D. Q. Usmanova


 Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   131
sssss

14.4. Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya 
qilish tizimini turkumlash 
Xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyatida sodir bo‘lgan xarajatlarni 
guruhlashtirish u yoki bu boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yo‘naltirilgan. Lekin 
xo‘jalik faoliyatida ro‘yobga chiqadigan holatlar ishlab chiqarilgan namunaviy 
tizimlarga to‘g‘ri kelmaydi. SHuning uchun har bir xo‘jalik yurituvchi subekt o‘z 
menedjerlarining talabidan kelib chiqqan holda va ularning talabini qondirish 
uchun ayrim olingan hisob tizimining loyihasini ishlab chiqadilar. SHu bilan bir 
qatorda ushbu hisob tizimlarining xilma-xilligidan qat’iy nazar subektlar 
faoliyatining nazariyasi va amaliyoti tomonidan xarajatlarni hisobga olish va 
mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishni tashkil qilishning umumiy tartibi 
ishlab chiqilgan. 
Xo‘jalik yurituvchi subektning ishlab chiqarish faoliyatida xarajatlarning 
boshqaruv hisobi tizimini tashkil qiladigan va o‘zaro bog‘langan uchta element 
mavjud: ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish; tayyor 
mahsulotlarning hisobini yuritish va ushbu tayyor mahsulotlarning tannarxini 
kalkulatsiya qilish. 
Ushbu o‘zaro bog‘langan tizim elementlarining talabidan kelib chiqqan holda 
ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish tizimi ushbu xarajatlarning 
turlari, tarkibi, mazmuni, yo‘nalishi, sodir bo‘lgan joylari va mas’uliyat markazlari, 
mahsulot yoki ishlarning turlari va ularning bir xil guruhlari, buyumlarning qismi 
va yarimfabrikatlar bo‘yicha guruhlashtirishda qo‘llaniladigan usullarning o‘zaro 
aloqalarini aks ettirishi lozim va amal qilinayotgan me’yorlar bilan rejalashtirilgan 
samaradorlikni taqqoslash natijasida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni 
nazorat qilish usullaridir.
Ularning tarmoqlar bo‘yicha xususiyatidan qat’iy nazar har bir xo‘jalik 
yurituvchi subektda xarajatlarni hisobga olish tizimi xo‘jalik faoliyatining 
natijalarini ishonchli va xolisona aniqlash va ishlab chiqarish faoliyatining borishi 
ustidan nazorat o‘rnatish imkoniyatini yaratib beradigan tashkiliy modulni talab 
qiladi. 


362 
SHu bilan bir vaqtda ishlab chiqarishning texnologiya va tashkiliy 
xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayonining davom qilish muddati, mahsulotlarning 
miqdor va sifat tasnifi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning 
tannarxini kalkulatsiya qilishning har xil usullari va uslublarini qo‘llashni talab 
qiladi. Xo‘jalik yurituvchi subektning amaliyotida qo‘llanilayotgan ushbu tizimlar 
quyidagi tartibda turkumlashtiriladi: 
A. Guruhlashtiriladigan obektlar 
Buyurtma tizimi 
Jarayon tizimi 
V. Meyorlashtirish darajasi 
Haqiqiy sarflarning tizimi
Meyoriy sarflarning tizimi 
S. Xarajatlarni qamrashning to‘laligi 
To‘liq sarflarning tizimi 
Qisman sarflarning tizimi 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin