55
ham xromatografiya muhim rol o’ynadi. Xromatografiya yordamida 99-element -
eynshteyniy (Es), 100-element - fermiy (Fm) va 101-element - mendeleyeviy (Md)
ajratildi.
Xromatografiya havo, suv, tuproq, monomerlar tarkibidagi aralashmalarni
aniqlashda, organik va neft kimyosi sintezi mahsulotlari analizida, dori-darmonlar
tozaligini aniqlashda, kriminalistikada katta axamiyatga ega. Kosmik kemalar gazi,
Mars
atmosferasi gazi, oy tuprog’idagi moddalarni analiz qilishda ham
xromatografiya usullari joriy etilgan.
Xromatografiya yuqori molekulali birikmalar, ayniqsa, inson, hayvon,
o’simlik, mikroblar dunyosiga tegishli biologik obʼyektlarning
analizi uchun
nihoyatda zarur. Xromatografiya usullari o’simlik tarkibidagi birikmalarni
aniqlash, ajratib olish, neft, gaz tarkibini o’rganishda keng qo’llanadi.
Dostları ilə paylaş: