365
o‘z ifodasini topadi. Byudjetlashtirishda asosiy e’tibor mahsulot, ish va xizmatlarni
sotishdan olinadigan daromad (foyda) hajmini taxminlashga qaratiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘z faoliyatlarini tashkil etishda turli xil
texnologik jarayonlardan foydalanadi. Ushbu jarayonlarning har birida
byudjetlashtirishning amalga oshirilishi quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo
etadi hamda uni amalga oshirishda quyidagilarni nazarda tutadi:
-korxonaning maqsadlariga erishishini ta’minlovchi xo‘jalik muomalalarini
rejalashtirish;
-barcha darajadagi rahbarlarni o‘zlari javobgar markazlar bo‘yicha o‘z
maqsadiga erishishlarida rag‘batlantirish;
-turli xil bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish. Bunda bo‘linmalar
xodimlarining manfaatlari e’tiborga olinadi;
-korxona joriy faoliyatini nazorat qilish, belgilangan tartib-qoidalarga amal
qilinishini ta’minlash;
-javobgarlik markazlari va ular menejerlari oldiga qo‘yilgan rejalarning
bajarilishini baholashda asos vazifasini o‘tash;
-menejerlar malakasini oshirishda ko‘maklashish.
Dostları ilə paylaş: