D. R. Abdikarimova, G. M. Bekimbetova


Faoliyat yurituvchi korxona qiymati



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/111
tarix31.12.2021
ölçüsü0,77 Mb.
#50229
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   111
kochmas mulkni baholash

Faoliyat yurituvchi korxona qiymati. Ushbu atama orqali 
umumiy biznes faoliyat yurituvchi tashkilot sifatida berilgan holat 
yoritiladi. Muqobil ssenariylarni barcha aktivlarni o‘tkazib berishni, 


130
ayni paytda biznesda yakka jarayonlar sifatida foydalaniladigan, 
lekin biznesning yopilishi yoki  ayrim  aktivlar  o‘tkazib berilgandan 
keyin umumiy korxona sifatida ko‘zda tutishi mumkin.
Tugatish savdosi. Ushbu atama orqali biznesda birgalikda 
foydalaniladigan aktivlar guruhi biznes yopilganidan so‘ng, alohida 
sotish uchun taklif etilgandagi holat yoritiladi.
Foydalanish (utilizatsiya) qiymati. Ushbu atama orqali 
aktivning, u yaratilgan maqsadlar uchun uning iqtisodiy hayotining 
tugatilgandagi qiymati yoritiladi. Bunday aktiv hali ham muqobil 
foydalanish yoki chiqindilarni qayta ishlash uchun qiymatga ega 
bo‘lishi mumkin.
Misol  uchun: faoliyat yurituvchi korxona hisoblangan biznes 
maxsus tomon uchun bitta qiymat, maxsus tomonlar o‘rtasidagi 
ishga oid qo‘shma harakatlar (biznes-sinergiya) bazasida boshqa – 
adolatli qiymat, shuningdek, bozor qiymatiga ega bo‘lishi mumkin. 
Shuning uchun «bitta umumiy faoliyat yurituvchi korxonaning 
bozor qiymati», «aktivlarni tugatish uchun bozor qiymati» yoki 
«bitta umumiy faoliyat yurituvchi korxonaning adolatli qiymati» 
ifodalari yordamida asosiy baholash  bazasini ma’lum  qilish lozim. 
Yoritib berilganlardan tashqari, baholashning boshqa holatlari ham 
bo‘lishi mumkin.
Sotuvchi majburan sotishi lozim bo‘lganda va tegishli marketing 
muddatlari bilan ta’minlash imkoniyatlari bo‘lmagan holatlarda 
«tezlashtirilgan savdo» atamasi tez-tez qo‘llaniladi. Ushbu 
holatlardagi maqbul narx bozor qiymati ta’rifiga muvofiq kelmaydi. 
Bunday holatlarda ega bo‘lish mumkin bo‘lgan narx sotuvchiga 
o‘tkaziladigan bosim tabiati yoki tegishli marketing tadbirlarining 
ta’minlanmaganligi  sabablariga bog‘liq bo‘ladi. Bu, shuningdek, 
sotuvchi uchun oqibatlar – ta’kidlangan muddat davomida sotish 
uchun omadsiz xatti-harakatlarda aks etishi ham mumkin. Majburiy 
sotishda  sotuvchi  qabul  qilgan  narx  bozor  qiymati  ta’rifi  bo‘yicha 
taxminiy ko‘ngilli sotuvchidan kelib chiqadigan holatlarni emas, 
balki maxsus holatlarni aks ettiradi. Bunday narx sotuvchi uchun 
«aktivning investitsiya qiymati» ifodasi bo‘ladi.


131
Baholash bazalarining uchinchi toifasi nizom, tartibga solish 
yoki  shartnomaga  muvofiq  belgilangan  bazalarni  o‘z  ichiga  oladi. 
Qonun bilan belgilangan qiymat bazalari ko‘pincha soliqqa tortish 
maqsadlarida tayinlanadi. Qiymat bahosi yoki boshqa talablarni 
aniqlash uchun tayinlangan xususiy shartnomalar namunalari tanlov 
bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan «narx» yoki ijara shartnomasiga 
muvofiq  amalga  oshirilgan  «to‘lovlar»ni  ko‘rib  chiqish  maqsadida 
mezonlarni o‘z ichiga oladi.
Bozor qiymatidan farqlanuvchi barcha qiymat bazalari baholovchi 
tomonidan aniq-ravshan tenglashtirilishi yoki baholash to‘g‘risidagi 
hisobotga kiritilishi lozim  bo‘lgan turli va qo‘shimcha taxminlarni 
talab qiladi. Ayrim hollarda tegishli muqobil  baholash bazasini 
ta’minlab bo‘lmaydi (masalan, bunday baholash yanglishishga olib  
kelishi yoki uni uchinchi shaxs tomonidan noto‘g‘ri talqin qilishga 
imkon berishi mumkin  bo‘lganda) va baholovchi topshiriqni 
o‘zgartirishi lozim.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin