81
ushbu jarayonni tavsiflovchi ikki har xil oborot (oborot)larni solishtirish yo‘li bilan
topiladi.
SHundan kelib chiqqan holda, xo‘jalik jarayonlarining moliyaviy
natijalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan schyotlar solishtiruvchi schyotlar deb
nomlanadi. Bu schyotlardaga
oborotlarni solishtirish, ularning birini - debetda,
boshqasini esa - kreditda aks ettirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Debet bilan
kredit o‘rtasidagi farq qidirilayotgan
natijani anglatadi, bunda aks ettirilayotgan
operatsiyalarning xususiyatiga qarab, farq debetida yoki kreditida bo‘lishi mumkin.
Solishtiruvchi schyotlarning tuzilishini «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti
misolida ko‘rib chiqamiz.
Foydalar «YAkuniy moliyavny natija» schyotining
kreditida doromadlar yoki
foyda, xarajatlar yoki zararlar esa - debetida yig‘ilib boriladi. Korxonalar ishining
pirovard moliyaviy natijalari debet bilan kreditni solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Agar korxonaning yalpi foyda summasini ko‘rsatuvchi kredit oborot ushbu korxonalar
tomonidan qilingan yalpi xarajatlar (debet oborot) summasidan ko‘p bo‘lsa, unda debet
bilan kredit o‘rtasidagi farq korxonalar tomonidan olingan foydani anglatadi. Agar
kredit oborot debet oborotdan kam bo‘lsa, o‘rtasidagi farq korxonalar tomonidan
ko‘rilgan zararni ko‘rsatgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: