D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   111
kochmas mulkni baholash

ASOSIY FONDLAR
Nomoddiy
Moddiy
Binolar:
ishlab chiqarish jarayonini 
ta’minlovchi qurilish-arxitektura 
obyektlari;
– omborxonalar, garajlar, 
xo‘jalik binolari; harakatlanuvchi 
(vagon) uychalar.
Inshootlar:
– shaharsozlik;
– energota’minlovchi, sanoat;
– infratuzilmaviy, maxsus;
– uzatuvchi moslamalar;
– ekologik.
Ko‘p yillik ekinlar:
– mevali;
– manzalari;
– himoyalovchi;
– ko‘kalamzorlashtiruvchi;
– botanika bog‘lari uchun;
– ilmiy-qidiruv ishlari uchun.
Turarjoy
:
«Yosh» belgisiga ko‘ra:
«eski» (tarixiy obidalar) 
fond;
sanoat korxonalari yonida 
joylashgan (1917–1930-y.);
«Stalin» fondi (1930–
1950-y.)
«Birinchi avlod» industrial 
uy qurilishi (1960-y.);
«Ikkinchi avlod (1970–
1980-y.).
Turiga ko‘ra:
– doimiy yashash uchun;
harakatlanuvchi uylar;
– suzuvchi uylar;
– tarixiy obidalar.
Qurilish materialiga ko‘ra:
– g‘ishtli; monolit;
– panelli; yog‘ochli;
– aralash turli.
9.1-rasm. Asosiy fondlar va ularning tasniflanishi
Binolar qurilishidan maqsadga ko‘ra: magazinlar, oshxonalar, 
sartaroshxonalar, atelyelar, ijara punktlari, maktabgacha ta’lim 
muassasalari, aloqa bo‘limlari, banklar va boshqa tashkilotlar uchun 
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.


137
Bunday obyektlar «ixtisoslashgan binolar» deb aytiladi. Ishlab 
chiqarish (ustaxonalar, qozonxonalar, oshxonalar, hammom va h.k.) 
va noishlab chiqarish (turar joy, tibbiy, maishiy, ma’muriy va h.k.) 
maqsadlariga mo‘ljallangan harakatlanuvchi uychalar (g‘ildirakli 
vagoncha) ham bino deb yuritiladi. Asosiy vazifasi ishlab chiqarish 
(laboratoriyalar, agregatlar, ofislar va h.k.) bo‘lgan ixtisoslashgan va 
qayta jihozlangan temiryo‘l vagonlari, avtomobillar, avto va traktor 
pritseplari tegishli vazifani bajaruvchi qo‘zg‘aluvchan obyekt bo‘lib 
hisoblanib, binolar qatoriga kiritiladi.
Turar  joy.  Bunga doimiy yashash uchun mo‘ljallangan binolar, 
qo‘zg‘aluvchan uylar, suzuvchi uylar, turar joy sifatida qo‘llaniluvchi 
boshqa binolar hamda, asosan, turar joy uchun ixtisoslashtirilgan 
tarixiy obidalar kiradi.
Inshootlar. Bularga texnik vazifalarni bajarishga (shaxtalar, 
tonnellar, quvurlar, har xil yo‘llar, to‘g‘onlar, ko‘priklar va 
h.k.) yoki aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan (stadionlar, 
basseynlar, shahar obodonlashtirish inshootlari va h.k.) muhandislik-
qurilish obyektlari kiradi. Misol uchun, oqova-chiqindi tozalash 
inshootlarning qayta tiklash qiymatini aniqlashda binoning o‘zidan 
tashqari obyekt tarkibiga nasos uskunalari, tindirish bunkerlari, 
kirtindirgichlar,  filtrlar,  nostandart  hamda  elektr  texnik  jihozlar  va 
boshqalar kiritiladi.
Ko‘chmas mulk obyektlari sifatida inshootlarni shaharsozlik 
(yerusti va osti inshootlari), energota’minlovchi (neft bazalari, 
issiqlik elektr stansiyalari), infratuzilmaviy (transport va terminal 
inshootlar), sanoat (metall erituvchi domna va marten pechlari, 
konveyyerlar, shaxtalar va boshqalar), ekologik (chiqindilarni 
qayta ishlash (utilizatsiya) zavodlari va tozalash inshootlari) hamda 
harbiy-sanoat majmuyi ixtisoslashtirilgan inshootlari kabi guruhlarga 
ajratgan holda tasniflash mumkin. 
Uzatuvchi qurilmalar (neft va gaz quvurlari, elektr o‘tkazgich 
tarmoqlari)dan sanoat va aholi uchun xizmat qiladigan yoqilg‘i-
energetika majmuyilarining texnologik inshootlari sifatida keng 
foydalaniladi.


138
Fuqaroviy (turar joy va jamoat foydalanishiga mo‘ljallangan) va 
ishlab chiqarish binolari, shahar qurilishi va texnologik inshootlar 
loyihaviy yechimlari va turlariga qarab farqlanadi. Ularning 
ko‘pchiligi noyob tur bo‘lib hisoblanadi, chunki ularning orasida 
joylanishi va ichki tuzilmasi bo‘yicha ikkita bir xili deyarli yo‘q. 
Ko‘p  yillik  daraxtlar. Ularga (yoshidan qat’i nazar) 
mevali, texnik, himoya (ihota)lovchi, manzarali, dekorativ va 
ko‘kalamzorlashtiruvchi daraxtlarning barcha turlari; botanika 
bog‘lari hamda boshqa ilmiy-tekshirish va o‘quv yurtlarining barpo 
etilgan daraxtzorlari kiradi. Mazkur tasnif bo‘limi obyektlari har bir 
park, bog‘, ko‘cha, xiyobon, hovli, korxona hududlaridagi yashil 
ekinlar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (83-modda)da 
belgilab berilishicha, qo‘zg‘almas mulkka yer uchastkalari, yerosti 
boyliklari, chegaralangan suv obyektlari va yer bilan bog‘liq barcha 
narsalar, ko‘chirib bo‘lmas obyektlar, ya’ni o‘rmonlar, ko‘p yillik 
ekinlar, binolar, inshootlar kiradi. Ko‘chmas mulkka mulkiy majmua 
sifatida korxonalar ham kiradi.
Shunday qilib, ko‘chmas mulk obyektlarining asosiy belgisi – 
bu ularning yer bilan uzviy bog‘liqligi bo‘lib hisoblanadi va bu 
o‘z-o‘zidan uning yuqori qiymatga ega bo‘lishligini nazarda tutadi 
(bunda yer uchastkasining o‘zi ham alohida ko‘chmas mulk obyekti 
sifatida qaraladi). Yer uchastkasiga bog‘liq bo‘lmagan ko‘chmas 
mulk obyektlari vaqt oralig‘ida boshlang‘ich sifatini yo‘qotadilar va 
narxlarida ham pasayish kuzatiladi.
Xo‘jalik faoliyati amaliyotida mulkiy majmua bir kishiga tegishli 
ko‘chmas mulk obyektlarining to‘plami sifatida qaralishi kerak. 
Bunda ular yer uchastkasi, bir-biri bilan bog‘liq binolar, inshootlar, 
uzatish moslamalari, xo‘jalik faoliyati uchun mo‘ljallangan 
texnologik jihozlarni o‘z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish omili sifatida mulkiy majmua tarkibiga ishlab 
chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘lgan mulk va korxonaga tegishli 
moddiy mulklar kiradi. Yer uchastkalari, binolar, inshootlardan 
tashqari – mashinalar va jihozlar, uzatuvchi moslamalar, transport, 


139
xo‘jalik buyumlari, xomashyo, ishlab chiqarilgan tovarlar, ishlab 
chiqarish jarayoni natijasida olingan foyda (daromad), talab huquqi, 
qarz huquqi hamda korxonaga tegishli intellektual mulk kiradi.
Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan vaqtda, mulkiy majmua 
qanday ko‘rsatkichlarga ko‘ra korxona tomonidan tan olinishi yoki 
olinmasligini bilish muhimdir. Nisbatan katta bo‘lmagan amaliyot 
hali bu savolga javob bera olmaydi. Shunday bo‘lsa-da, bir yuridik 
adabiyotda  aytilgan  fikr  qiziqish  uyg‘otadi:  agar  chetlashtirilgan 
mulkiy majmua tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yaroqli bo‘lsa, 
ya’ni texnologik yaxlitlikni, yopiq ishlab chiqarish siklini tashkil 
qilsa, uni korxona deb hisoblab, savdosini O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqorolik kodeksining II bo‘lim (Mulk huquqi va boshqa ashyoviy 
huquqlar)da berilgan me’yorlar bilan yuritilishi lozim
1
.
Ko‘pgina mamlakatlarning qonunchiligida korxona huquqning 
mustaqil subyekti bo‘lib hisoblanmaydi. Unga alohida mulkka, 
o‘z balansiga ega bo‘lgan va yuridik shaxsning huquqlaridan 
foydalanadigan xo‘jalik subyekti maqomi berilmaydi. Korxona 
moddiy va nomoddiy unsurlarini qamrab oladigan ma’lum mulkiy 
majmua sifatida qaraladi va u huquq obyekti bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zR FKda korxona atamasi huquq subyekti va obyektiga nisbatan 
qo‘llaniladi. Korxona deb yuridik shaxsga, ya’ni fuqarolik huquqi 
subyekti, tadbirkorlik faoliyati ishtirokchisiga aytiladi. Bunda 
«korxona» atamasi faqatgina tijorat tashkiloti sifatida davlat 
ro‘yxatidan o‘tishi shart bo‘lgan va turli shartnomalar hamda 
boshqa huquqiy munosabatlarda huquq subyekti sifatida maydonga 
chiqadigan davlat korxonalari va O‘zR FKda keltirilgan tijorat 
tashkilotlariga
2
 nisbatan qo‘llaniladi.
1
 O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksi  birinchi  qismining  tasdiqlanishi  haqida».  №  163-1.  21-dekabr  
1995-y. 13–19-boblar.
2
 O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksi birinchi qismining tasdiqlanishi haqida». №163-1. 21-dekabr 1995-y. 
2-paragraf, 58–72-moddalar.


140
Shu bilan birga, bu atamadan ma’lum huquq obyektini 
ifodalashda ham foydalaniladi. Shu ma’noda korxona – bu tashkilot 
mulkidan ajratilgan alohida mulkka ega bo‘lgan ishlab chiqarish 
xo‘jalik majmuyi bo‘lib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
infratuzilmasining tayanch tarkibiy qismidir. Ko‘chmas mulk 
obyekti – bu ish faoliyatini hamda korxona va personalning hayot 
faoliyatini ta’minlovchi vosita-resursdir.
Korxona bir butun mulkiy majmua bo‘lib, mulkchilik shaklidan 
qat’i nazar tijorat maqsadlarida tuzilgan tashkilot, u ta’sischilari va 
qatnashchilari kiritgan mablag‘lar hamda keyingi ishlab chiqarish 
faoliyatidan ko‘riladigan daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Shunday qilib, ko‘chmas mulk obyektlariga asosiy fondlarning 
qimmatbaho va umumahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar hamda 
hamma davrlarda barcha mamlakatlar uchun katta iqtisodiy va 
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yer va yerosti boyliklari kabi 
ko‘chmas mulk obyektlari kiradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin