 
tegishli schyotlarda (xom-ashyo va materiallarning sarfi, komplektlashtiruvchi 
detallarning qiymati mehnat haqi sarflari, kommunal xizmatlari uchun to‘lovlar, 
soliqlar va boshqa sarflar) hisobga olinadi. Ushbu tartib "direkt-kosting" tizimini 
qo‘llash uchun xarajatlarni o‘zgaruvchan va o‘zgarmas-doimiy xarajatlarga ajratish 
imkoniyatini yaratadi. 
Ishlab chiqarish ustama-doimiy xarajatlar tegishli ayrim olgan schyotlarda 
hisobga olib boriladi va hisobot davrining oxirida ishlab chiqarilgan mahsulotning 
tannarxini aniqlash uchun tasdiqlangan usulga muvofiq taqsimlanadi va ularning 
tannarxiga qo‘shiladi. Ushbu tartib: 
- ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar va foydaning hajmi o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqliklarni o‘rganishga imkon yaratadi; 
- ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan tannarxning o‘zgarishi yoki ayrim 
xarajatlarning o‘zgarishini bashorat qilishga yordam beradi; 
- baho va hajmni muqobillashtiradigan variant va kombinatsiyalarni topishga 
imkon yaratadi; 


359 
- samarali baho siyosatini subektning faoliyatiga tadbiq etishga yordam 
beradi. 
Mas’uliyat markazlari rahbarlarining faoliyati ustidan nazorat qilish uchun 
xarajatlarning sarfini hisobga olishning meyorlashtirilgan usulini tadbiq qiladilar. 
Buning uchun zaruriyat tug‘ilganda ayrim schyot ochilib (misol, 3510-"Tayyor 
mahsulotlarni olish") unda ushbu xarajatlar tasdiqlangan me’yorlar asosida 
mahsulotlarning tannarxi hisoblanadi. Ushbu schyotning debet tomonida haqiqatda 
sarflangan xarajatlar hisobga olib borilsa, kredit tomonidan esa ishlab chiqarilgan 
tayyor mahsulot (ish, xizmat)ning meyoriy tannarxi ko‘rsatiladi. Ushbu schyotning 
ma’lumotlariga asosan tegishli hisobot davri ichida ishlab chiqarilgan mahsulot 
(ish, xizmat)lar bo‘yicha haqiqiy sarflar bilan ularning me’yoriy tannarxi orasidagi 
farqni aniqlash imkoniyatini yaratadi. Aniqlangan farq summalari (ijobiy yoki 
salbiy) tegishli 9110-"Sotilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi" schyotiga 
o‘tkaziladi. Ushbu schyotda (3510) hisobot davrining ohirida qoldiq bo‘lmaydi va 
u yopiladi. Agarda me’yoriy tannarx haqiqiy tannarxdan ortiq bo‘lsa bu ijobiy 
holat deb hisoblanadi. Mabodo meyoriy tannarxdan haqiqiy tannarx ortiq bo‘lsa 
uning sabablari analitik schyotlarning ma’lumotlariga asosan har tomonlama va 
chuqur tahlil qilinadi, sabablari aniqlanadi va baholanadi. Natijada ushbu farqning 
sodir bo‘lish sabablari, mas’ullari aniqlanib tegishli chora-tadbirlar ishlab 
chiqiladi, chunki xo‘jalik yurituvchi subekt mas’uliyat markazlariga bo‘lingan 
holda hisob yuritadi.
Tayyor mahsulotlarni sotish. Mahsulotlarni sotish jarayoni ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning majmuasidan tashkil topgan. Mahsulotlarni sotish istemolchi va 
buyurtmachilar bilan ilgari tuzilgan shartnomalarga asosan amalga oshiriladi. 
Ushbu mahsulot (ish, xizmat)larni sotish muomalalarini moliyaviy va boshqaruv 
hisobining schyotlarida qayd qilishdan asosiy maqsad tegishli mahsulotlarni sotish 
bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlashdir. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishni 
hisobga olishning ikkita usuli mavjud: 

sotilgan mahsulotning qiymatini to‘lash sanasidan (kassa usuli) ularni 
sotilgan deb tan olish va tegishli schyotlarda qayd qilish; 


360 

tayyor mahsulotlarni xaridor va buyurtmachilarga jo‘natish yoki to‘lov 
hujjatlarini bankka topshirgan sanadan sotilgan deb tan olish va tegishli 
schyotlarda qayd qilish (hisoblash usuli). 
O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi 
subektlar ichki bozorlarga o‘zlarining ishlab chiqargan mahsulotini sotayoganda
hisobga olishning ikkinchi usulini qo‘llaydilar: 
Debet 9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi" 
Kredit 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar" va bir vaqtda 
Debet 4010-"Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" 
Kredit 9010-"Mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar" 
Tayyor mahsulotlarni sotish muomalalari ikkita schyotda qayd qilib boriladi 
9110-schyotning debetida sotilgan mahsulotning tannarxi (xarajat) va 9010 
schyotning kreditida ushbu mahsulotning shartnomada ko‘rsatilgan bahosi 
(daromad). Ushbu tartib tannarx (xarajat) bilan kelishilgan baho (daromad)ni 
taqqoslash va ushbu jarayon bo‘yicha foyda yoki zararni aniqlashga yordam 
beradi: 
Debet 9910 -"Daromad va xarajatlarning jamg‘armasi", 
Kredit 9110 -"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi" schyoti. 
Debet 9010 -"Mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar", 
Kredit 9910-"Daromad va xarajatlarning jamg‘armasi" schyoti 
Agarda hisobot davrining ohirida zarar ko‘rilsa: 
Debet 9910 > kredit 9910, ya’ni 9910 schyotning debetidagi summa 
kreditidagi umumiy summadan ko‘p bo‘ladi. 
Agarda ushbu jarayon bo‘yicha foyda olinsa: 
Debet 9910 < kredit 9910, ya’ni 9910 schyotning debet tomonidagi summa 
kredit tomonidagi summadan kam bo‘ladi. 
Boshqaruv hisobining maqsadi va vazifasi ichki foydalanuvchilarni xo‘jalik 
faoliyati bo‘yicha zarur bo‘lgan axborotlar bilan ta’minlashdir.
 


361 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin