D. Q. Usmanova


Sof aylanma mablag‘lar yoki kapital = Aylanma aktivlar - qisqa muddatli



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131
sssss

Sof aylanma mablag‘lar yoki kapital = Aylanma aktivlar - qisqa muddatli 
majburiyatlar

51 
O‘z.R. AV tomonidan 2003 yil 24 yanvarda ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002 
yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i 


336 
Sof aylanma mablag‘lar yoki kapital hajmi korxona tomonidan o‘z qarzini 
to‘lagandan so‘ng uning potensial rivojlanish qobilyatini ta’riflaydi. Sof aylanma 
mablag‘lar yoki kapitalning koeffitsenti quyidagicha topiladi: 
Sof aylanma = Mahsulot ishlab chiqarish / Sof aylanma kapital 
Bu koeffitsent bir so‘mlik sof aylanma kapitaliga necha pullik hali ishlab 
chiqarishga sarflanmagan moddiy zahiralar to‘g‘ri kelishini ta’riflaydi. Bunday 
ma’lumotlarga asosan korxona menedjerlari korxona holatini rivojlantirish 
bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qilishadi. 
Balans ma’lumotlaridan foydalanadigan tashqi qiziquvchilar uchun korxona 
kapitalining tuzilishi ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. 
Kapitalning tuzilishi ko‘rsatkichlari korxonaga uzoq muddatli qo‘yilmalar 
qo‘ygan investorlar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish darajasini 
ta’riflaydi. Ular korxonaning uzoq muddatli qarzlarini to‘lash qobiliyatini aks 
ettiradi. 
Mulk koeffitsenti (yoki xususiy kapitalni konsentratsiyalash koeffitsenti) 
quyidagicha topiladi: 
Mk = Xususiy kapital / Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati 
Bu koeffitsent bir birlikka teng yoki undan ortiq bo‘lishi mumkin. U korxona 
egalarining korxonaga qo‘yilgan mablag‘lari umumiy summasidagi ulushini 
ko‘rsatadi. Korxona egalarining ulushi qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik korxona 
moliyaviy barqaror, iqtisodiy mustahkam bo‘ladi va tashqi kreditorlarga qaram 
bo‘lmaydi. 
Korxonaning moliyaviy qaramlik (Kmq) koeffitsenti quyidagicha aniqlanadi: 
Kmq = Qarz kapitali / Xususiy kapital 
Ushbu koeffitsent 0,5 dan kam bo‘lishi, lekin ko‘p bo‘lsa, 1 dan oshmasligi 
kerak. Bu korxonani tashqi qarz beruvchilardan moliyaviy qaramligini ta’riflaydi 


337 
va uning o‘sish dinamikasi korxonani moliyalashtirishda qarzga olingan 
mablag‘lar ulushini ko‘payib borayotganini ko‘rsatadi. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin