D. Q. Usmanova


 YOrdamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning hisobni



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/131
tarix22.07.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#137099
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131
sssss

9.5. YOrdamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning hisobni 
tashkil qilish. 
Korxonada asosiy faoliyatning normal davom etishini ta’minlash maqsadida 
yordamch iishlab chiqarishlar tashkil etiladi. YOrdamchi ishlab chiqarishlarga 
quyidagilar kiradi: 
- turli xil energiya, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish; 
- transport xizmatini ko‘rsatish; 
- asosiy vositalarni ta’mirlash; 
- instrumentlar, qurilish detallarini tayyorlash va qurilish materiallarini 
boyitish; 
- yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash; 
- qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash va konservalash. 
YOrdamchi iishlab chiqarishlar faoliyatini buxgalteriyada hisobga olish 
uchun quyidagi hisob varaqlar ochilgan: 
2310-«YOrdamchi ishlab chiqarish» hisob varaq aktiv bo‘lib, debetida 
yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar, kreditida esa ishlab 
chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy 
tannarxi summasi aks ettiriladi.
Umumishlab chiqarish xarajatlari
– asosiy va yordamchi ishlab chiqarish 
sexlarini boshqarish, ularga xizmat qilish hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish 
bilan bog‘liq xarajatlardir. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevral 54-sonli 
qarori (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror asosidagi o‘zgartirishlar bilan) bilan 
tasdiqlangan «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish 


254 
va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy 
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra umumishlab 
chiqarish xarajatlari quyidagilardan iborat: 
- mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari; 
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlarning amortizatsiya ajratmalari; 
- ishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari; 
- ishlab chiqarishdagi mulklarni sug‘urtalash xarajatlari; 
- isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari; 
- ishlab chiqarishda foydalaniladigan binolar, mashina va uskunalar, ijaraga 
olingan boshqa mulklarning ijara to‘lovlari; 
- ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlarning ish haqi; 
- ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. 
Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining 
buxgalteriya hisobi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda 
yuritiladi. Mazkur hisobvaraq korxonaning asosiy va yordamch iishlab 
chiqarishlariga 
xizmat 
ko‘rsatish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish zahiralari, xodimlarga ish 
haqi to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘yicha hisob-kitoblar va boshqalar hisobi 
yuritiladigan hisob varaqlarning kredit qismidan olib «Umumishlab chiqaris 
xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda aks ettiriladi. «Umumishlab chiqarish 
xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar «Asosiy ishlab 
chiqarishlar» nomli 2010-hisobvaraq va «YOrdamch iishlab chiqarishlar» nomli 
2310-hisobvaraqning debetiga hisobdan chiqariladi.

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin