328
Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati, shuningdek
faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlar qonun hujjatlari bilan
belgilanadi.
Qat’iy belgilangan soliq to‘lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir qatorda
faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatning
mazkur turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va umumbelgilangan
yoki ushbu bo‘limda belgilangan soliqlarni to‘lashlari shart.
Qat’iy belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsiflovchi fizik
ko‘rsatkich soliq solinadigan ob’ekt hisoblanadi. Soliq solinadigan baza fizik
ko‘rsatkichlarning sonidan kelib chiqib, soliq summasi soliq solinadigan baza va
belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi
davlat soliq xizmati organlariga:
•
yangi tashkil qilinayotgan (boshlovchi) soliq to‘lovchilar tomonidan –
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay;
•
faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilar tomonidan – hisobot yilining 15
yanvarigacha taqdim etiladi.
Soliq solish ob’ekti va ish haqining eng kam miqdori o‘zgargan taqdirda, soliq
to‘lovchilar aniqlik kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi to‘lovni to‘lash muddatidan
kechiktirmay taqdim etishlari shart.
Qat’iy belgilangan soliqni yuridik shaxslar tomonidan – har oyda hisobot
oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay to‘laydilar.
Ushbu soliq hisoblanganda quyidagicha provodqa beriladi:
D-t 9810-"Foydadan hisoblangan va to‘langan soliqlar" schyoti;
K-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliq" schyoti;
Bu soliq byudjetga o‘tkazilganda:
D-t 6410-"Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik" schyoti;
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti" schyoti.
Dostları ilə paylaş: