D. Q. Usmanova



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   131
sssss

YAgona ijtimoiy to‘lov
2017 yilda 
25 foizli
stavka qilib belgilandi, uning 
maqsadli jamg‘armalarga quyidagi stavkalar bo‘yicha, ya’ni, byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasiga -24,8 foiz, Davlat bandlikka ko‘maklashish fondiga – 0,1 
foiz, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga – 0,1 foiz miqdorida 


322 
taqsimlanishi saqlanib qoldi. Mikrofirma va kichik korxonalar, shu jumladan 
fermer xo`jaliklariga 15 foiz qilib belgilandi. Fuqarolarning byudjetdan tashqari 
pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari amaldagi 7
.5 foiz o‘rniga
8 foiz 
qilib 
belgilandi..
YUridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari; 
Pensiya fondiga ajratmalarni hisobga olishda quyidagi schyotlardan 
foydalaniladi: 
4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari"; 
6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar". 
4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari" schyotida korxona va 
tashkilotlar tomonidan Pensiya fondiga hisobot davrida o‘tkazib berilgan bo‘nak 
to‘lovlari hisobga olinadi. 
Bu muomalaga quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari" 
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti"; 
6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar" schyotida korxona va tashkilotlar 
tomonidan Pensiya fondiga to‘lanadigan ajratmalar haqidagi ma’lumotlar 
umumlashtiriladi. Pensiya fondiga ajratmalar hisoblanganida quyidagicha 
provodkalar beriladi: 
Kapital qo‘yilmalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari hisoblandi: 
D-t 0810-0890; 
K-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar". Xarajatlarga tegishli 
sug‘urta to‘lovlari hisoblandi: 
D-t 2010, 2310, 2510, 9410, 9420; 
K-t 6520- "Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar". 
Xodimning ish haqidan ushlanadigan pensiya badali hisoblandi: 
D-t 6710-"Xodimlar bilan mehnat haqi hisobidan hisoblashishlar"; 
K-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar". 


323 
Hisobot davri yakunida Pensiya fondiga ilgari to‘langan bo‘nak to‘lovlari 
yakuniy hisob-kitob qilish uchun 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar" 
schyotiga o‘tkaziladi: 
D-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar" 
K-t 4520-"Davlat maqsadli fondlariga bo‘nak to‘lovlari". 
SHundan so‘ng Pensiya fondiga bo‘lgan qarz to‘lovlari o‘tkazib beriladi: 
D-t 6520-"Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar"; 
K-t 5110-"Hisob-kitob schyoti". 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin