195
Mulk huquqi – o‘z xohishiga ko‘ra biror-bir mulkka egalik
qilish, foydalanish va boshqarish, o‘z vakolatlarini boshqa
shaxsga
berish, mulkni garov tariqasida ishlatish yoki unga nisbatan boshqa
usullarni qo‘llash, o‘z mulkini boshqa shaxsga xususiy qilib yoki
boshqarish uchun taqdim etish hamda o‘z
mulkiga nisbatan qonunga
xilof bo‘lmagan istalgan ishlarni qilish huquqi. Qonuniy egalik qilish
huquqi – bu mazkur mulkka shaxsiy ega bo‘lish imkoniyati. Foydalanish
uchun qonuniy huquq mulkdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.
Boshqarish uchun qonuniy huquq – bu
mulkning huquqiy taqdirini
aniqlash imkoniyati (biror shaklda musodara qilish, buzib tashlash
va h.k.).
Murakkab foiz – asosiy summa kabi xuddi shunday
avval ustiga
qo‘shib hisoblangan istalgan foizlar uchun olinadigan foiz.
Narx – xususiy mulk obyekti uchun to‘lanadigan summa. Odatda,
pulda ifodalanadigan istalgan summa.
Dostları ilə paylaş: